Kommunikativ malakalar (didaktik va notiqlikni qo‘shgan holda) kommunikativ malakalar o‘qituvchining o‘quvchilari, hamkasblari, ota-onalar bilan muloqot qilishi bilan bog‘liq. Ularni uch guruhga bo‘lish mumkin:
a)shaxsiy komunikativ malakalar - o‘qituvchining kishilar bilan muloqotga kirishish ish va shaxsiy munosabatlarni o‘rnatish malakasida ifodalanadi (o‘qituvchining tashkilotchilik imkoniyatlariga bog‘liq);
b)didaktik malakalar o‘qituvchining o‘quv materilani o‘quvchilar ongiga aniq va tushunarli tarzda yetkazib berish malakasiga bog‘liq (jisminiy tarbiya o‘qituvchilari har doim ham bu ishni uddalay olmaydilar. Ko‘pincha qiyinchiliklarga duch keladilar: o‘qituvchi jismoniy mashqlar haqida so‘zlab berish kerakligi haqida bilmaydi; bilganda ham uni qay tarzda yetkazib berishni bilmaydi; yoki xatoni qanday tuzatish kerakligini tushuntirib berolmaydi);
d)notiqlik malakasi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi uchun eng avvalo ma’naviy-ma’rifiy funksiyani amalga oshirishi uchun kerak. Buning uchun o‘qituvchi katta eruditsiyaga va nutq madaniyatiga ega bo‘lishi lozim.
g)gnostik malakalar ( perseptivni qo‘shgan holda) Gnostik malakalar o‘qituvchining alohida o‘quvchilarni hamda jamoani bilib olishi bilan, pedagogi vaziyatlarni va o‘z faoliyatini tahlil qila olishi bilan bog‘liq. Gnostik malakalar idrok etish jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq va perseptiv malakalarga asoslanadi, ya’ni o‘qituvchining kuzatish, nazorat qilish, mashqlarni bajarishda xatolarni to‘g‘irlash malakasida ko‘rinadi (gnostik malakalarga o‘quv - uslubiy va ilmiy adabiyotlardan foydalanish malakasi, elementar (oddiy) tadqiqotlar o‘tkazish va ularning natijasini tahlil qilish malakasi, o‘quvchilarni jismonan rivojlantirish metodikasiga yangiliklar kiritish kiradi).
d)harakatchanlik malakalari ( amaliyotni qo‘shgan holda) harakatchanlik malakalari eng avvalo o‘qituvchining jismoniy mashqlarini bajarish texnikasida aks etadi, mashqlarni to‘g‘ri ko‘rsatib berish ko‘pincha o‘quvchilarga ta’lim berish samaradorligii belgilab beradi. Harakatchanlik malakalariga ko‘pchilik amaliy ko‘nikmalar kiradi, ular sport uskunalari va anjomlarini tuzatishda ko‘rinadi. Malakaning har biri jismoniy tarbiya o‘qituvchisining bir yo‘la bir necha funksiyani bajarishni ta’minlaydi.