Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə51/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Tashkiliy malakalar o‘qituvchining rejalashtirgan ishlari ( masalan, o‘qituvchi darajasining yaxshi konspektini tuzishi mumkin, lekin sinfda ishni yaxshi tashkil qila olmaganligi uchun darsni yomon o‘tkazishi mumkin. Talaba darsni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy bilimalartga ega bo‘lmasdan turib, o‘zining tashkilotchilik qobiliyatiga ko‘ra darsni yaxshi o‘tkazishi mumkin) amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchi pedagogik faoliyatning asosiy komponentlarini tushina borib, boshqarishni bilishi, maqsadlarni aniqlay olishi kerak.
Mahoratni kasbiy faoliyatni tashkil etishni yuqori saviyada amalga oshirilishini ta’minlaydigan shaxsiy kompleks xususiyatlar yig‘indisi degan tushuncha nuqtai nazaridan yondashishga harakat qilamiz. Bunday muhim xususiyatlarga faoliyatning shaxsning insonparvarlik yo‘nalishi kasbiy bilim ko‘nikma malakalari pedagogi qobiliyat, pedagogi texnika, pedagogi muloqot va pedagogi ijodiyot kiradi.
1.Shaxsning insonparvarlik yo‘nalishi O‘qituvchining professional jihatdan muhim bo‘lgan sifatlari kiradi. Ularga g‘oyaviy, siyosiy bunga o‘qituvchini dunyoqarashi, har bir o‘quvchining kelajagi uchun javobgarlik hissi kiradi.
O‘qituvchining axloqiy sifatlari: Xushmuomala insoniylik talabchanlik optimizm (yaxshi kayfiyat) kiradi.
Kommunikativ sifatlari: (muomila qila olish qobiliyati) odamlarga yaqinlik, dilkashlik , xushmuomalalilik, e’tiborlilik.
Pedagogik takt – bu mohir o‘qituvchi intelligentga xos bo‘lgan sifatlar, o‘qituvchi mahorati bir bo‘lagi hisoblanib, taktik bo‘lish har insonga axloqiy talabchanlik ayniqsa rivojlanuvchi shaxs bilan munosabatda bo‘luvchi pedagogga talabchan bo‘lishni taqozo etadi.
Pedagogik takt – o‘quvchilarga o‘qituvchining maqsadga muvofiq ta’sir me’yori, muomalaning samarali usulini qo‘llash ko‘nikmasidir. Takt o‘qituvchi uchun darsning barcha bosqichlarida zarur. Ayniqsa, o‘quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash vaqtida o‘qituvchi o‘zining xulqiga e’tibor berishi kerak. Bu o‘rinda takt avvalo, o‘quvchi javobini eshitishda namoyon bo‘lishi zarur.
Javoblarning mazmuni va shakliga o‘ta e’tibor va qiziqish bilan quloq solish, ma’lum qiyinchilik yuzaga kelganda esa pedagogi o‘zini tuta bilmog‘i lozim.
Hamma o‘quvchilar qaysi o‘qituvchi yaxshi bo‘lsa, odob bilan e’tibor berib eshitsa, o‘shanga javob berishni hohlaydi. Bu holatlarda tabassum, qarashlar, mimika, bosh qimirlatish bilan javoblarni quvvatlab turish, yo‘l-yo‘lakay izoh berish juda muhimdir.
Pedagogik takt o‘qituvchi hulqining ixcham, serma’no kasb etishini, ya’ni taktik yo‘lni ham hisobga oladi. Odatda o‘qituvchi bolalar oldida turli rollarda, ko‘rinishlarda chiqadi va u turli ohang, turli ko‘rinishlar bilan, taktik usullar orqali ta’sir ko‘rsatishni talab etadi.
Pedagogik takt mahorat bilan birga tarbiyalanadi va egallanadi. U o‘qituvchining ma’naviy yetuklik darajasi va maxsus bilimlarini egallash bo‘yicha hamda bolalar bilan muomala ko‘nikmalarini shakllantirishi yuzasidan o‘z ustida katta ishlar qilish natijasidir.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin