Mavzu : Xalqaro Kapital bozori (moliyaviy bozor) va uning rivojlanish asoslari


II.2. Xalqaro moliya bozorining rivojlanishi va xalqaro kapital



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə6/10
tarix17.09.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#63732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
XALQARO MOLIYA BOZORI VA UNING SEGMENTATSIYASI

II.2. Xalqaro moliya bozorining rivojlanishi va xalqaro kapital
harakatining zamonaviy tendensiyaiari
Jahon iqtisodiyotida xalqaro moliya bozorining segmentlari tadrijiy ravishda muayyan bosqichlarda shakllangan. Mazkur bozor taraqqiyotining oxirgi bosqichida fond segmenti va xalqaro derivativlar bozorlari jadal rivojlangan. Zamonaviy xalqaro moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1. Moliya bozori barcha sektorlarining jadal sur'atlarda rivojlanishi bilan birga kechayotgan baynalminallashuv va globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi; 2. Transmilliy kompaniyalar, banklar va global moliya muassasalari, shuningdek, alohida davlatlar va davlatlar guruhlari o‘rtasidagi xalqaro raqobatning kuchayishi; 3. Chegaralarni oshib o‘tadigan moliyaviy oqimlarning yuqori sur’atlarda harakatlanishi va moliya bozorining tuzilmaviy sektorlari o‘rtasidagi aloqadorlikning oshishi; 4. Axborot tizimlari va elektron aloqa vositalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi; 5. Bozorni bevosita tartibga solishning susaytirilishi; 6. Moliya bozori ishtirokchilari faoliyatining an'anaviy sohalari o‘zgarishi (universal banklar fond sektorida anderrayter, tashkillashtiruvchi va treyderlarga aylanmoqda; investitsiya banklari sindikatlashgan kreditlarni tashkillashtirmoqda, shuningdek, loyihalarni moliyalash bilan shug‘ullanmoqda; tijorat banklari, o‘z navbatida, investitsiya banklarining an’anaviy faoliyatlariga aralashmoqda va h.k.); 7. Moliya bozori ishtirokchilarining ixtiyoriy qo‘shilishi yoki yirik ishtirokchilar tomonidan o‘z tarkibiga olinishi jarayonlari kuchaymoqda, bu esa, o‘z navbatida, moliya bozorining barcha sektorlarida operatsiyalarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lgan universal moliyaviy xoldinglarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda; 8. Moliya bozoridagi operatsiyalar riskini kuchayishiga sabab boluvchi derivativlar bilan bitimlar hajmi o‘sish tendensiyasiga ega; 9. AQSH dollari mavqeining tushishi va qadrsizlanishi, bu o‘z navbatida, xalqaro moliya bozoridagi muvozanatning buzilishiga, zamonaviy moliya bozorining inqirozdan keyingi rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi mumkin. Xalqaro kapital harakatining zamonaviy holati bilan bog‘liq quyidagi tendensiyalar jahon iqtisodiyoti amaliyotda kuzatilmoqda: 1. Jahondagi kapitalni eksporti va importida rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. 2. Xalqaro tadbirkorlik kapitali harakati tarkibida portfel investitsiyalar tomonga siljish tendensiyasi mavjud. 3. Xalqaro kreditlar va depozitlarning jahon investitsiyalari tarkibidagi ulushi jahon moliyaviy inqirozidan keyingi davrda kamayib bormoqda. 4. Jahon kapital eksportidagi Xitoyning ulushi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan bir sharoitda, kapital importida AQSHning ulushi kamayish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. Shunga qaramay jahon kapital importida AQSHning ulushi hali-hamon saqlanib qolmoqda. 5. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda chet el investitsiyalarini joylashtirishning asosiy sohasi bank-moliya sektori, xizmatlar sohasi (buning ichida axborot telekommunikatsiya sohasi eng yetakchidir), farmatsevtika, biotexnologiya, elektron sanoat, ilmiy va texnologik mashinalar ishlab chiqarish bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda avvalgidek to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalar neft-gaz qazib chiqarishga, mashinasozlikning alohida sektorlariga, agrosanoat kompleksiga jalb etilmoqda; 6. Jahon chet el investitsiyalari bozorida asosiy subyekt sifatida TMKlarning roli oshmoqda; Xalqaro fond bozori rivojlanishining asosiy tendensiyalari quyidagilarda o‘z aksini topmoqda: 1. Fond bozorining tobora kengayib va chuqurlashib borishi; 2. Xalqaro fond aktivlari bilan hosila moliyaviy vositalar savdosining o'sishi; 3. Jahonning yetakchi moliyaviy markazlarida bozorning konsentratsiyasi; 4. Bozorning yangi vositalarni yaratishi; 5. Bozorning kompyuterlashuvi; 6. Xalqaro fond bozorida rivojlanayotgan mamlakatlar qimmatli qog‘ozlarining ahamiyatini ortishi. Bundan tashqari, global moliyaviy inqiroz sharoitida fond bozorlarida quyidagi tendensiyalar yuzaga keldi: — xalqaro fond bozorida kapitalni jalb etishning va operatsiyalarning asosini tashkil etgan holda xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlari va xalqaro aksiyalar bozorining oxirgi o‘n yillikdagi hajmi olti barobardan ko‘proqqa oshgan, 2008-yil inqiroz davrida ularning o‘sishi sekinlashgan, xalqaro aksiyalar bozorining hajmi asosan rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga qisqargan bo'lsada, hozirda uiarning hajmi yana o'sish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda; — xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlar va aksiyalar bozorida rivojlangan mamlakatlar, xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy institutlarning yetakchiligi saqlanib qolmoqda. — rivojlanayotgan mamlakatlar fond bozorining iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha diversifikatsiyalashuv darajasini kichikligi inqiroz davrida uning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan; — moliyaviy inqiroz sharoitida jahonning rivojlangan mamlakatlari fond birjalarida aksiyalar bozori kapitallashuvining YalMga nisbatan salmog‘i keskin pasaygan. Jahon mamlakatlari YalMga nisbatan aksiyalar bozori kapitallashuvi inqiroz davrida 55% ni, oxirgi besh yillikda rivojlangan mamlakatlarda qarz munosabatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlar YalMga nisbatan kamida 100% ni tashkil etishi kuzatilgan; — rivojlanayotgan mamlakatlar fond birjalarida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida aksiyalar va obligatsiyalar bo‘yicha savdolar hajmi kamaygan.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin