Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари


Mavzu yuzasidan tayanch iboralar



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə88/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Mavzu yuzasidan tayanch iboralar
Ta’lim tizimi, sportnitashkil etish, milliy sport turlari, sport unvoni, sport toifasi, huquqiy me’yoriy hujjatlar, rejalashtirish, nazorat, zamonaviy dars, nazariy tayyorgarlik, jismoniy tayyorgarlik, joriy nazorat,natijaviy nazorat.
Nazorat savollari:



  1. Ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish nimalardan iborat?

  2. Jismoniy tarbiya jarayonini rejalashtirish va tashkil etish nimalardan iborat?

  3. Jismoniy tarbiya jarayonini nazorat qilish turlarini ta’riflang?

  4. Natijaviy nazorat deganda nima tushuniladi ?



16-MAVZU. YOSH DAVRLARDA JISMONIY TARBIYASI VA UNING ROLI.



    1. Shaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlar

Tarbiyalanuvchilar kattalarga ko‘ra o‘zgacharoq fikr yuritishlari, his qilishlari va yurish-turishlari hammaga ma’lum. Tarbiyalanuvchidagi o‘sish va rivojlanishning yosh bosqichlari masalasi yuzaki qarashda oddiy masala bo‘lib ko‘rinadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu jarayon bir tekisda bormay, sakrashlar bilan notekis holda borar ekan, har qaysi yosh davrining o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari bor. Anatomiya, fiziologiya va psixologiya fanlari sohasida tananing ayrim organlarining rivojlanish qonuniyatlarini ham bu organlar butun sistemasining faoliyatini ham ochib beruvchi g‘oyat ko‘p faktik material to‘playdi. Tadqiqotchilar tananing ayrim organlari va qismlari ko‘pincha bir-biridan o‘zib ketib, o‘zaro kelisha olmay o‘sishi va rivojlanishini ko‘rsatdi. Bu hol shaxsning yoshini davrlarga bo‘lishda alohida qiyinchiliklar tug‘diradi.
Tarbiyachi albatta tarbiyalanuvchini aqlli va odobli qilib tarbiyalashi uchun bor kuch va imkoniyatni ishga soladi.Tarbiya jarayoni haqidagi tasavvurda tarbiyaning inson shaxsini shakllantirishda katta imkoniyatlar va buyuk roli borligini tasdiqlovchi to‘g‘ri fikr bayon etilgan. Ammo bu tasavvur aniq emas. U tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatiladigan ob’ektning o‘ziga xos xususiyatini, ya’ni uning rivojlanayotgan, jonli mavjudod ekanligi e’tiborga olinmaydi. Shaxs doimo tarbiya jarayonning faol ishtirokchisidir. U pedagogik ta’sirlarni yaxshi qabul qilishi mumkin, biroq ularga qarshilik ko‘rsatishi, ularni qabul qilmasligi ham mumkin. Shaxs tarbiyachining maslahati, iltimosi va topshirig‘ini bajarishni xohlaydi. Tarbiyalanuvchi pedagogning uyga bergan darsini tayyorlashga moyil bo‘lishi kerak. Ularning faoliyati asosan beixtiyor faoliyatdir yoki tabiiy yoki ijtimoiy muhit ta’siriga berilgan javobdir. O‘smirlik davrida insonning faoliyatiga ko‘p darajada ichki sabablar tufayli sodir bo‘ladi. Shunday qilib shaxs rivojlanishidagi uning intellektual qobiliyatlari va ijtimoiy ongi o‘sishidagi muayyan bosqichda shaxs o‘zi uchun tashqi bo‘lgan maqsadlarnigina emas, balki o‘z shaxsiy tarbiyasining maqsadini ham anglay boshlaydi. U o‘ziga ob’ekt deb qarashga o‘tadi. Shaxsning ichki sabablari shaxsning o‘z nuqsonlarini yo‘qotish va eng yaxshi insoniy fazilatlarni hosil qilish vazifasini o‘z oldiga qo‘yishining asosidir. Shaxsning o‘z bilim va malakasini oshirishi, o‘zini-o‘zi tarbiyalashi uning ob’ektiv maqsadni o‘z faoliyatining sub’ektiv zarur motivi deb anglashi va qabul qilishdan boshlanadi. Shaxs o‘z xulq-atvori yoki faoliyatini sub’ektiv ravishda muayyan maqsadga qaratishi ifodasini ongli suratda ishga soladi, ertangi kunning rejasini tuzish masalasini qo‘yadi. Bu maqsadning amalga oshirilishida ob’ektiv va sub’ektiv qiyinchiliklar yuz berishi muqarrardir.
Tarbiya san’ati shaxsda o‘zini - o‘zi takomillashtirishga intilishini mumkin qadar ertaroq uyg‘otish va unga o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirish yo‘lini ko‘rsatib, yordam berishdan iboratdir
Shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan biri uning yoshiga bog‘liq bo‘lgan hususiyatlaridir. Chunki taraqqiyotning har bir boshqichi o‘zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklar va o‘zgarishlariga ega.




    1. Yüklə 1,13 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin