Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari ─ yangi dasturlarni ishlab
chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu
vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni
ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga
mo’ljallangan.
Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (ADT) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlardan inson
faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida
avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir.
Muammoga yo’naltirilgan ADTga
quyidagilar kiradi:
bugalteriya uchun DT; personalni boshqarish DT; jarayonlarni boshqarish DT; bank axborot tizimlari va boshqalar. Umumiy maqsadli ADT─ soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot
texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga
oladi.
Bular:
kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari; grafik muxarrirlar; hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar; taqdimot qilish vositalari, ayni tasvirlar hosil qilish , ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus