Boshqaruv - bu tartibga solish darajasini oshirish orqali ijtimoiy tizim faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan, faoliyatning maxsus shakli.
Boshqaruv jarayonining mohiyati maqsad - natijani mos kelish yo‘nalishi bo‘yicha harakatni yo‘lga solishdan iborat bo‘ladi.
Pedagogning boshqaruv mahorati bevosita kasbiy - pedagogik faoliyatda ko‘rinadi. Shu sababli u pedagogik jarayonning umumiy mohiyatini chuqur anglay olishi, bu jarayonda ustuvor ahamiyat kasb etadigan qonuniyatlardan xabardor bo‘lishi, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish mexanizmlarini puxta egallay bilishi lozim. Ta’lim jarayonining faol ishtirokichisi bo‘lgan pedagogning pedagogik mahorati uning shaxsi, ish tajribasi, fuqarolik maqomi, mutaxassis sifatidagi mavqei, u tomonidan pedagogik texnikaning yetarli darajada egallanganligi, kasbiy faoliyatning individualligidan dalolat beradi. Pedagogik mahorat yaxlit tizim bo‘lib, uning tarkibida bir qator sifatlar ko‘zga tashlanadi. Pedagogik jarayonni boshqaruvida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trener pedagog quyidagi pedagogik texnikaning tarkibiy qismlarini egallashi lozim.
Jumladan
Pedagogik bilimdonlik
Pedagogik odob
Pedagogik qobiliyat
Pedagogik muloqot madaniyati
Pedagogik relaksatsiya
Kommunikativ ta’sir ko‘rsatish qobiliyati
Pedagogik takt
Nutq texnikasi
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari
Pedagogik tajriba
Pedagogik ijodkorlik
Pedagogik madaniyat
Pedagogikada boshqaruv jarayonida o‘quvchi shaxsi bilan muloqoti boshqaruvda muhim o‘rin tutadi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trenerning shug‘ullanuvchi bilan muloqoti
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trenerning guruh shug‘ullanuvchilari bilan muloqoti
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trenerning shug‘ullanuvchi bilan muloqoti orqali jamoa bilan muloqoti
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trenerning jamoa bilan muloqoti orqali shug‘ullanuvchi bilan muloqoti
Pedagogik muloqot boshqaruvda ruhiy-psixologik ta’sir kuchiga ega. Shu sababli uni tashkil etishda muloqot jarayonining ijobiy bo‘lishini ta’minlash pedagogning zimmasiga katta mas’uliyatni yuklaydi. Agarda to‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik muloqot talabada qo‘rquvning yuzaga kelishi, ishonchsizlikning tug‘ilishi, diqqat, xotira va ish qobiliyatining susayishi, nutq me’yorining buzilishi kabilarga sabab bo‘lsa, aksincha, nazariy-pedagogik va amaliy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan muloqot yuqoridagi holatlarning aksini keltirib chiqaradi. Natijada shug‘ullanuvchida o‘qishga va mustaqil o‘rganishga, fikrlashga bo‘lgan qiziqish ortadi.
Ta’lim jarayonida o‘qitish rejasini tuzishning har bosqichida o‘qituvchining boshqaruv harakatlarini amalga oshirish ham muhimdir. Avvalo o‘quv jarayonini boshqarishda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan maqsadning belgilanishi va bajarilishi asosiy mezon sanaladi.
Maqsadni belgilash - didaktik vazifalarni aniqlash, o‘quv natijalarini shakllantirish. Bu pedagogik faoliyatni asosiy omili bo‘lib, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining birgalikdagi faoliyati harakatini umumiy natijaga yo‘naltiradi.
O‘qituvchi o‘quvchi - talabaning bilish faoliyatlarini tashkil qilish maqsadida o‘quv ishlarini olib borar ekan ta’lim jarayoni, ya’ni bilim berish orqali uch maqsadni hal qilishi kerak. Bu maqsadlar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini birlashtiradi.