Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари


Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishga bo‘lgan talablar



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə55/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

8.3.Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishga bo‘lgan talablar:
Dars, yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘qitishni tashkil etishning o‘zgarmas shakli emas. O‘quv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yo‘llarini izlaydi. Bu sohada turli xil ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilayotgan pedagogik o‘qishlarda o‘rtaga qo‘yilayotgan ilg‘or o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari diqqatga sazovordir.
Turli - tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi lozim:

  1. har bir jismoniy tarbiya dars ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo‘lmog‘i lozim.

  2. har bir jismoniy tarbiya dars mustahkam g‘oyaviy - siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim.

  3. har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog‘langan bo‘lmog‘i lozim.

  4. har bir jismoniy tarbiya darsi xilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmog‘i lozim.

  5. darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli foydalanmoq lozim.

  6. har bir dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi birligini ta’minlamog‘i lozim.

  7. darsga sinchiklab tayyorgarlik ko‘rish, darsda mehnatga bo‘lgan munosabatni vujudga keltirish, o‘qish vaqtida javobgarlikni his ettirish va ehtiyotkorlik muomalasini vujudga keltirish;

  8. darsda birgalikdagi faoliyatining muvaffaqqiyat sharti bo‘lgan mehnat intizomini saqlash;

  9. o‘rgatishni samaradorligi uchun zarur bo‘lgan o‘zaro munosabat, o‘zaro hurmatni yetik me’yorlarini saqlash;

  10. jihozlarga, asbob anjomlarga jamiyatni moddiy mulki ehtiyotkorlik bilan qarashga o‘rgatish;

  11. komandalarni benuqson bajarish, saflash va qayta saflash, jamoa faoliyatini muvaffaqqiyatli sharti ekanligini to‘g‘ri tushunish;

  12. zaruriy jihozlarni tayyorlash va ularni yig‘ishtirishda qatnashish, o‘z-o‘ziga xizmat qilishni kollektiv faoliyati sifatida qarash;

  13. yagona formani talab etish, o‘z ramziga ega bo‘lishlik vatanparvarlik va o‘z kollektivini yutuq va muvaffaqqiyatlarini his etishga o‘rgatish;

  14. o‘rtoqlari muvaffaqqiyatsizliklari ustidan kulishni qat’iyan taqiqlash

  15. darsda o‘quv materiallarining mazmuniga oid ko‘rsatmali qurollar, texnika vositalari va komp`yuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.

  16. jismoniy tarbiya darslarida mashg‘ulotini butun sinf bilan yoppasiga olib borish bilan har qaysi o‘quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinadi.

  17. har bir darsda mavzuning xarakteridan kelib chikib, xalqimizning boy pedagogik merosiga murojaat qilish va undan foydalanmoq imkoniyatini izlamoq lozim. Dars turlari va tuzilishi quyidagicha.Bir soatlik darsga mo‘ljallangan dastur materiallarining mazmunini bayon qilish uchun didaktik maqsad va talablarga muvofiq ravishda tashkil qilingan mashg‘ulot turi dars turlari deb yuritiladi. Ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlari quyidagilardir:


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin