3.Ta’limda har qaysi o‘quvchilarga xos xususiyatlarni hisobga olish tamoyili. Didaktikaning bu tamoyili ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar jamoasiga xos xususiyatlarini kuzatish hamda shu xususiyatga mos muomala qilish juda muhimdir.
O‘quvchilarni darsdagi va amaliy mashg‘ulotlar jarayonidagi ishini uy vazifalarini bajarishni kuzatadi va kuzatish jarayonida u o‘quvchining individual xususiyatlarini, qiziqishlari, nutqi, xotirasi, irodasi tafakkuriga mos bo‘lgan xususiyatlarni bilib oladi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchilarning orqada qolish sabablarini aniqlaydi. Diqqati tarqoq o‘quvchilarni oldingi qatorga o‘tkazish, ulardan tez-tez so‘rash, o‘rtoqlari javoblarini to‘ldirishga majbur qilish lozim.
Ko‘zi ojiz yoki yomon eshitadigan o‘quvchilarni ham oldingi qatorga o‘tkazish kerak. Ushbu qoidaga jismoniy tarbiya darslarida amal qilish zarurdir. Individning imkoniyati, qobiliyati, xususiyati, jinsi, yoshi, jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi va hokazolar bu tamoyil mazmunining omillari bo‘lib, ta’lim jarayonini boyitadi. Ta’limga ongli munosabat, bu jarayondagi faollikni namoyon bo‘lishi, tanlangan faoliyatning ijrosida ko‘rgazmalikning samarasi, kuchiga yarashalilik va individning xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq va ko‘zlangan maqsadga tez erishish uchun vositadir.
Kuchiga yarashalilikning tub ma’nosi organizmning hayotiy faoliyatining ma’lum ishdagi funksional xususiyati va qobiliyatini hisobga olish demakdir. Bu tamoyil qobiliyatning chegarasini aniqlay olish talabini qo‘yadi. Demak, ta’lim jarayoni turli sharoitda xilma-xil tashqi ta’sirini hisobga olishni, shug‘ullanuvchi uchun me’yor tanlay bilishni taqazo etadi. Me’yor bo‘lib turli xil yoshdagilarning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish dasturlari, ularning jismoniy sifatlari uchun belgilangan normalar xizmat qilishi lozim.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarida me’yorni aniqlash tarbiyachi murabbiylar va pedagoglar, tibbiy xodimning birgalikdagi tizimli izlanishlar orqali amalga oshiriladi. Mashq qilish uchun organizmga kuchiga yarasha bo‘lmagan mashq me’yoriga mashqni organizmni zo‘riqishi orqali energiya sarflashga sistemali majbur qilishning salbiy oqibatlari ham hozirgi kunda ham ilmiy, ham amaliy jihatdan isbotlangan. Ma’lum darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan sport tayyorgarligi bor shug‘ullannuvchining organizmi uchun me’yor hisoblangan hajmdagi jismoniy mashqlar yangi, shug‘ullanishni endigina boshlaganlar uchun kuchiga yarasha bo‘lishi mumkin, lekin uni me’yor qilib olish noto‘g‘ri bo‘ladi.
Ma’lumki, yangi harakat vujudga kelgan harakatlarning eskilarini bazasida shakllanadi. Shunga ko‘ra jismoniy tarbiya jarayonidagi asosiy hal qiluvchi rolni mashqni o‘zlashtirish egallaydi. Materialni shunday o‘rgatish lozimki, uning mazmuni, organizmga ta’sirining kuchi, o‘qitishning navbatdagi etapi uchun yangi pog‘ona rolini o‘ynasin.
Bundan tashqari, vazifalarni mashg‘ulotdan - mashg‘ulotga, asta-sekinlik bilan qiyinlashtirish ham ta’lim jarayonning asosiy shartlaridan biridir. Bu esa osondan qiyingalilikni taqazo etadi. Bular albatta ta’lim jarayonining uslubiy xususiyatlarini vujudga keltiradi.