Mavzu : Sinf rahbari. Sinf rahbarining kasb hunarga yonaltirishning o’rni Reja: Sinf rahbarining vazifalari


Sinf rahbarining kasb xunarga yo’naltirishning o’rni



Yüklə 98,54 Kb.
səhifə2/4
tarix07.02.2023
ölçüsü98,54 Kb.
#83342
1   2   3   4
Sinf rahbari .Sinf rahbarining kasb hunarga yonaltirishning o’rni

2.Sinf rahbarining kasb xunarga yo’naltirishning o’rni
Sinf rahbarining kasb tanlashda o’rni:
- maxsus sinf mashgulotlari, yig’lishlari, kechalar, kasblarni to’g’ri tanlashning ahamiyati haqida o’quvchilar bilan suhbatlar o’tkazadi;
- anketalar tarqatish, ko’zatish va shaxsiy suhbatlar yo’li bilan 8-9 sinf o’quvchilarining qaysi kasbni tanlash niyatida ekanligi aniqlanadi;
- o’quvchilarni turli xil mehnat sohalari va eng ko’p tarqalgan kasblar, shu jumladan mazkur iqtisodiy rayondagi kasblar bilan tanishtiradi; bu ishga ota-onalar. korxona mutaxassislarini jalb qiladi.
- o’quvchilarni to’garak yoki fakul’tativ mashg’ulotlarga, kasblar bo’yicha o’quvchilar brigadalariga jalb qilish yo’li bilan har bir o’quvchining qiziqishi va mayllarini rivojlantirishga doir sinfdan tashqari tadbirlarda ishtirok etishiga erishadi;
- o’quvchilarni ijtimoiy – foydali ishlarni tashkil etadi va rejalashtiradi, ishlab chiqarish brigadalariga mehnat va dam olish oromgohlarini tashkil etadi;
- kasb tanlashga yo’llash maqsadida 4-9 sinf o’quvchilarining qiziqishi, mayillari va qobiliyatlarini muntazam ravishda o’rganadi, ko’zatish natijalarini qayd qiladi;
- kasblar bo’yicha to’garaklar va o’quvchilar brigadalarining rahbarlari bilan birgalikda 8-9 sinf o’quvchilari va ularning ota-onalar bilan individual suhbatlar o’tkazadi. Ularning maqsadi har bir o’quvchining kasblarni ongli tanlashi va ma’lumot olishni davom ettirish yo’llarini belgilashiga yordam ko’rsatishdan iborat;
2. Direktor (direktorning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari, tarbiyaviy ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari.
Maktab direktorining kasb tanlashga yunaltirishni tashkil etishi qo’yidagilardir:
- maktabning kasb tanlashga yo’llash ishlariga metodik rahbarlik qiladi (tabiiy-matematik va gumanitar sikldagi fanlarning o’qitilishida kasb tanlashga yo’llash elementlarini to’g’ri kiritib borish maqsadida maktabning o’quv – metodik birlashmalari ishini tashkil etadi);
- turli sinf o’quvchilarini kasb tanlashga yo’llash (ularga turli kasblar to’g’risida bilimlar berish) ma’naviy-ma’rifiy tadibrlarning taxminiy tematikasini ishlab chiqadi;
- maktab klublari tarmog’ini o’quvchilarning ijtimoiy-foydali ishlari va ishlab chiqarish mehnatini rejalashtiradi va tashkil qiladi;
- o’quvchilar va ota-onalarga kasblar to’g’risida bilimlar berishga doir sinfdan tashqar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshiradi;
- individual maslahatlar tashkil etadi va o’tkazadi;
- maktab direktori (kasb tanlashga yo’llashga rahbarlik qiladi, sinf rahbarlari, fan o’qituvchilari, metodik birlashmalarning kasb tanlashga yo’llash ishlari rejasini qarab chiqad iva tasdiqlaydi)
3. Talaba va pedagogika oliy o’quv yurtini tamomlagan mutaxassisning kasb tanlashga yo’llash ishiga tayyorgarligi haqidagi tushunchani kiritamiz. Kasb tanlashga yo’llash ishiga tayyorgarlik deganda talabalarni bu ishga tayyorlashga doir materialning tuliiq mazmunini egallashining miqdor va sifat darajasini tushunamiz. O’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash nazariyasi, kasb tanlashga yo’llash ishiga doir ong-bilimlar doirasi, kasb tanlashga yo’llashni o’quv-tarbiyaviy tadbirni o’tkazish metodikasini tasvvur etish lozim (15 – shakl)da ifodalangan.
Shu munosabat bilan bu tayyorgarlik mazmunini tashkil etadigan tarkibiy qismlarini, ya’ni pedagogika oliy o’quv yurtini bitirgan mutaxassis maktabga qanday bilimlar bilan kelishi kerakligini ajratib olamiz.
Hozirgi didaktika fanidan qabul qilingan ta’lim mazmunining to’rt komponetli strukturasidan foydalanib, pedagogika universitetini bitirgan mutaxassisda bilim, ko’nikma, malakalar va (faoliyat usullari), ishga ijodiy yondoshish hamda shaxsning kasb tanlashga yo’llashni amalga oshirishda zarur bo’lgan sifatlari bo’lishi kerak, deb taxmin qilamiz.
Bu komponentlardan har birini qisqacha qarab chiqamiz:
1. Kasb tanlashga yo’llash munosabati bilan o’qituvchining bilimlari turli maqsadga xizmat qilishi kerak:
Ishlab chiqarish, ish turlari va kasblari to’g’risida hozirgi zamon ishlab chiqarishi va ishning tabiiy – ilmiy, texnika-texnologik va iqtisodiy-tashkiliy asoslarini aks ettiruvchi ilmiy va ilmiy-texnik bilimlar;
- ishlab chiqarish, ishlar va kasblar to’g’risidagi kasbga oid bilimlar;
- kasb tanlashga yo’llash sohasidagi psixologik pedagogik va metodik bilimlar;
- jamiyatning maktab qiladigan demografik problemalar, mehnat resurslari tizimi va hakazolar haqidagi iqtisodiy bilimlar.
2. O’qituvchining yuqorida keltirilgan bilim gruppalariga muvofiq ravishdagi xatti-harakat usullari (ko’nikma va malakalari).
3. Ijodiy faoliyat tajribasi – pedagogika oliy o’quv yurtida o’z tayyorgarligi bo’yicha egallagan bilim va malakalardan samarali (ijodiy) foydalanishdir.
4. O’qituvchining g’oyaviy e’tiqodini hamda uning jamiyat tomonidan yuklatilgan muhim vazifalaridan biri sifatida kasb tanlashga yo’llash amalga oshirishga – psixologik-ahloqiy tayyorgarligini ta’minlovchi shaxsiy sifatlari.
Shunday qilib pedagogika oliy o’quv yurtida bo’lajak o’quv yurtlarida bo’lajak o’qituvchi kasb tanlashga yo’llash ishining yuqorida keltirilgan yo’nalishida muvoffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar mazmunini egallab olishi kerak. Kasb tanlashga yo’llash murakkab va kompleks problema sifatida qator tomonlari, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, medisina-fiziologik tomonini o’z ichiga oladi. Ularning ba’zilari bilan bo’lajak o’qituvchi faqat tanishgan bo’lishi kerak, chunki ular bularni (ijtimoiy, iqtisodiy va medisina-fiziologik) ishlab chiqishida uning bevosita ishtirok etishi taqazo kilmaydi. Boshqa tomonlari (psixologik va pedagogik) o’qituvchilar faqat bilimlarni emas, balki tegishli malaka va ko’nikmalarni talab etadi. Bularsiz bo’lajak o’qituvchi kasb tanlashga yo’llash ishini muvoffaqiyatli olib borolmaydi.
Kasb tanlashga yo’llashning yuqorida ko’rsatilgan tomonlarini Yu.Vasilеv batafsil qarab chiqqan bo’lib, qo’yidagilarni ta’kidlagan edi:
1. Kasb tanlashga yo’llashing iqtisodiy tomoni hozirgi vaqtda kelajakda ijtimoiy mehnat sohalariga jalb qilinadigan mehnat resurslarining demografik to’zilishini; mexnatning kasblar bo’yicha taqsimlanishidagi, kasb ixtisosligining o’zgarishidagi (masalan ishchi kuchiga bo’lgan talab munosabati bilan) asosiy tendensiyalarni; sanoat tarmoqlarining territorial joylashtirilishi asosida; kasblar, ixtisosliklar bo’yicha ishchi kuchiga bo’lgan kundalik va kelgusidagi talablarni; kasb tanlashga yo’llashning iqtisodiy samaradorligini nazarda tutadi.
2. Kasb tanlashning ijtimoiy tomoni qo’yidagilarni, ya’ni ilmiy-texnika taraqqiyoti va ijtimoiy taraqqiyot talablarni (bular yoshlarning kasb tanlashga yo’nalishini tarkib toptirish prosessida hisobga olinishi kerak); jamoatchilik fikrini keltirib chiqaradigan, turli kasblarning ijtimoiy obro’ysini hosil qiladigan sabablarini; kadrlarning ishlab chiqarishdagi muhim o’rnashib qolishiga yordam beradigan ijtimoiy va ahloqiy faktorlarni o’z ichiga oladi.
3. Kasb tanlashga yo’llashning psixologik tomoni shaxsning kasbi nuqtai nazaridan ahamiyatli bo’lgan xususiyatlarini; ish va kasblarning turli tiplarini; kasbga layoqatliligining psixologik mohiyati va uni shakllantirishning mumkin bo’lgan yo’llarini o’rganishni nazarda tutadi.
4. Muammoning pedagogik tomoni yoshlarning kasblarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash maqsadida ular o’rtasida olib borilayotgan o’quv va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish yo’llari hamda vositalarini belgilashni; o’quvchilarning ishlab chiqarish mehnatiga psixologik jihatdan tayyorgarlik sharoitlarini va maktabning kasb tanlashga yo’llash ishidagi tarbiyaviy faoliyati imkoniyatlarini o’rganishni o’z ichiga oladi.
Ilm-fanimizning xozirgi zamondagi dolzarb vazifalaridan biri – yoshlarni kasbiy-ma’naviy, ma’naviy-ahloqiy jihat dan tarbiyalash, milliy g’oyamizni nazariy jihat dan yanada takomillashtirishdan iborat. Ukuvchi-yoshlar ongiga milliy g’oyani singdirish orqali ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyokarashini, shaxsiyatini shakllantirish bugunning dolzarb masalasidir. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarni milliy gururni, ma’naviy-ahloqiy, milliy-ma’naviy ahloqiy guruxda tarbiyalashda katta urin tutadi (12-shakl)da ifodalangan. Ma’lumki, xar bir shaxsni kompleks kasbiy-ma’naviy, ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash ta’lim tizimida amalga oshiriladigan tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmuni, shakli va usullariga bog’liqdir.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’ziga xos muruvvatlarni hisobga olib o’tkazish orqali yoshlarni milliy g’oya ruxida va milliy ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar ruxida tarbiyalash, ular ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish borasidagi faoliyatimizda yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarbiyaviy ma’naviy-ma’rifiy sohasiga oid:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23-apreldagi №842-raqamli «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik mirkazini tashkil etish tugrisida»gi farmoni;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8-iyundagi №288-raqamli «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazining faoliyatini tashkil etish tugrisida» gi karori;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9-sentyabrdagi 31559-raqamli «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish tugrisida» gi farmoni;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil, 24-iyuldagi №311-raqamli «Ma’naviy-ma’rifiy isloxotlarni yanada chukurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tugrisida» gi karori;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 3-sentyabrdagi №2385-raqamli «Ma’naviyat va ma’rifat Kengashini kullab kuvvatlash tugrisida» gi farmoni;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25-avgustdagi №451 raqamli «Milliy g’oya targiboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish tugrisida» gi karori qabul kilindi.

Ta’lim tizimida tarbiyaviy ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish va ularning kasbiy-ma’naviy, ma’naviy-ahloqiy tarbiyaga yo’naltirilganligini ta’minlash ta’lim muassasalari rahbarlari, avvalo o’quv muassasalar rahbarining tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarining vazifasidir.


Yüklə 98,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin