Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари


O‘qituvchining eruditsiyasi-



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə50/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

O‘qituvchining eruditsiyasi- umumiy va maxsus bilimlardan tashkil topadi.
Umumiy bilimlar -(umumsiyosiy, adabiyot, san’at, tarix va h.k) o‘qituvchining dunyoqarashi va umumiy madaniyatini bildiradi.
Maxsus bilimlar- o‘qituvchi uchun o‘z jismoniy tarbiya pedagogi faoliyatini amalga oshirish uchun kerak (anatomiya, fiziologiya, psixologiya, pedagogika, maxsus fanlar- futbol, basketbol va boshqalar bo‘yicha muammolar).
Bilimlar faqat kitob va jurnallar, hamda boshqa pedagoglarning tajribasidan olinishi kerak emas, balki o‘qituvchi tomonidan o‘z o‘quvchilarini ularning fe’l-atvori, qobiliyati, layoqati, jismoniy rivojlanishi darajasini o‘rganish jarayonida orttirilgan bilimlar juda muhim.
K.D Ushinskiy ( buyuk rus pedagogi): “Insonni har tomonlama shakllantirish uchun uni har tomonlama bilish zarur” degan edi.
O‘qituvchi egallagan maxsus bilimlarni nazariy, amaliy va uslubiy bilimlarga bo‘lish mumkin.
Nazariy bilimlar- jismoniy tarbiya tarixi, odam organizmining ishlash qonuniyatlari tarbiya va ta’lim tamoyillari va boshqalar
Amaliy bilimlar - avvalo u yoki bu mashqni bajarish uchun kerakli bilimlardir.
Uslubiy bilimlar – bu boshqalarni qanday o‘rgatish bo‘yicha bilimlar ya’ni mashqni shaxsan bajarish emas balki bu mashqlarni o‘quvchilar tomonidan bajarilishidir.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining malakasi quyidagilar:
Malaka- bu alohida harakat yoki butun bir faoliyatni qoidalar va faoliyat maqsadiga muvofiq ravishda bajarish usullarini amaliy egallash.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining malakasi konstruktiv, tashkilotchilik komunikativ (didaktik va notiqlikni qo‘shgan holda), gnostik (perseptivni qo‘shgan holda), harakatchanlik (amaliy faoliyatni qoshgan holda) malakalariga bo‘linadi.
Konstruktiv malakalar o‘qituvchiga o‘z faoliyatini rejalashtirishga yordam beradi. Ularga o‘quv materialini tanlash va tashkil etish malakasi, perseptiv (kelajak) va doimiy rejalashtirishni amalga oshirish malakasi,sport anjomlari va asbob-uskunalarini olish va ta’mirlash malakasi kiradi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin