WINDOWS operatsion tizimi haqida umumiy ma‘lumotlar.
Operatsion tizim - bu maxsus dastur
bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter
ishini
boshqarish,
kompyuter
va
foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish,
tashqi qurilmalar
ishlash holatlarini sozlash
va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil
dasturlarni ishga
tushirish va ular ishlash
holatlarini ta‘minlash.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu
Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh
dasturi, Unix va Linux dasturlari.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi
tomonidan yaratilgan
operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy
sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa
qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows
dasturi ham kompyuter
xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni anglatadi. Windows-
oynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlaydi.
Kompyuter operatsion tizimini yangilash doim ham silliq ko‘chmagan.
Yangi
tizimda zarur dastur yoki sevimli biror ilovaning ishlamay qolishi foydalanuvchining
ko‘nglini xira qilishi turgan gap.
Shu sababli ham ko‘pchilik foydalanuvchilar kompyuterlaridagi operatsion tizimni
yangisiga almashtirmaslikni ma’qul ko‘radilar.
Windows tizimi
siz kompyuterda
operatsion tizimni yangilaganingizga qadar unda ishlagan barcha qurilma va
aksessuarlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli, drayverlarga o‘zgartirish kiritish shart
emas. Biror bir qurilma drayveri yangi tizimga mos kelmagan taqdirda tizim bu haqda
sizni
ogohlantiradi.
Kamdan-kam
holda va nisbatan malakali bo‘lgan
foydalanuvchilargina kompyuterdagi operatsion tizimni
yangisiga almashtirgach,
muayyan qurilma yoki aksessuar ishlab chiqaruvchisining saytidan drayverning
yangilagan talqinini yuklab oladi.
Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan
kompyuterlarga Windows
operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan
bo’lsa, bu kompyuterlarga ham Windows operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.
Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart.
Windows 7 yoki
Windows8.1 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun 50-60 Gb hajm vinchesterda bo’sh
joy, 4 Gb operativ xotira va protssesor eng kamida ( ishlash taktik chastotasi 2.10 Ggs)
Dual Core bo’lishi lozim. Windows 8.1 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida
2Gb operativ xotira, 50Gb dan 100Gb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar
Windowsning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga
Windows tizimini o’rnatganingiz ma’qul.
Dostları ilə paylaş: