Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə102/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Metodik ta’minot talabalarning auditoriya ishlarining barcha shaklari (ma’ruza, laboratoriya, amaliy, seminar mashg‘ulotlari) va auditoriyadan tashkari ish shakllari (mustaqil ta’lim, amaliyotning barcha turlari, nazorat, kurs va bitiruv malakaviy ishlari) hamda talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini joriy, oraliq va yakuniy nazorat qilishning turli shakllarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Metodologiya – 1. Tadqiqot usullari majmuasi. 2. Muayyan fan (soha yo‘nalish) da qo‘llaniladigan tadqiqot usullari majmui. 3. Ilmiy bilish va dunyo taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatish haqidagi ta’limot. Metodologiyabilishning ilmiy metodi haqidagi ta’limot. Biror fanda yoki muayyan yo‘nalishda yoki sohada qo‘llaniladigan metodlar majmuasi.
Model – olamdagi muayyan hodisani abstrakt tasvirlashdan iborat bo‘lib, ushbu hodisaning ro‘y berishini nisbatan ilgariroq aytib berish imkonini beradi.
Modulli o‘qitish – o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u o‘quvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
Motiv - insonni o‘qishga yoki biror harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi.
Motivatsiya – shaxsni faol xatti-harakatlarga undovchi sabablar, asoslar to‘plami bo‘lib, u ayni zamonda kishi xulqini fiziologik va psixologik boshqarishning dinamik jarayonini ham bildiradi, faoliyatning yo‘nalishi, faolligi, uyg‘unligi hamda turg‘unligini belgilaydi.
Muammo – (yunonchadan - vazifa) hal etishni talab etadigan vazifa, murakkab savol; o‘rganish, hal qilish talab etiladi-gan murakkab nazariy va amaliy savol. Muammo javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va echish usuli no‘malum bo‘lgan masala. SHuning uchun ham muammoni quyish va hal qilish maajud bilimlar doirasidan chetga chiqishni, yangicha echish usuli, metod-larini qidirishni talab etadi.
Muammoli ta’lim – bu o‘quvchilarning o‘qituvchi muammoli vaziyat sharoitida tushuntirganlarini idrok etish yo‘li bilan bilim va faoliyat usullarini o‘zlashtirishga doir muammoli vaziyatlarni mustaqil (yoki o‘qituvchi yordamida) tahlil qilish, muammolarni ta’riflash va ularni takliflar, farazlar vositasida (mantiqiy va intuitiv) ravishda asoslash va isbotlash, shuningdek echimlarning to‘g‘riligini tekshirish yo‘li bilan hal qilishga oid o‘quv-bilish faoliyatidir.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin