Fotonlarning bunday yuqori tezligi natijasida elektromagnit energiya oqimi iste'molchilar yer sharining istalgan nuqtasida joylashganiga qaramasdan shu onda iste'molchiga yetkaziladi. Elektronning zaryadi juda kichik bo`lgani uchun, juda kichik tokda ham o`tkazgich bo`ylab juda katta sonlik elektronlar oqadi, masalan, odam tanasi zo`rga sezadigan 1 mA tokda 1 sekundda odam tanasi orqali 6 1015 ta elektronlar o`tadi. Agar bu elektronlarni yer shari odamlariga tarqatsa (taxminan 3 109 odam) har bir kishiga 2 mlndan elektron to`g`ri keladi. O`tkazgichlarda elektronlarning harakati unchalik katta emas. Masalan, o`tkaz-gichda tok zichligi 6 A/mm bo`lganda erkin elektronlarning tezligi 0,3 mm/sek bo`ladi.

Lekin elektromagnit energiyani tarqalish tezligi juda yuqori. Masalan, havo liniya simlarida elektromagnit maydonning tarqalish tezligi 300000 km/sek, ya'ni yorug`lik tezligiga teng. Bunga shubha yo`q, chunki elektr zanjirini ulaganda barcha erkin elektronlar bir vaqtning o`zida harakatga keladi.
Elektr energiyani hosil qilish va uni iste'mol qilishi quvvat orqali xarakterlanadi.
Elektromagnit quvvat elektromagnit energiyani vaqt bo`yicha hosilasidir, ya'ni uni o`zgarish tezligidir.
Quvvat r (R) xarfi bilan belgilanidi va vattlarda o`lchanadi. [Vt]=[j/s]
R(t) = dW / dt
Quvvat vattmetrlar yordamida o`lchanadi va 2 -rasmda ko`rsatilgandek ulanadi. Iste'molchilarning quvvati har doim musbat bo`ladi R >0.
Quvvat qanaqa kattaliklarga bog`liq bo`ladiq Buning uchun 2 - rasmdagi sxemaga har xil lampalarni ulab ko`ramiz. Reostat yordamida lampalar toki Iist bir xil ushlansa ham, vattmetrdan ko`ramizki, lampalar har xil elektr energiyaga ega bo`ladi. Demak, quvvatni hisoblash yoki o`lchash uchun faqat tokni o`lchash yetarlik emas. Buning uchun, ya'ni bir xil tok kattaligida har xil quvvat bo`lishini sababini tushuntirish uchun yana bir elektr kattalik- elektr kuchlanishi zarur.
Elektr kuchlanishi.
Quvvat bilan tok orasidagi bog`liqlikni sifatan xarakterlash va quvvat bilan tok orasi-dagi munosabatni aniqlash uchun fizik kattalik elektr kuchlanishi tushunchasi ishlatiladi.
Elektr kuchlanishi elektr quvvatining (elektromagnit energiya yutilishi tezligi yoki uni boshqa tur energiyaga aylanishi) elektr tokiga nisbatidir.
Kuchlanish u (U) harfi bilan belgilanadi va voltlarda o`lchanadi. [V]=[Vt/A] I
U(t)=R(t) / i(t)
Sxemalarda kuchlanish (3-rasm) elektr energiya iste'molchisi yonida strelka bilan ko`rsatiladi va yo`nalishi tok yo`nalishi bilan mos bo`ladi, ya'ni yuqori potentsialdan past potentsialga yo`naladi. 3-rasmdagi sxemada ampermetr va voltmetr yordamida lampaning quvvatini aniqlash mumkin.
Rist = Uist Iist
Vattmetr to`g`ridan-to`g`ri quvvatni o`lchaydi.
1.Elektr va magnit kattaliklarni tushintirib bering.
1.Elektr va magnit kattaliklarni tushintirib bering.
2.Fizik kattaliklarning birliklari aytib bering.
3.Elektr (elektromagnit) energiya haqida nima bilasiz.