Mavzu: 1-2 sinflarda sifatni o’rgatish jarayonida didaktik materiallardan foydalanish. Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 127,54 Kb.
səhifə4/6
tarix17.10.2023
ölçüsü127,54 Kb.
#156516
1   2   3   4   5   6
1-2 sinflarda sifatni o’rgatish jarayonida didaktik materiallardan foydalanish.

O‘quv materiallarining tarbiyaviy xarakterda bo‘lishi tamoyili.

Boshlang‘ich ta’lim jarayonida foydalaniladigan didaktik materiallar o‘quvchilarni demokratik g‘oyalarga sodiqlik, insonparvarlik, o‘zaro yordam, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlashda milliy g‘oyaga, an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga, inson, jamiyat va atrof-muhitning o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilishi va bu o‘quv materiallari mazmunida o‘z ifodasini topishiga erishish lozim.



3. 1-sinflarda sifatni o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish usullari.
1-sinflarda sifatni o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanishda Sifat (tilshunoslikda) — predmet belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi. Grammatikada belgi soʻzi keng tushunchali boʻlib, u belgini rang turi, hajm, shaklkoʻrinish, xususiyat va shakliga koʻra bildiradi: qizil, keng , yoqimli va boshqa. Shu xususiyatlariga koʻra, sifatlar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi: rang-tus bildiruvchi sifatlar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; maza-tam bildiruvchi sifatlar — shirin, nordon, achchiq, bemaza kabi; xususiyat bildiruvchi sifatlar — mehribon, sodda, mugʻambir, yuvosh kabi; shaklkoʻrinish bildiruvchi sifatlar — gavdali, novcha, uzunchoq, yassi kabi; hajmoʻlchov bildiruvchi sifatlar — keng , tor, katta, ogʻir, yengil kabi va boshqa
Sifat turkumi oʻziga xos soʻz yasalishi va morfologik tizimiga ega. Oʻzbek tilida yasama sifatlar, asosan, sifat yasovchi suffikslar yordamida xosil qilinadi: aqlli (akl+li), hosildor (hosil+dor), serqirra (serqirra) va shunga kõra sifatning morfologik belgisi — daraja kategoriyasiga egaligidir. Sifat bildiradigan belgi daraja nuqtai nazaridan 3 xil boʻlishi mumkin: meʼyoriy, meʼyordan ortiq (yuqori) va meʼyordan oz (kuchsiz, past). Shunga koʻra, sifatning 3 xil daraja kategoriyasi farqlanadi: oddiy daraja —maxsus koʻrsatkichi yoʻq va u belgining meʼyoriy (ortiq — kamlik, kuchli — kuchsiz va sh.k.ga befarq) holatini bildiradi: yaxshi, katta, shirin, xunuk kabi; orttirma daraja — bu darajaning ham maxsus morfologik koʻrsatkichi yoʻq. Belgining ortikligi maʼnosi oʻzbek tilida bir necha usul bilan ifodalanadi. Masalan, fonetik usul: sapsariq, koʻmkoʻk, baland (unlini choʻziq talaffuz etish); leksik usul (maxsus soʻzlar yordamida): juda kuchli, nihoyatda goʻzal kabi; analitik usul: shirindan shirin, qoʻpoldan qoʻpol kabi; ozaytirma daraja shakli roq affiksi yordamida yasaladi: yaxshiroq, balandroq, shoʻrroq kabi. Sifatlar otlashuvi mumkin (qarang Otlashuv): Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. Qozonga yaqin yursang , qorasi yuqar; yomonga yaqin yursang , balosi yuqadi.
Sifat yasovchi qo‘shimchalar quyidagilardir:
1) otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar:
-li: rasmli kitob, kuchli shamol
-dor: aybdor, vafodor
ba-: badavlat, baquvvat
ser-: serhosil olma.
-mand: kasalmand, davlatmand
Yuqoridagi qo‘shimchalar asosdan anglashilgan belgiga egalikni bildiradi.
Bu qo‘shimchalar esa (no- qo‘shimchasi bilan birgalikda: noaniq, notinch.) asosdan anglashilgan belgiga ega emaslikni ifodalaydi.
-lik: toshkentlik (bola)
-iy,-viy: tarbiyaviy soat, devoriy soat.
-gi,-ki,-qi: bahorgi ishlar, qishki kiyim
(paytga xos belgini bildiradi).
-aki, -oqi: jizzaki, jirttaki, pistoqi
-yi: havoyi.
-chan: ishchan bola.
-simon: odamsimon maymun
(o‘xshashlik ma’nosini bildiradi).
-kor,-gar: isyonkor, zulmkor, javobgar, ig‘ vogar.
-i: qishloqi, qozoqi, jannati
-cha: farg‘ onacha, erkakcha, arabcha (o‘yin)
-namo: avliyonamo, darveshnamo
-parvar: xalqparvar, adolatparvar
-on: charog‘ on, za’faron
-aki: dahanaki, og‘zaki
bad-: badbaxt, badnafs
-shumul olamshumul, jahonshumul
-don: gapdon, bilimdon
-kash: dilkash, hazilkash
-bop: palovbop, qishbop
xush-: xushfe’l, xushhavo
-in: erkin, otashin
-vor: devonavor, afsonavor
-parast: mansabparast, maishatparast
bar-: barhayot, barvaqt
-chil: xalqchil, izchil.
-siz: tuzsiz ovqat.
be-: beg‘ubor, bexabar
Bu qo‘shimchalar esa (no- qo‘shimchasi bilan birgalikda: noaniq, notinch.) asosdan anglashilgan belgiga ega emaslikni ifodalaydi.
-lik: toshkentlik (bola)
-iy,-viy: tarbiyaviy soat, devoriy soat.
-gi,-ki,-qi: bahorgi ishlar, qishki kiyim
(paytga xos belgini bildiradi).
-aki, -oqi: jizzaki, jirttaki, pistoqi
-yi: havoyi.
-chan: ishchan bola.
-simon: odamsimon maymun
(o‘xshashlik ma’nosini bildiradi).7
-kor,-gar: isyonkor, zulmkor, javobgar, ig‘ vogar.
-i: qishloqi, qozoqi, jannati
-cha: farg‘ onacha, erkakcha, arabcha (o‘yin)
-namo: avliyonamo, darveshnamo
-parvar: xalqparvar, adolatparvar
-on: charog‘ on, za’faron
-aki: dahanaki, og‘zaki
bad-: badbaxt, badnafs
-shumul olamshumul, jahonshumul
-don: gapdon, bilimdon
-kash: dilkash, hazilkash
-bop: palovbop, qishbop
xush-: xushfe’l, xushhavo
-in: erkin, otashin
-vor: devonavor, afsonavor
-parast: mansabparast, maishatparast
bar-: barhayot, barvaqt
-chil: xalqchil, izchil.
2) Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar:
-choq,-chak,-chiq: maqtanchoq, kuyunchak, qizg‘anchiq
-gir,-g‘ir,-kir,-qir,-qur: sezgir, topqir, o‘tkir, olg‘ir,uchqur
-ma: qaynatma sho‘rva, burma ko‘ylak
-k (-uk, -ik,-ak) chirik, teshik, tuzuk, g‘alvirak
-q(-uq,-iq,-aG`oq): iliq, siniq, buzuq, qoloq.
-oq: qochoq, qo‘rqoq, baqiroq
-qi: sayroqi qush,
-qoq, -g‘oq: tirishqoq, uyushqoq, toyg‘oq
-ag‘ on: bilag‘on, chopag‘on
-mon: bilarmon, qirarmon
-kun, -qin, -g‘in, tushkun, ozg‘in, jo‘shqin,
-g‘un, -qun: turg‘un, tutqun
-(a)rli: etarli, zerikarli
-ch: tinch, jirkanch
-g‘ich: yulg‘ich (odam)
-ong‘ich: tepong‘ich, suzong‘ich
3) Boshqa turkumlardan sifat yasovchi qo‘shimchalar :
Ravishdan: -gi: kechagi, dastlabki


Yüklə 127,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin