Zaryadlarning kamayishi yoki ortishi, ya'ni zaryadlarning vaqt bo`yicha o`zgarish tezligi bilan xarakterlanadi. Elektr toki - zaryadlarni vaqt bo`yicha o`zgarish tezligi, hosilasidir. Elektr toki i (I) harfi bilan belgilanadi va amperlarda (A) o`lchanadi
Zaryadlarning kamayishi yoki ortishi, ya'ni zaryadlarning vaqt bo`yicha o`zgarish tezligi bilan xarakterlanadi. Elektr toki - zaryadlarni vaqt bo`yicha o`zgarish tezligi, hosilasidir. Elektr toki i (I) harfi bilan belgilanadi va amperlarda (A) o`lchanadi
Elektr zaryadi q (Q) harfi bilan belgilanadi va kulonlarda o`lchanadi.Elektronning elementar zaryadi e=1,6 10-19 Kl ga tengdir.
Zaryadlar uchun Saqlanish qonuni o`rinlidir: yopiq sistemada jismlar (elementlar)ning elektr zaryadlarining algebraik yig`indisi, shu sistemadagi jismlarning bir-birlari bilan o`zaro ta'sirida o`zgarmasdan qoladi.
Zaryadni saqlanish qonuni zaryadlangan jismlar va zarrachalarning yopiq sistemasi uchungina o`rinli ekanligini e'tiborga olamiz.Jismni zaryadlash uchun jismga yoki molekulaga kandaydir energiya sarf qilish kerak. Masalan,akkummulyatorlarda ximiyaviy energiya neytrallik holatini yo`qotadi va qarama-qarshi zaryadlangan ionlarni hosil qiladi.
Elektr toki
I = dq / dt
Vaqt funksiyasi bo`lgan toklar o`zgaruvchan toklar deyiladi va kichik harflarda belgilanadi i = i(t). Ularni oniy qiymati vaqtga bog`liq bo`ladi. Bunday toklar matematik ko`rinishda beriladi yoki ifodalanadi Masalan: sinusoidal tok i(t)=Imsinwt yoki sinusoidal grafiklar ko`rinishida beriladi.
Agar vaqtning istalgan paytida tokning oniy qiymati doimiy bo`lsa, bu holda o`zgarmas tok deyiladi va bosma I harfi bilan belgilanadi. Elektr tokini o`lchovchi asboblar-ampermetrlar qo`llanilib, o`lchanuvchi tokka ketma-ket ulanadi. Iste'molchidagi tokni kattaligini o`zgartirish uchun Iist sxemaga reostat ulangan. (1 -rasm).
Elektr toki (elektr energiya oqimi) sxemalarda strelka bilan belgilanadi, o`tkazgich simlarga (uzatish liniyalariga) qo`yiladi.
Shunday qilib, elektr zaryadining o`zgarishi - elektr toki - elektromagnit energiya oqimi-energiyani yutilishi yoki ajralishi bilan organik bog`langan.
Elektromagnit energiya tashuvchilari elektromagnit quvvat.
Har xil jarayonlar natijasida ajralib chiqadigan, elektromagnit energiya bo`shliqda elektromagnit energiya tashuvchilari - fotonlar tezligida tarqaladi. Ma'lumki, elektromagnit energiya tashuvchilari fotonlar bo`shliqqa maksimal tarqalish tezligi, yorug`lik tezligiga teng bo`lgan 300000 km/s tezlikka ega.