Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə64/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Avtokratik rahbarlik murabbiyning o‘z tajribasi asosida, komanda a’zolari fikrlarini deyarli hisobga olmay shaxsan bir o‘zining qaror qabul qilishida quriladi. Murabbiy ish rejalari, dasturlarini, topshiriqlarni keng muhokama qilishga intilmaydi, u sportchilarga juda kam ma’lumotlar yetkazadi, guruh fikriga quloq solmaydi. Ular faqat buyruqni bajarishlari kerak deb hisoblaydi. Bunday murabbiy e’tirozlarni yomon ko‘radi, qat’iy intizom va so‘zsiz itoatkorlikni yaxshi ko‘radi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish metodlarini afzal ko‘radi: ko‘rsatmalar, buyruqlar, komanda, talab, tanbeh, murabbiyning sportchilar bilan munosabatlari ularning tashabbuslari va mustaqilliklarini yo‘qotishga asoslangan. Ular o‘rtasida haqiqiy o‘zaro aloqalar mavjud emas.
Demokratik rahbarlik usuli rejalarni ishlab chiqishga va qaror qabul qilishga komanda a’zolari keng jalb etilishlarini ko‘zda tutadi. Muhokama qilish, kelishish va hamkorlik jamoali shakllaridan ancha to‘pa foydalaniladi. Murabbiy ta’sir ko‘rsatish yordamchi usullarini afzal ko‘radi: nasihat, taxmin, xushmuomala suhbat. Murabbiyning sportchilar bilan munosabatlari hurmat, ishonch, o‘zaro bir-birini tushunishga asoslanadi. Demokratik usulda sportchilarning mustaqilliklari, ularning faoliyatdan qoniqishlari, komandada o‘zini o‘zi boshqarish turli shakllarini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Lekin shu bilan bir vaqtda murabbiy hech qachon sportchilar talablari bo‘yicha ish qilmaydi.
Liberal rahbarlik usuli murabbiyning komanda faoliyatiga ozgina aralashishi bilan ifodalanadi. Sportchilar ko‘p jihatdan o‘zlari istaganlarini qiladilar, murabbiy shunchaki ishtirok etadi. Mashqlarni, ish hajmini tanlash erkinligini beradi. U shug‘ullanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarda ilg‘or pozitsiyani egallaymaydi. Uning tanbehi, maqtovi, takliflari ko‘pincha rasmiy ahamiyatga ega. Bunday rahbarlik birlashtirishda, uning amaliy sport faoliyatida biror-bir yuqori natijalarga erishish juda qiyin. Murabbiylik amaliyotida bu uchta turlari aniq ifoda etilgan hamda oraliq, aralash usullari ham uchrab turadi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin