6. Elektromagnit energiya tashuvchilari elektromagnit quvvat.
7. Elektr kuchlanishi.
Tayanch so`zlar: elektr , magnit, elektr zaryadi, elektr toki, elektr toki, elektromagnit energiya, quvvat.
Elektromagnit hodisalarni sifat va miqdor jihatdan baholash uchun elektr va magnit kattaliklar qo`llaniladi: zaryad, tok, kuchlanish, qarshilik, sig`im, induktivlik, magnit oqimi, magnit induktsiyasi va boshqalar.

Bu kattaliklar elektromagnit hodisa va jarayonlarni ob'yektiv ifodalaydi.Nazariy tahlil qilishda va hisoblashlarda keraklicha aniqlikda tajriba yo`li bilan (o`lchov asboblari yordamida) ishonchliroq aniqlanadi.
Fizika kursidan ma'lumki, barcha elektrik va magnit kattaliklar matematik jihatdan to`rtta boshlang`ich kattaliklar, l -uzunlik, vaqt t ,energiya va elektr zaryadi hamda qo`shimcha kattalik-burchak orqali ifodalanadi.
Elektr va magnit kattaliklarni miqdor jihatdan baholash uchun ularning birliklaridan foydalaniladi. Hozirgi paytda fizik kattaliklarning barcha birliklari,ya'ni fan-texnika va sanoatda ishlatiladigan birliklar Xalqaro birliklar sistemasi SI orqali tasdiqlangan.Xalqaro standartga asosan boshlang`ich (asosiy) birliklar quyidagilar hisoblanadi:uzunlik [m-metr], vaqt [s-sekund], massa [kg-kilogramm], elektr toki [A-amper] va yana uchta kattaliklar,issiqlik,yorug`lik va jismni modda miqdori o`lchovlari qo`llaniladi.Qolgan barcha fizik kattaliklar asosiy va qo`shimcha -burchak kattalik birligi radian orqali ifodalanadi.

O`lchov texnikasida va o`lchov asboblarida aniq o`lchash uchun etalon bilan tekshiriladi va solishtiriladi.