Mavzu: 1-2 sinflarda sifatni o’rgatish jarayonida didaktik materiallardan foydalanish. Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 127,54 Kb.
səhifə2/6
tarix17.10.2023
ölçüsü127,54 Kb.
#156516
1   2   3   4   5   6
1-2 sinflarda sifatni o’rgatish jarayonida didaktik materiallardan foydalanish.

Kurs ishining maqsadi. 1-2 sinflarda sifatni o’rgatish jarayonida didaktik materiallardan foydalanishning usullarini ishlab chiqish, uni amaliyotda qo’llashdan iborat. Matnlar yordamida o’quvchilarni so’z turkumlari bo’yicha tahlilga o’rgatish.
Kurs ishining vazifalari.
1. 1-2 sinflarda sifatni o’rgatish va unga qo’yiladigan talabalar
2.Sifatni o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanishning ahamiyati
3.1-sinflarda sifatni o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish usullari
4. 2-sinflarda sifatni o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish usullari
Mavzuning o’rganilish darajasining qiyosiy tahlili. O’zbek tilida sifat so‘z turkumi va sifatdagi ma’noviy guruhlarni olimlarimizdan A.G’ulomov, A.Hojiev, M.Mirtojiev, Yo.Tojiev kabi olimlar fe’l so’z turkumi yuzasidan ilmiy ishlar olib borgan.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Tadqiqotda boshlang’ich sinflarda sifat so’z turkumini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’rganish aniq belgilab berildi hamda fe’lning kotegoriya va nokategorial formalar tahlil etildi.
Kurs ishi predmeti va ob’ekti:sifatida boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’rgatiladigan sifat so’z turkumini tanlab oldik, predmetini — boshlang’ich sinf ona tili darslarida sifatning ma’noviy guruhlari mavzusini zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o’rgatish, shuning barobarida o’quvchilarni ona tili darslariga bo’lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat deb belgiladik.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Boshlang’ich ta’lim bo’yicha tavsiyalar, boshlang’ich sinf o’quvchilariga fe’l so’z turkumini o’rgatish usullariga oid ilmiy-nazariy ma’ruzalar tayyorlashda, ish tajribalarida ommalashtirishda xizmat qiladi.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, asosiy bob, to’rt bo’lim umumiy xulosa va metodik tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
1.1-2 sinflarda sifatni o’rgatish va unga qo’yiladigan talabalar.
Sifatni o'rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomon-dan izchillik biJan boyitib, murakkabjashtirib borishni ko'zda tutadi. O'quvchilar 1- va 2-sinfda sifatning leksik ma'nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so'rog'ini berishga o'rganadilar.
Ona tili va o'qish darslarida o'quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma'lum bo'lgan sifatlarning ma'nosiga aniqlik kiritiladi.
Sifatni o'rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko'rinishi, maza-ta'mi, xarakter- xususiyati, hidi, vazni, o'rin va paytga mu-nosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma'nosi uni ot bilan bog'liq holda o'rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun 1-sinfdanoq o'quvchilar e'tibori sifatning otga bog'lanishini aniqlashga qaratiladi. O'quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so'roq yordamida gapda so'zlarning bog'lanishini aniqlash ko'nikmasi o'stiriladi, ya'ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so'z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog'liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) yo'nalishda olib borishni talab etadi.2
Boshlang'ich sinflarda ,,Sifat" mavzusi quyidagi izchillikda o'rganiladi: 1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-, 2-sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish ; 3) shu grammatik mavzu bilan bog'liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o'zlashtirish.
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma'nosi va so'roqlari ustida kuzatish o'tkazishdan boshla-nadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo'lib, uni rangi, mazasi, shakli; xil-xususiyatlari tomonidantavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushun-chasini shakllantirish uchun uning ma'nolarini aniqlash talab etiladi.O'qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko'rsatadi, o'quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma — qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip — uzun, ko'k ip. Albatta, suhbat asosida o'quvchilar olma, ip so'zlari nima? so'rog'iga javob bo'lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so'zlar qanday? so'rog'iga javob bo'lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli) ni bildirishini aniqlaydilar. O'qituvchi atrofimizni o'rab olgan pred-metlarning o'z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday? daraxt - Katta, chiroyli, sershox, ko 'm-ko 'k daraxt. Qanaqa ? shkaf — Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar predmet belgisini bildiradi.O'quvchilar belgi bildirgan bunday so'zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko'p uchraydigan matn tanlanib, awal sifatlarini tushirib qoldirib, so'ngra sifatlari bilan o'qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko'rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so'zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko'rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, sujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi.3
O'quvchilar qanday?, qanaqa?so'roqlariga javob bo'lgan (predmet belgisini bildirgan) so'zlarni o'zlashtirisnlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali hisoblanadi: 1) so'roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so'zlarni tanlash;
2) aralash berilgan so'zlardan gap tuzish; 3) matndan kim?yoki nima?so'rog'iga javob bo'lgan so'zni va unga bog'langan qanday? va qanaqa? so'rog'iga javob bo'lgan so'zni tanlab (so'z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch so'zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: „Sifat" tushunchasini shakllantirish hamda o'quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o'rinli foydalanish ko'nikmasini o'stirish hal qilinadi.
,,Sifat" tushunchasini shakllantirish o'quvchilarning ,,predmet belgisi" degan umumlashtirilgan kategoriyani o'zlashtirish darajasiga bevosita bog'liq. Shu maqsadda rang, maza. shakl, hajm, xil-xususiyat bildiradigan so'zlar guruhlanadi va shu so'zlarning xususiyatlari llmurnlashtiriladi. Sifatning leksik ma'nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umuinlashtirish asosida o'quvchilar uning so'z turkumi sifatidagi ° 2iga xos ko'rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi,
b) qanday? yoki qanaqa? so'rog'iga javob bo'ladi, d) gapda otga bog'lanib, shu ot bilan so'z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajaii bo'lak vazifasida keladi.
Bu sinfda og'zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog'i yoki parkka ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish kabilar)ga katta o'rin beriladi.
O'quvchilarning sifatning leksik ma'nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni bar tomonlama tasvirlash malakasini o'stirish uchun:
1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish: Qanday? shaftoli — Shirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday? kitob Qalin, qiziqarli kitob;
2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehtiyolkor, ayyor, yovvoyi ... (tulki);
3) predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish kabi mashqlardan foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o'rnini puxta o'zlashtirishga erishish uchun ma'nodosh va zid ma'noli sifatlar ustida ishlash, o'qish darslarida sifatning o'z va ko'chma ma'noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o'rganish jarayonida so'z yasashga oid mashqlarni muntazam o'tkazib borish o'quvchilarda u yoki bu so'z turkumini yasash uchun so'z yasovchi qo'shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.
Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og'zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o'rinli foydalanish ko'nik-masini o'stirish bilan bog'liq holda -roq qo'shimchasi bilan qo'llangan sifatlarni va ko'm-ko'k, yam-yashil kabi sifatlarni to'g'ri yozish malakasi shakllantiriladi. Tsh mazmuni shu vazifalarni Sifatni o‘rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat, predmetning belgisi (rangi, shakli, hajmi, ko‘rinishi, maza, ta’mi, hidi, o‘rni va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab etadi. Sifatni tushunish uchun 1-sinfdayoq bolalar e’tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi. O‘quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so‘roq yordamida gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so‘z birikmasini ajratadilar (termin aytilmaydi4
. Keyingi sinflarda bu bog‘liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning simantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashning leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) rejada olib borishni talab etadi.Boshlang‘ich sinflarda “sifat” mavzusi quyidagi izchillikda o‘rganiladi: 1. Sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-sinf). 2. Sifat haqida tushuncha berish. (2-sinf). 3. Shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o‘zlashtirish (3-sinf).
Sifat bilan dastlabki tanishtirish. (1-bosqich) sifatinining leksik ma’nosi va so‘roqlari ustida kuzatish o‘tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo‘lib uni rangi mazasi, shakli, xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O‘qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko‘rsatadi, o‘quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, qanday? Olma-qizil, shirin, yumaloq olma. Suhbat asosida o‘quvchilar olma so‘zni nima? So‘rog‘iga javob bo‘lib predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so‘zlar qanday? So‘rog‘iga javob bo‘lib, predmetning belgisini bildirishini aniqlaydilar, xulosa chiqariladi. Qanday? Qanaqa? So‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar predmet belgisini bildiradi.
O‘quvchilar belgi bildirgan bunday so‘zlarning nutqimizdagi rolini anglashlari uchun sifat ko‘p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarni tushurib qoldirib, so‘ngra sifatlari bilan o‘qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko‘rsatiladi. Bu darslarda ko‘rgazmalaridan keng foydalanadi.
O‘quvchilar qanday? Qanaqa? So‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni o‘zlashtirishlari uchun quyidagi mashqlardan foydalaniladi: 1. So‘roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so‘zlani tanlash. 2. Aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish. 3. Matndan kim? Yoki nima? So‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni tanlab aytish va yozish. 4. Tayanch so‘zlar va rasm asosida gap va hikoyacha tuzish.
2-bosqichda asosan 2 vazifa: “Sifat” tushunchasini shakllantirish hamda o‘quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish hal qilinadi.
Sifatlarning leksik ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o‘quvchilaruning so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos ko‘rsatkichlarini ko‘rsatadilar. a) predmet belgisini bildiradi. b) qanday yoki qanaqa? So‘rog‘iga javob bo‘ladi v) gapda otga bog‘lanib, shu ot bilan so‘z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.
O‘quvchilarning sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o‘stirish uchun:
1. Berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish.
2. Berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash; ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi (tulki)
3.Predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish kabi mashqlardan foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi fikrini aniq va tushunarli ifodalashdagi rolini puxta o‘zlashtirishga erishish uchun sinonim va antonimlar ustida ishlash, o‘qish darslarida o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o‘rganish jarayonida so‘z yasashga oid mashqlarni muntazam o‘tkazib borish o‘quvchilarda u yoki bu so‘z turkumini yasash uchun so‘z yasovchi qo‘shimchalardang ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.
3-bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og‘zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirsh bilan bog‘liq holda –roq qo‘shimchasi bilan qo‘llanilgan sifatlarni va ko‘m-ko‘k, yam-yashil sifatlarni to‘g‘ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o‘quvchilarning nutqini o‘stirishga qaratiladi. Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda tanlab qo‘yish, gapda sifat bilan bog‘lanish otni (so‘z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so‘z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq materialini tanlashda –roq qo‘shimchasi bilan qo‘llanilgan yaxshiroq, aqilliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariqiq kabi sifatlar ko‘proq bo‘lishiga e’tibor beriladi. O‘quvchilarning mustaqilligi oshgan sayin mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. Shunday qilib, sifatni o‘zlashtirishda uni ot bilan o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish asoslaniladi.
V.V.Kraevskiy “didaktik materiali” tushunchasini nazariy jihatdan tahlil qilishga alohida ahamiyat qaratadi. U didaktik materialni ma’lumot mazmunining eng so‘nggi darajasi, didaktik loyihalashning eng keyingi bosqichi sifatida sharhlaydi, xususan, “Didaktik material o‘quv kursining (bu erda o‘quv predmeti ko‘zda tutilgan) elementi bo‘lib, ta’limni loyihalash faoliyatining vositasi va tarkibiy qismi funkstiyalarini bajaradi”.
Boshlang‘ich ta’limga oid didaktik materialning ta’lim jarayoniga qadar bo‘lgan holati darslik muallifining pedagogik layoqatiga, uning ta’lim jarayoni mohiyatini bilishiga, ma’lumot mazmuniga pedagogik ishlov berish va didaktik loyihalash sohasidagi mahoratiga bog‘liq.
Boshlang‘ich ta’limga taalluqli didaktik materialning ikkilamchi loyihalari dars loyihasi, ko‘rgazmali qurollar (tabiiy materiallar, illyustrastiya, chizma, audio va video materiallar), o‘quv topshiriqlari tizimi (test topshiriqlar, o‘yin topshiriqlari, tarqatma materiallar to‘plamlari) dan iborat bo‘lib, ularga pedagogik jihatdan ishlov berilib, darslikdagi mavjud holatdan yangi holatga o‘tkaziladi. Didaktik materiallar tuzilmasini biz quyidagi sxema bo‘yicha ifodaladik.

Boshlang‘ich ta’lim didaktik materialini umumlashtirish, umumiy qoida va qonuniyatlarga ko‘ra alohida misol, topshiriqlar asosida oydinlashtirish mualliflarning tajriba va mahoratlariga bog‘liq.


Boshlang‘ich ta’lim darsliklarining pedagogik ishlov berilgan eng kichik qismi didaktik material hisoblanadi. Didaktik material o‘quvchilarga mo‘ljallangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, kitoblar va boshqa materiallarda, o‘qituvchiga yordam beradigan metodik tavsiyalarda yoritiladi.


Bizningcha, didaktik materiallar muayyan o‘quv fani mazmunini yorituvchi va maqsadini ifodalovchi, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi uchun moslashtirilgan bilimlar tizimidan iborat.




Yüklə 127,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin