Mavzu yuzasidan tayanch iboralar
Irsiyat, muhit, tarbiya, rivojlanish, individ, individual, davr, omil, shaxs, aqliy rivojlanish, jismoniy rivojlanish, axloqiy rivojlanish, davrlashtirish.
Nazorat uchun savollar
Jismoniy tarbiya va sportning shaxs shakillanishiga qanday ta’siri bor ?
Shaxs shakllanishida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati qanday ?
Shaxs shakllanishida jismoniy tarbiyaning vazifasi qanday ?
Rivojlanish deganda nima tushunasiz ?
Jismoniy va psixik rivojlantirish, ularning birligi va xususiyatlari ?
3-MAVZU.JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUTAXASSISLARI FAOLIYATINING PEDAGOGIK JIHATLARI
3.1.Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va sport pedagogi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari. Sport pedagogiga qo‘yiladigan talablar.
Pedagoglik kasbi mamlakatimizda eng sharafli kasblardan biridir.O‘qituvchilik kasbi o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘ta individualdir. Har bir o‘qituvchining muhim hayotiy o‘rni o‘z ishining ustasi bo‘lishdir. O‘qituvchi mahorati uning faoliyatida ko‘rinadi. O‘qituvchi avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo‘lishi lozim. Shu ma’noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik bo‘ladi.
Mahorat - bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada usta bo‘lishi mumkin emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chog‘idagina go‘zaldir. Pedagogik mahoratga yetishish o‘qituvchining muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
Pedagogik bilimdonlik pedagogik sohada mahorat bilan ishlayotgan kishining ta’lim va tarbiya ishida insoniyat to‘plagan barcha tajribalardan ratsional foydalanish qobiliyatini ko‘zda tutar ekan, demak, u yetarli darajada pedagogik faoliyat va munosabatlarning maqsadga muvofiq usullari va shakllarini egallashi lozim bo‘ladi.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlikning bosh ko‘rsatkichi bu insonga, shaxsga yo‘nalganlikdir.
Dostları ilə paylaş: |