10-MAVZU. SHAXSNI TARBIYALASH VA SHAKLLANISHIGA SPORT JAMOASINING TA’SIRI.
10.1.Sport guruhi, jamoasi, komandasi haqida umumiy tushunchalar.
Ijtimoiy psixologiyada guruh tushunchasi eng umumiy hisoblanadi. Guruh deganda jamiyatning ijtimoiy tuzilishini tashkil etuvchi element ham qanday odamlar to‘plami, ularning har qanday birlashmalari nazarda tutiladi. Guruhlarning turlaridan birini sport guruhlari tashkil etadi, bu guruhda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi odamlar birlashadilar.
Sport guruhlari mamlakatimiz hayotida katta o‘rin egallaydi. Ularga ko‘plab turli yoshdagi sport bilan shug‘ullanuvchi odamlar jalb etilgan. Sport guruhlari boshqa guruhlar kabi “shaxs - jamiyat” tizimida oraliq bir qismni tashkil etadi. Ular sportchining mikromuhitini tashkil etadi. Ularning dinamikasi qonuniyatlari jamiyatning sinfli tuzilishi va undagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi.
Sport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fizkul`turachilar yoki sportchi-razryadchilarini birlashtiruvchi sport komandasi sport guruhlari turlaridan biridir. Sport komandalarining turlari juda katta – mahalla komanlaridan tortib mamlakati va olimpiya terma komandalarigacha.
Ijtimoiy-psixologik turlardan kelib chiqib sport komandasi kichik tashkiliy guruhga kiradi. U unga ko‘p bo‘lmagan sonli sportchilarni (ikki kishidan bir necha o‘nlargacha) qamrab oluvchi ijtimoiy jamoadan iborat. Uning hamma a’zolari o‘rtasida sport faoliyati jarayonida real o‘zaro aloqalar va munosabatlar mavjud bo‘ladi. Sport komandasi odatda sportchilarni ixtiyoriy birlashtiradi: ularning hammasi sport mashg‘ulotlaridan tashqari faoliyat boshqa turlari bilan mashg‘ullar (mehnat, o‘qish vash u kabilar).
Sport komandasi har qanday kichik uyushgan guruh sifatida – bu uning a’zolari tashqi birlashishlari emas, balki yagona ijtimoiy organizmdir. Unda turli xildagi ijtimoiy-psixologik hodisalar yuzaga keladi, ularga faqatgina komanda sabab bo‘lishi mumkin. Komandani tashkil etuvchi sportchilar doim uning boshqa a’zolarining ta’sirlarini his etadilar va shuning uchun guruhda o‘zlarini boshqacha tutadilar. Sport komandasi sportchilarning intellektual, emotsional va irodaviy faolliklariga, ularning qarashlariga, ishonchlariga, xulqlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Sport komandasining rivojlanishi. Sport komandasining hayoti asosiy qonuni uning dinamikasi hisoblanadi. Har qanday sport komandasi yoshiga va biografiyasiga ega. Komanda tashkil topadigan kun va u tarqalib ketadigan kun bo‘ladi.
Sport komandasining rivojlanishi yaqqol ifodalangan xususiyati – ularning tartiblari muntazam yangilanib borishi hisoblanadi. Bu ba’zan komandada kuchlar dinamik tengligini keskin og‘irlashtirishi mumkin (yangi kelganlarning komandada o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari unchalik oson emas). Kuchlarni tengligini saqlab qolishda, ko‘proq uni tiklashda yangilarga sport tajribasini, an’analarini, munosabatlar usullarini, ma’naviy qoidalarini yetkazishni ta’minlovchi komandaning doimiy qismi asosiy rolni o‘ynaydi. Sport komandasining rivojlanishi turli xildagi yo‘naltirilgan tashkiliy va ideologik tashqi ta’sirlar va sportchilar faoliyati hamda munosabatlarida yuzaga keladigan ichki jarayonlar bilan ob’ektiv mavjud jamiyat qonunlari bo‘yicha boradi. Ijtimoiy rivojlanishi darajasi bo‘yicha sport komandalari boshqa kichik guruhlar kabi bir xilda emas. Hamkorlikdagi faoliyati, uning g‘oyaviy yo‘nalganligi, maqsadlari, prinsiplari, ahamiyati, guruhning ichki bardamligiga qarab ijtimoiy psixologiyada quyidagi guruhlarni ajratish qabul qilingan: assotsiatsiya, kooperatsiya, jamoa va korporatsiya. Bu ajratishlar sport komanlari uchun ham mos keladi.
Komanda-korporatsiya faoliyati yo‘nalishi va mazmuni bo‘yicha hatto uning a’zolari o‘rtasidagi ichki bardamlikka qaramay asotsionaldir. Assotsiatsiya kooperatsiya va jamoa komandalari uchun guruhning ichki birligi turli darajada bo‘lishi bilan faoliyati ijtimoiy qimmatli mazmuni xosdir. Komanda-assotsiatsiya darajasida hamkorlikda harakat qilish talablari xali yo‘q: guruhning faoliyati amalga oshirilsa ham, uning a’zolari bir-birlarini yaxshi bilmaydilar, o‘zaro yordamlar kam uchraydi va tasodifiydir. Komanda-kooperatsiyada harakatlari birligi va una intilish, hamkorlik, o‘zar bir-birini tushinish va o‘zaro yordam ancha yaqqol ifodaga ega.
Sport komandasiga jamoa sifatida bir qator xususiyatlar xosdir. Sport komandasining jamoa sifatida farq qilinadigan xususiyatlari quyidagilardan iborat: butun komanda uchun yagona ijtimoiy ahamiyatli maqsadlar, yuksak ma’naviy, maqsadlarga mos motivlari, uning a’zolarining mana shu maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy hamkorlikdagi harakatlari.
Umumiy, asosiy maqsadlari – bu sportchilar shaxsini shakllantirish – jismoniy va ma’naviy kuchlarini barkamol rivojlantirish bilan jamoa a’zolarini shakllantirish, mehnatga, ijtimoiy faoliyatga, tanlagan sport turida mahoratini takomillashtirishga tayyorlash, sport musobaqalariga maxsus tayyorlash. Mana shu maqsadlarni anglab yetish komanda a’zolarining hamkorlikdagi kuchlarini texnik, taktik, jismoniy, psixologik tayyorgarligini takomillashtirishga va musobaqalashish kurashida muvaffaqiyatga erishishga yo‘naltiradi. Aniq maqsadlari va vazifalari turli-tumandir va har doim sportchilar hamda komandaning real imkoniyatlaridan kelib chiqadi.
Raqibning kuchliligiga qarab murabbiy, misol uchun, g‘alaba qozonish yoki kuchli raqib bilan o‘ynash mahoratini tekshirib ko‘rish masalasini qo‘yishi mumkin.
Komandaning birlashishiga, uning rivojlanishiga komandani shay bo‘lishi, o‘z kuchini ayamaslikka yo‘naltirish uning rivojlanishiga, birlashishiga yordam beradi.
O‘zaro bog‘liqlikda faoliyat xos bo‘lgan sport turlarida umumkomanda maqsadi birlashtiruvchi ahamiyati ayniqsa muhimdir.
Lekin sportning boshqa turlarida ham sportchilar hammasi umumiy maqsadga erishishga intilganida komanda g‘alabasi mumkin bo‘ladi. Sportchilarning harakatlari individual bo‘lishiga qaramay, umumiy vaziyat, komanda a’zolari kayfiyati, do‘stona qo‘llab-quvvatlash, kuchlarining birligi maqsadga erishishga yordam beradi. Bu shaxsiy-komandali musobaqalarda juda oson namoyon bo‘ladi. O‘zining rivojlanishida jamoatchilik darajasiga erishgan komandaning hamma a’zolari uchun motivlari birligi maqsadga muvofiq harakatlari xosdir (g‘alabani ta’minlash xissi, o‘quv sinfi oldidagi, sport jamoasi, o‘rtoqlari, mamlakat oldidagi burchini his etish), lekin u jamoaning ijtimoiy ahamiyatli motivlari bilan ham mos keladi. Rivojlanishi darajasi past bo‘lgan sport komandalarida kolliziya bo‘lishi mumkin, bunda ijtimoiy xususiyatga ega maqsadga intilish ortida sportchida faqat g‘arazli motivatsiyasi: hammadan ajralib turish, maqtanish, manfaatparastlik turadi.
Dostları ilə paylaş: |