Ta’limiy maqsad - o‘quv materiallarining mazmunini bilish, ya’ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olishdir.
Tarbiyaviy maqsad - fanni o‘zlashtirish orqali undagi g‘oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o‘zining shaxsiy sifatlarini shakllantirishdir.
Rivojlantiruvchi maqsad- ta’lim jarayoni ta’sirida shaxsning bilish qobiliyatini, o‘qishga, mehnatga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadlarni amalga oshirish natijasida o‘quvchida mustaqil ishlash iste’dodi paydo bo‘ladi, ongda ma’lum o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu jarayonni guruhlarga ajratganimizda quyidagi bosqichlarni ko‘ramiz.
Birinchi bosqich O‘quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda o‘quvchi ta’limning mazmuni bilan tanishib, o‘zining bilish vazifalari nimalardan iborat ekanligini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi. Bu bosqich asosan kishining yoshlik va o‘smirlik davriga mansubdir.
Ikkinchi bosqich O‘quvchilar o‘quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini tushunib etadilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo bo‘ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash hulosa chiqarishdan foydalaniladilar. Bu bilish bosqichi kishining voyaga etgan davriga to‘gri keladi.
Uchinchi bosqich Yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar, o‘qituvchining qo‘shimcha izohlari orqali izohlanadi. O‘quvchilar o‘zlashtirib olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq etadilar. Bunday bilish bosqichini kishi voyaga etganda “yetuklik yoshi”da egallashi mumkin.
Bu bosqichlarni har birida o‘ziga hos bilim egallash va amaliy harakatlarning usul va uslublari mavjud. Bularni bilish orqali o‘qituvchi ta’lim tarbiya jarayonini samarali boshqarishi mumkin. Shuning uchun o‘quv jarayonining hamma bosqichlarida o‘qituvchi yetakchilik va boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, o‘qitish jarayoni bilish faoliyatini muhim tarmog‘i sifatida qator vazifalarni bajaradi. Ya’ni:
- o‘quvchi va talabalarda bilim, ko‘nikma malakalarni hosil qiladi;
- ularning dunyo qarashini o‘stiradi;
- yoshlarning o‘qimishli, madaniyatli, tarbiyali bo‘lib yetishishlariga qobiliyat va iste’dodlarini o‘stirishga erishiladi.
Xullas, o‘qituvchi keng ko‘lamdagi didaktik bilimlarga, pedagogik mahoratga ega bo‘lishi lozim. Shundagina u zamon talabi darajasida ta’lim jarayonini tashkil qiladi va boshqaradi.
Tashxis - ta’lim oluvchilar xususiyatlarini va mavjud moddiy - texnik imkoniyatlarni o‘rganish. Bu maqsadni to‘g‘rilash zarurligiga va ularga erishish vositalarini tanlashga imkon beradi.
Bashorat qilish - o‘rnatilgan vaqt ichida mavjud sharoitlarda pedagogik va o‘quv faoliyati natijalarini oldindan ko‘rish.
Loyihalash - oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o‘rnatilgan vaqt mobaynida yo‘l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o‘quv axboroti va qaytar aloqani yetkazish vositasi va yo‘llarini aniqlash. Tashxis, bashorat qilish va loyihalash rejani ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Rejalashtirish - oldindagi o‘zaro bog‘liq pedagogik va o‘quv faoliyatining rejasini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. U texnologik xarita ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Tashkillashtirish - ta’lim beruvchi tomonidan talabalarni belgilangan ishga jalb qilish, belgilangan maqsadga erishishda ular bilan hamkorlik qilish.
Axborotli ta’minlash - o‘quv axboroti va qaytar aloqani yetkazib berishning yo‘l va vositalarini amalga oshirish. Bunda yig‘ilgan axborot jarayonining borishini tezkorlikda o‘zgartirishni, ta’sir ko‘rsatadigan rag‘batlantiruvchi omillarni, samarali vositalarni kiritishga imkon beradi.
Nazorat, baholash va o‘zgartirish kiritish - rivojlanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadigan rag‘batlantiruvchi omillarni yaratish, pedagogik ta’sir etish ob’ekti o‘zgarishini muvofiqlash.
Tugallangan jarayon tahlili- samarasizlikni, ularni paydo bo‘lish sababini aniqlash, kelgusi takror ishlab chiqiladigan davrda unga yo‘l qo‘ymaslik choralarini aniqlash.