Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари


Sportchini o‘zining tarbiyasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə82/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Sportchini o‘zining tarbiyasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘z-o‘zini tarbiyalashga intilish, sportchining yetukli ishonchga ega bo‘lganligi, irodasi va xarakteridan dalolat beradi. Shaxsiy tarbiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) o‘z-o‘zini tuta bilish, ijobiy va salbiy tomonlarni ajrata bilish, o‘z xatti-harakatini tanqidiy baholash, o‘zi to‘g‘risida boshqalarning fikriga quloq solish;
2) o‘z faoliyati va xatti-harakatlarini tahlil qilishdan iborat.
Shaxsiy tarbiya o‘z-o‘zini rag‘batlantirishga, o‘z oldiga majburiyat qo‘yishga yordam beradi. O‘z-o‘zini yengish o‘z imkoniyatlariga ishonch hosil qildiradi. O‘z-o‘zini tarbiyalash shaxsiy xususiyatlariga, madaniyatiga, hayotiy tajribasi va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.
Psixologik tayyorgarlik. Jismoniy, texnik, taktik va funksional tayyorlash jarayonini boshqarish uchun bilim, malaka va tajriba zarur bo‘ladi. Sportchining ruhiy holatini boshqarish eng murakkab hisoblanadi.
Jismoniy va texnik tayyorgarliklari bir xil bo‘lgan sportchilar bir-biridan fikrlash, sezish, kuzatish hislatlari bilan farq qilishadi, shunga ko‘ra psixologik tayyorgarlik ancha oldinroq boshlanadi. Eng avvalo uni ahamiyati aniqlanadi.
Musobaqa boshlanishida odam hayajonlanadi. Bu- “start oldi holat” bo‘lib, psixik holat o‘zgaradi va organizmda vegetativ o‘zgarishlar sodir bo‘ladi (pulps, qon bosimi ortadi, energiya almashuvi kuchayadi, ichak-qorin faoliyati o‘zgaradi, uyqu buziladi va h.k.). start oldi holati sportchining malakasiga, o‘z kuchiga ishonish darajasiga, sportchini musobaqadan ajratadigan vaqtga, uning nerv faoliyatining xususiyatiga, tayyorgarligiga, uning komandasining uyushqoqligi va o‘zaro moslashuviga bog‘liq bo‘ladi.
Trener sportchiga o‘z irodasini kurashga jalb qilishiga yordamlashuvi zarur.
Musobaqaga yaxshi tayyorlanish uchun ikki holat bilan kurashish zarur:
1) bo‘lajak musobaqaga sportchining befarq munosabati
2) musobaqaga katta ahamiyat berib, uning bo‘lajak taqdirinihal qiladigandek qarashga yo‘l qo‘ymaslik. Bunda sportchiga qanday natijaga erishishdan qat’iy nazar o‘z imkoniyatidan to‘liq foydalanish muhim ekanligiga ishontirish lozim.
Psixologik tayyorlashda sportchining o‘z kuchiga ortiqcha ishonishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Psixologik tayyorlash individuallashtirilgan bo‘lishi kerak. Tezkor kuchi talab qilinadigan sport turlarida o‘ta og‘ir, lekin qisqa vaqt davom etadigan zo‘r berishlarga, chidamlilik talab etiladigan sport turlarida esa, uzoq vaqt irodaviy zo‘r berish va charchashga bardosh berishga tayyorlash zarur bo‘ladi.
Sportchini haddan tashqari ruhiy zo‘r berishlardan saqlash va unga chuqur va bir tekis nafas olishni, muzikani tinglab va ijro etishni, o‘z ichida qo‘shiq aytishi, ongli ravishda muskullarni bo‘shashtirish, autogen cho‘kish usullarini qo‘llashni, mimika muskullarining zo‘riqishini yo‘q qilishni (ko‘zlarni yumib kulish, bet qismlarini uqalashni) o‘rgatish zarur.
Tayyorgarlik ko‘rishda murakkab qismlariga diqqatni jalb etishda ideomotor mashq qilish yaxshi yordam beradi.
Faqatgina kuzatuvchan, bilishga intilgan, kuchli irodaga ega bo‘lgan, o‘z emotsiyalarini boshqara oladigan sportchigina yuksak sport natijalariga erishadi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin