Konstruktiv faoliyat – u o‘zida konstruktiv mazmun (o‘quv materiallarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish, pedagogik jarayonni rejalashtirish va tashkil etish), konstruktiv – operativ (o‘zining va talabaning xatti-harakatlarini rejalashtirish), konstruktiv – material (pedagogik jarayonning o‘quv-material bazasini loyihalashtirish) ni birlashtiradi.
Kuzatish – atrof-olamdagi hodisalarni diqqat bilan ko‘rish, ulardan muhim, asosiysini ajrata olish, yuzaga kelladigan o‘zgarishlarni belgilash, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, xulosalar qilish.
Kun tartibi jismoniy tarbiyaning muhim shartidir. Kun tartibi xilma-xil faoliyat hamda dam olishning vaqt jihatdan maqsadga muvofiq taqsimlanishi, hayot tartibidir. Kun tartibini tashkil etuvchi barcha qismlarni (ovqatlanish, uyqu, o‘yin, sayr, mashg‘ulotlar) bir me’yorda takrorlash natijasida bolalarda faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga o‘tishni engillashtiruvchi mustahkam ko‘nikma hosil bo‘ladi. Aynan kun tartibiga rioya etish bolaning nerv faoliyati tizimi va barcha fiziologik jarayonlarning o‘tib borishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘nikma – o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash usullarini egallash. Boshqacha aytganda, egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi.
Layoqat – bu qobiliyat taraqqiyotining dastlabki sharti sifatida namoyon bo‘ladigan miya tuzilishining sezgi organlari va hrakatlarning morfologik hamda funksional xususiyatlaridir. Layoqat qobiliyatning tabiy zaminidir.
Loyihalashtirishta’lim oluvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u mashg‘ulotga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. SHuning uchun pedagog mashg‘ulotning texnologik modeli va kartasini ishlab chiqishi lozim. Mashg‘ulot loyihasi qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so‘rash, qaerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Mashg‘ulot loyihasi an’anaviy rejadan boshqarishga doir ta’sir ko‘rsatishlarning aniq va tushunarli belgilab olinishi, kutiladigan natijalarning oldindan aniqlanganligi bilan farq qiladi.
Madaniyat – kishilarning tabiatni, borliqni o‘zlashtirish va o‘zgartirish jarayonida yaratgan moddiy, ma’naviy boyliklar hamda bu boyliklarni qayta tiklash va bunyod etish yo‘llari va uslublari majmui. Madaniyat tushunchasida moddiy va ma’naviy boyliklar hamda inson ruhiy olami ifodalanadi. SHu bois madaniyat tarkibida uch asosiy qatlam mavjud: 1) insoniyatning muntazam aqliy va jismoniy faol ijodiy faoliyati; 2) moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqish, iste’mol qilish (foydalanish) va asrash; 3) qadriyatlar, axloqiy tushunchalar, huquqiy a’mollarning hayotga tatbiq etuvchi ijtimoiy tuzilmalar. Madaniyat – faol ijodiy faoliyatdir.