Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари


Taxminiy tayyorgarlik bosqichi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə84/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Taxminiy tayyorgarlik bosqichi
Taxminiy tayyorgarlik o‘z ichiga o‘tgan yilga ishlarning natijasini tashkil qilish, kamchiliklarni aniqlash hamda kelgusi yilga rejalarni tuzishdan iborat.
Bu bosqichning maqsadi o‘quv maqsadlar, sistemasiga aniqlik kiritish va manbalarni o‘quv yili davomida o‘rnini belgilab berishdir. Bir vaqtning o‘zida o‘rganilgan materiallarni mustahkamlash sistemasini ko‘rib chiqishdan iborat.
Darsga bevosita tayyorgarlik ko‘rish
Bu bosqichda o‘qituvchi mazmunli, tashkiliy, metodik va darsni moddiy ta’minlovchi katta hajmdagi ishlarni bajaradi:
Dars vazifasini aniqlashtiradi.
Eslatamiz, o‘quv materiallarini rejalashtirganda dars vazifasi ifodalangan bo‘lishi kerak, ammo ish jarayonida o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan pedagogik faoliyatni me’yori, aniq vazifalari o‘zlashtirib olishda juda yuqori yoki juda past bo‘lishi mumkin. Darsga bevosita tayyorgarlik ko‘rish vazifalari aniqlashdan boshlanadi.
Belgilangan vazifalarni hal etish uchun manba tanlaydi.
Bu holatda bir xil bo‘lgan vazifalarni har xil manbalar bilan hal etish mumkinligi hisobga olinadi. Ammo aniq voqea uchun o‘rgatishni har xil bosqichlarida har xil sharoitdagi manbalar har xil samaradorlikka ega bo‘ladi. O‘qituvchi eng maqsadga muvofiq bo‘lgan qator vazifalarni hal etish imkonini beradigan va qo‘yilgan maqsadga o‘quvchilarni qisqa yo‘l bilan olib boradigan usulni tanlashi kerak.
Tashkiliy-metodik ta’minlashni amalga oshiradi.
Ya’ni o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish usuli va usulini axtaradi, ularning joylashishi va almashishini aniqlaydi, snaryadlarni o‘rnatish va yig‘ishtirish, asbob – anjomlarni tarqatish va to‘plash darsning qimmatli sekundlarini iqtisod qiladi. Bir vaqtning o‘zida jarohatlanishning oldini olish eslatiladi, o‘quvchilarning faolligini oshirish usullarini aniqlanadi, o‘rgatishning unumli usuli belgilanadi, tayyorlanayotgan darsni sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy ta’siri aniqlanadi.
Darsga tayyorgarlik harakatini amalga oshiradi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga taklif etiladigan hamma mashqlarni, maktab dasturida ko‘rsatilgan kontrol-normativ talarlarni amalda ko‘rsata bilishi kerak. Dars oldindan u yangi tayyorlov va yordamchi mashqlarni bajarib ko‘rishi, bajarishga tayyor turishi yoki mashqni bajarilishini imitatsiya, o‘xshatish qilishi kerak.
O‘qituvchi ayniqsa birinchi pedagogik faoliyat yilida ko‘p ishlashi kerak. Bu davrda imo-ishora, xavfsizlikni saqlash masalasini shakllantirish, o‘quvchilarga mashv bajarilishida yordam berishlarni o‘zlashtirib olishi lozim.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin