Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари


Jismoniy tarbiya va sport sohasida samarali pedagogik faoliyatning asosiy shartlari



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə74/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Jismoniy tarbiya va sport sohasida samarali pedagogik faoliyatning asosiy shartlari.
Quyida keltirilayotgan samarali pedagogik faoliyatning asosiy shartlari milliy an’ana va urf odatlarimizdan kelib chiqib, hozirgi global rivojlanish davrida yanada to‘ldirilib borilishi mumkin.

  1. Nutq malakasi va texnikasini o‘zlashtirish.

  2. Tushunarli, ta’sirchan fikr va his-tuyg‘ularni so‘zda aniq ifodalash.

  3. Mimik va pantomimik harakatlardan o‘z o‘rnida foydalanish.

  4. Ma’noli va ochiq chehrali nigoh bilan qarash.

  5. Hissiy psixik va tasodifiy holatlarda o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olish.

  6. Turli vaziyatlarda tarbiyachiga xos bo‘lgan ijodiy kayfiyatni boshqarish.

  7. Kulgi va tabassumda samimiylikni e’tirof etish.

  8. O‘quvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag‘batlantiruvchi munosabatda bo‘lish.

  9. Savodli va sof o‘zbek tilida so‘zlash.

  10. Aniq imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlata olish.

  11. Ijodiy pedagogik qobiliyatini qo‘llay bilish.

  12. Muosharat odobiga doimo rioya qilish.

O‘qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, Jismoniy tarbiya va sport sohasida samarali pedagogik faoliyatning asosiy omil va shartlari yetuk o‘qituvchi sifatida komil insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.


12.2. Jismoniy tarbiya va sport sohasida murabbiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari.
Bugungi kunga kelib jismoniy tarbiya va sport yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Trenerning faoliyati jismoniy tarbiya o‘qituvchining ishidan jiddiy farq qiladi. U o‘quvchilarining sport qobiliyatini aniqlash va rivojlantirishga, ularning “sportdagi hayot yo‘lini” oldindan aytib berishga qaratilgan. Sport mashg‘ulotida jismoniy tayyorgarlik, shuningdek sportchining sport-texnik, taktik va ma’naviy iroda tayyorgarligining amaliy qismlari eng ko‘p o‘rin olgandir.
Sportchi qanchalik yaxshi mashq ko‘rgan bo‘lsa, u muayyan ishni shunchalik samarali va mukammal bajaradi. Yetishib chiqqan yosh mutaxassisning kelajakdagi faoliyati bevosita albatta murabbiylik bilan bog‘liq bo‘ladi. Trener faoliyati o‘ziga yarasha bir qancha xususiyatlarga ega bo‘lib ularga amal qilish trener faoliyatining asosi hisoblanadi.
Murabbiy faoliyatining xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
Sportda motiv shug‘ullanuvchilar tomonidan sport faoliyatining ixtiyoriy ravishda tanlanishi va sportga ko‘ngilli bo‘lib kelish bilan belgilanadi. Murabbiy faoliyatida shug‘ullanuvchilar bilan hamkorlik aloqalarini to‘g‘ri belgilash muhim sanaladi.
Trenerdan har bir shug‘ullanuvchiga chiroyli va to‘g‘ri muomalada bo‘lish talab etiladi. Startdan oldingi holatni faqat sportchi emas balki trener ham boshidan kechiradi, shug‘ullanuvchilarning xatti-harakati va musobaqada ishtirok etishi ko‘p jihatdan trenerning musobaqa paytida o‘zining qanday tutushiga ham bog‘liq.
Murabbiy o‘quv-trenerovka mashg‘ulotlari vaqtida pedagogik jarayonga rahbarlik qilibgina qolmaydi, uning tarbiyaviy faoliyati bilan ham shug‘ullanadi. Murabbiy har bir tarbiyalanuvchini yaxshi biladi uning ma’naviy va jismoniy hayotidagi barcha tafsilotlarni tushunadi, uning organizmi holatini chuqur o‘rganadi hamda hayot, mehnat, dam olish tartibining tashkil etilishini diqqat bilan kuzatadi.
Ko‘pincha ularning sport jamoasiga birlashuvi muvaqqat xarakterda bo‘ladi. (Terma jamoa, o‘quv trenirovka yig‘ini va h.zo) Trenirovka yig‘inlarini o‘tkazish vaqtida jamoani vujudga keltirish murabbiy uchun ancha qiyin bo‘ladi, chunki yig‘inga sportchilar turli shaharlardan keladilar. Sport jamoasi va ayrim sportchilar faoliyatiga ko‘pincha murakkab musobaqalar sharoitida (sportchining axloqiy va jismoniy sifatlariga maksimal talabalar qo‘yildaigan bir paytda) boshchilik qilishga to‘g‘ri keladi. Bu davrdagi murabbiy ishining muvaffaqiyati pedagogik vositalarining xilma-xilligiga bog‘liq bo‘ladi. Murabbiy sportchilarning turli xil talablarini va ularning sport faoliyatida qatnashish sabablarini yaxshi bilishi kerak. Bu uning sportchilar bilan bo‘ladigan muomalasida o‘z nuqtai nazarini aniqlab olishiga va jamoasini boshqarishiga yordam beradi.
Ayni vaqtda, yosh sportchilar bilan shug‘ullanishning yillar davomida yuzaga kelgan amaliyoti ularning dastlabki motivlash sohalari bilan ziddiyatga kirishadi. Yo‘naltirilgan pedagogik ta’sir ostida bo‘lmagan bolalarda kurash bilan shug‘ullanish motivlari ham mustahkam bo‘lmaydi, o‘qish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar esa kattalar tomonidan rag‘batlantirishsiz, iroda kuchi bilan hali mustahkamlanmagan bo‘ladi. Shu sababli dastlabki va boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida bolalardagi yaqqol ko‘zga tashlanadigan faol harakatlanish, tengdoshlari va murabbiylari bilan muloqot qilish ehtiyojiga asoslangan holda qiziqish yana ham barqaror motivni rivojlantirishga urg‘u beriladi.
1. Murabbiy ayni vaqtda targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv-mashg‘ulot faoliyati bilan shug‘ullanib, bola va uning ota-onasiga muvofiq kun tartibiga rioya qilgan holda sport bilan shug‘ullanish zarurligini uqtirishi lozim.
2. Psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullari yordamida bolaning motivlash sohasini sport nuqtai nazaridan ahamiyatli yutuqlarga hozirlash hamda muntazam ravishda mashg‘ulotlarga va musobaqalarda ishtirok etishga barqaror qiziqishini saqlab qolish yo‘li bilan rivojlantiradi.
3. O‘quvchilar va ota-onalar orasida jismoniy tarbiyani targ‘ib qilish, sport mashg‘ulotlarining organizmga hamda shaxsni shakllantirishga ta’siri haqida ularda mavjud bilimlarni oshirish bo‘yicha turli shakldagi ma’rifiy ishlarni olib borish, bu, o‘z navbatida, murabbiyni o‘zining pedagogika va psixologiya sohasidagi bilimlarini oshirishga undaydi.
4. Murabbiyning ota-onalarda o‘z farzandlarining sport bilan shug‘ullanishiga qiziqishini oshirish, ularning qobiliyati va sport sohasidagi istiqbolidan qat’i nazar, sport maktabi tarkibida mustahkamlanib qolishiga intilishini kuchaytirish maqsadida ta’sir ko‘rsata olish mahoratini talab qiladi.
5.Bolalar va o‘smirlar sport maktablari direktorlari o‘z faoliyatlarini takomillashtirish uchun eng avvalo quyidagilarni aniqlab olishlari kerak: - murabbiy mahorati darajasi hamda ma’muriyatning o‘quv-mashg‘ulot jarayoni qanday borayotganligini sifatli nazorat qilib borish;
- murabbiy-o‘qituvchilar tarkibining bilim darajasini oshirish uchun ilmiy-uslubiy va nazariy seminarlarni tashkil etib, o‘tkazish;
- murabbiylar tarkibi va sportchilar uchun maxsus adabiyotlar hamda zarur ilmiy-uslubiy ishlanmalarni sotib olish;
- mashg‘ulot jarayoni va o‘quv-mashg‘ulot ishlarini tashkil etishga ijodiy yondashuvni rag‘batlantirib borish;
- maktab faoliyati amaliyotiga har bir sportchining alohida varaqasini joriy etib, majburiy ravishda testlash va saralashdan o‘tkazish;
- ota-onalar va sport maktabi ma’muriyati ishtirokida maktab miqyosida tashkil etiladigan musobaqalar hamda sport bayramlari miqdorini ko‘paytirish;
- UJT va texnik tayyorgarlik testlari bo‘yicha tayyorgarlikning haqiqiy darajasini hisobga olgan holda shug‘ullanuvchilar tarkibining barqarorligi mezoni asosida eng yaxshi murabbiylarni rag‘batlantirish.
6. Mashg‘ulotlarning sifat ko‘rsatkichlariga, guruhlarning ta’rif ma’lumotlariga muvofiq kelishiga murabbiylarning ko‘proq e’tibor qaratishini ta’minlash.
7. Murabbiylar tomonidan o‘quv-mashg‘ulot ishlarining o‘tkazilishi, bolalar va ularning ota-onalari orasida ma’rifiy tadbirlarning olib borilishi hamda ularning nazariy bilimlari kengaytirilishiga alohida e’tibor berish.
8. Murabbiy xodimlar orasida ularning kasbiy-pedagogik faoliyati ob’ektiv ko‘rsatkichlariga tayangan sog‘lom raqobat bo‘lishi zarur. Murabbiy kasbiga qiziqish uyg‘otish uchun badan qizdirish mashqlarini o‘tkazish, qiziqarli jismoniy mashqlar va o‘yinlarni tuzish, shuningdek, sport bayramlari va musobaqalarni (xususan, kichik guruhlarning kurashchilari bilan), qoloq kichkintoy shogird bilan alohida mashg‘ulotlarni o‘tkazishda yordamlashish amaliyotini qo‘llash ancha foyda berishi mumkin.
9. Masalan, majmuali sport maktabi ma’muriyati turli bo‘linmalar murabbiylarining hamkorlikdagi ishlarini amaliyotga tadbiq etishi zarur. Bu jihatdan sport bayramlari va harakatli hamda sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar, boshqa turdagi tadbirlarni birgalikda uyushtirish tajribasi juda foydalidir.
10. Farzandlarining sport bilan shug‘ullanishlariga ota-onalarning qiziqishi bolaning jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlari o‘sib borayotganligidan ular qay darajada xabardorligiga bog‘liq (muvaffaqiyatning bosh mezoni bo‘lmish muayyan natijaga emas). Shuning uchun o‘quvchilarning alohida kundalik tutishlari va unga murabbiyning har haftada test natijalarini kiritib borishi maqsadga muvofiq sanaladi. Umumjismoniy mashqlarni bajarish vaqtigina emas, balki ularning natijalari ham sinov tarkibiga kiradi. Bolaning kundaligidagi ota-onalar imzosi farzandining o‘zini jismonan takomillashtirish hamda murabbiy talablarini bajarish yo‘lidagi yutuqlariga ularning yetarli e’tiboridan dalolatdir. Ya’ni ota-onalar sport kurashi bilan shug‘ullanish natijasida bolaning jismoniy rivojlanishida bo‘layotgan ijobiy siljishlarni, zarur ko‘nikmalar egallanib borayotganligini ko‘rishlari shart. Kurash bilan shug‘ullanishning foydasi, bolaning sport istiqboli va o‘z fe’l-atvorini shakllantirish ustida ishlashda erishayotgan muvaffaqiyatlari to‘g‘risidagi muntazam suhbatlar farzandlarining sportga qatnashishidan va buni yana davom ettirishidan ota-onalarning manfaatdorligini oshirishga yordam beradi.
11. Nazariy bilimlarni oshirib borish jismoniy tarbiya va mashg‘ulot usullari haqida, shaxsning mutanosib rivojlanishida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Mavzuviy suhbatlar, hikoyalar, ma’ruzalar, sport faxriylari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, hududning etakchi sportchilari qatnashgan musobaqalarni borib ko‘rish, alohida kundalik yuritishni talab qilish, mas’uliyatli topshiriqlar berish, sport musobaqalariga hakamlik qilish ko‘nikmalarini o‘rgatish kabi ishlarni tashkil etishning vosita va shakllari o‘quvchilarda mustaqillikni rivojlantirishga, fikr doirasini kengaytirish hamda ijtimoiy moslashuvchanlikni oshirishga yordam beradi. Murabbiyning ota-onalarni pedagogik jarayonga jalb etishi, jumladan, ularning sport va jismoniy tarbiya sohasidagi bilimlarini oshirish borasidagi faoliyatini kuchaytirishi alohida ahamiyatga ega. O‘tkazilayotgan ishlarning samaradorligi mezoni sifatida bolalarning mashg‘ulotlarga qatnashishi hamda sportni tashlab ketishi ko‘rsatkichlarini qabul qilish mumkin.
12.Murabbiy har bir jismoniy normativlarni bajara olish va ko‘rsata olish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Murabbiy tomonidan normativlarni bajara olish shug‘ullanuvchilar oldida uning obro‘si va ishonchini orttiradi.
13.Kasbiy nutq.Murabbiy tomonidan bir paytning o‘zida harakat uning bajarilishining ko‘rsatilishi va tushuntirilishi muhim sanaladi. Murabbiy harakat jarayonida ovoz tembirining harakatlanishi buzilmasligi kerak. Murabbiy tomonidan vaqtning hisobga olinishi ya’ni jismoniy harakatning ko‘satilishida aniq va lo‘nda tushuntira olish.
14.Murabbiyning noverbal muloqotining shakllanishi undagi mimika, pantomimika, jestlarning to‘g‘ri amalga oshirilishi bilan belgilanadi.
15.Psixik ruhiy holatni saqlay olish imkoniyatiga ega bo‘lish lozim. Murabbiy bir vaqtning o‘zida sport zalida, sport maydonchasida, basseynda faoliyat olib borishi jarayonida sport zalidagi shovqinni shug‘ullanuvchilarning baland ovozini qabul qila olishi ruhiy jihatdan shu jarayonga tayyor bo‘lishi kerak.
16. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining yillik ish rejasida sport zali va sport maydonida faoliyat olib borishi zaldagi holat, tozalik, atrof muhitda obi havoning ta’sirida faoliyat olib borish jarayonga doimo tayyor turish muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin