Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi
bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va
kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy
ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday
amalgam oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib
olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish ─
bu, apparat interfeysi , dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa ─ dasturiy interfeys,
apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish ─ apparat ─ dasturiy interfeysdeyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda
uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim.
Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo’ladi.
Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti ─ foydalanuvchi interfeysdeyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib
chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya
bo’yicha tasniflash mumkin:
sistemaviy dasturiy ta’minot; amaliy dasturiy ta’minot; dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ kompyuterning va kompyuter
tarmoqlarining
ishini
ta’minlovchi
dasturlar
majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ bu aniq bir predmet
sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.