Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари


Tarbiya metodlari haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə40/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

7.2. Tarbiya metodlari haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi.
1. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar.
Bular o‘quvchilarning ongiga ta’sir etishga xizmat qiladigan usullar guruhi bo‘lib, ular jamiyatning tarbiya maqsadlarini shaxs faoliyati va xulqining motiviga aylantiradi.
Bu usullarning vazifasi o‘quvchining ongida hayot, axloq, mehnat, kishilar munosabati bilan bog‘liq normalar haqida tushuncha hosil qilish va bilim berishdan iborat bo‘lib, natijada bu qoida va normalar shaxsning e’tiqodi, ishonchi va qarashlariga aylanadi. Bu guruhga turli mavzulardagi suhbatlar, hikoyalar, namuna usullarini kiritish mumkin.
Bu usullarda asosiy vosita so‘z.
A) Suhbat usuli tarbiyada alohida o‘rin tutadi. Maktablarning tajribasida bilim olishga yordam beradigan axloqiy normalar, estetik bilimlar, siyosiy masalalarga oid suhbatlar keng o‘rin egallaydi. Suhbatlar yordamida bolalar ongida turli masalalarga oid tushuncha, bilim, mulohazalar to‘planadi.
Tarbiyadagi suhbat usulining afzalligi shundaki, muhokamada o‘quvchilar faol ishtirok etadilar, voqealarga baho beradilar, ma’lum holatda nima to‘g‘riligini tushunib, uz pozitsiyalarini belgilab olishga o‘rganadilar. Maktabda suhbatlar dars jarayonida ham, darsdan tashqari ham o‘tkaziladi.
Masalan: Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi biror sport turini tahlil qilganida sport bo‘yicha eng yaxshi rekordlar va sportchi xulq-atvori va harakatini ochib beradi, yaxshi fazilatlarini ajratib ko‘rsatadi. Shuningdek boshqa predmetlar materiallarini o‘rganish jarayonida ham, ayrim sport tarixi va sportchilar to‘g‘risida ularning sportdagi o‘rni, insoniy hislatlari haqida so‘zlab beradi. Bunday holda dars ta’limiy ahamiyatgagina emas, tarbiyaviy ahamiyatga ham ega bo‘ladi. Ba’zan dars jarayonida yuz bergan ahvolga qarab, o‘qituvchi shu darsda o‘tilayotgan materialga bog‘lanmasa ham, axloqiy mavzularda yo‘l-yo‘lakay suhbat o‘tkazishi mumkin. Suhbatlar mavzusi har bir shug‘ullanuvchining yoshi va individual xususiyatlariga hamda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trenerning o‘z oldiga qo‘ygan tarbiyaviy vazifalariga qarab xilma-xil bo‘ladi. Masalan: vatanparvarlik, yurt ravnaqi, burch, do‘stlik va o‘rtoqliq o‘z qadr-qimmatini bilish, olijanoblik va kamtarlik to‘g‘risida suhbat o‘tkazish mumkin. O‘tkaziladigan har bir suhbatdagi dalillar suhbatni ishonarliligini oshiradi. Suhbatda hamma vaqt ijobiy materiallardan emas, balki salbiy materiallardan ham foydalaniladi.
Individual suhbatlar doimo yaxshi samara beradi. Shuningdek 3-4, 5-6 boladan iborat bo‘lgan kichik guruhlar bilan ham suhbatlar o‘tkazish mumkin.
Tarbiyada suhbat usulidan foydalanganda quyidagilarga alohida e’tibor berishi lozim:
a) mavzuning to‘g‘ri tanlanishiga, uning dolzarbligiga, tarbiyalanuvchilar ehtiyojiga mos va amalga oshirilayotgan tarbiya vazifasiga aloqadorligiga;
b) suhbat mazmuni puxta o‘ylab olinishiga;
v) ma’lum bo‘lmagan faktlar bilan boyitilishiga;
g) o‘quvchilarning bilimi, tushunish darajasi, tajribasi, qiziqish sohalariga;
d) suhbat mazmunining aniqligiga (ko‘rsatma qurollar, texnika vositalaridan foydalanish), vaziyatning samimiy, do‘stonaligiga, ochiq fikr almashish uchun sharoit yaratilishiga.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin