Fizikadan masalalar yеchish algoritmlari mеtodikasi-fayllar.org
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mavzuning dolzarbligi. Fizika asoslarini o‘qitish jarayonida o'quvchilarni tar biyalab borish: g‘oyaviy-siyosiy, harbiy-vatanparvarlik, baynalmilal, ahloqiy va mehnat tarbiyalarini amalga oshi rish.O‘quvchilarga asosiy bilimlar berishni, ularni ijtimoiy mehnatga tayyorlashni va ongli ravishda kasb tanlay olishni amalga oshirish.Bulaming birortasini ham bir-biridan ajratgan holda hal qilib bo‘lmaydi. Ular hammasi o‘qitish jarayonida kompleks holda amalga oshiriladi. Fizik bilimlami mustahkamlash orqali o'quvchining dialektik-materialistik tafakkurlari rivojlanadi, ilmiy dunyoqarashlari shakllanadi, politexnik ta’lim amalga oshadi.Fizika darslarida o'quvchilar ongida dunyoni bilish mum- kinligi va bilish jarayonining dialektik harakteri; dunyoning moddiy birligi materiya va harakatning ajralmas ekanligi; tabi- atdagi hodisalar bir-biriga bog‘langanligi; moddiy dunyo hos- salarining bitmas-tuganmasligi, bilish jarayonining chegara- siz ekanligi tushuntirib boriladi. Bu esa ularning dunyoqa- rashlarini to‘g‘ri shakllantirish demakdir.0‘quvchilar moddalaming atom va molekulalardan tuzil- ganligini o'rganish bilan biiga materiyaning ikkinchi ko‘rinishi — maydon haqidagi tushuncha bilan ham tanishadilar.
Butun fizika kursi davomida materiya o‘zaro bog‘langan ikki ko‘rinishda, ya'ni modda va maydon ko‘rinishida namoyon bo'lishini ko‘rsatib borish lozim. Dunyoning moddiy birligi haqidagi tasavvurlarni o‘quvchilar ongida to‘g‘ri shakllanti- rishda modda va maydonning umumiy xossalarini ko‘rib chi- qish muhim ahamiyatga egadir.
Massa, energiya, impuls, spin tushunchalari ham, «modda» ham «maydon» zarralarini xarakterlaydi.Korpuskulyar-to‘lqin dualizmi modda zarralariga ham, maydon zarralariga ham taalluqlidir. Korpuskulyar va to‘lqin xossalarning birligi hamma elementar zarralarning muhim xarakteristikasidir.Modda zarralari maydon zarralariga aylanishi kabi may- don zarralari ham modda zarralariga aylanadi.Har ikkala ko‘rinishdagi zarralar barqaror bo‘lishlari ham, qisqa vaqt yashaydigan bo‘lishlari ham mumkin.O‘quvchilar diqqatini modda zarralari maydon yorda- mida turli strukturali sistemalar (atom, molekula, makroqism...) hosil qilishiga qaratilmog‘i lozim. Modda struktura- sini maydonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Zarralar o‘zaro maydon orqali ta'sirlashadi.
O‘qituvchi fizika darslarida turli harakatlarni sekin-asta o‘rgatib borishi orqali o‘quvchilami harakat materiyaning ajralmas xossasi ekanligini tushunishlariga olib keladi.Maktabda awal o‘quvchilar mexanik harakat bilan, keyin molekular harakat va elektronlar harakati bilan tanishadilar. Elektromagnit induksiya hodisasini o‘rganish vaqtida mexanik harakat (o‘tkazgichning magnit maydondagi harakati) bilan elektronlar harakati orasidagi bog‘lanishga va elektro- magnit maydonning hosil bo‘lishiga o‘quvchilar diqqatini jalb qilmoq lozim.
Harakatning yo‘qolmasligi energiyaning saqlanish va aylanish qonunida o‘z ifodasini topadi. Energiya haqidagi boshlang‘ich tushunchalar 6-sinfda beriladi. Elektr hodi- salarini o'rganish jarayonida o'quvchilar uchun yangi bo‘lgan harakatning va unga mos energiyaning aylanishi to‘g‘risidagi tushunchalar ko‘rib chiqiladi. Bu yerda hara- katning (energiyaning) yangi ko‘rinishlarga o‘tishiga ahamiyat berish lozim.
Fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning sodir bo'lish sabablari va rivoj- lanish qonuniyatlari tushuntirib boriladi. M.: deformatsiya- ning sababi jismlarning o‘zaro ta'siridir. Elektr zaryadining harakati (sabab) magnit maydonini hosil qiladi (oqibat).
Hodisalar orasidagi bog‘lanishlar haqida o‘quvchilar aniq tasavvur hosil qilishlari uchun ularning diqqati hodisalar orasidagi muhim bog‘lanishlarni qidirib topishga qaratilmog'i lozim. Bunda faqat fizik hodisalargina emas, balki boshqa (bi- ologik, kimyoviy...) hodisalar bilan ham bog'lanishlarni ko‘rsatish imkoniyati ortib boradi. M.: elektr maydonining (sabab) o'simlikning rivojlanishini yaxshilashi (oqibat).