Mavzu: 10-11 sinflar uchun fizikadan masalalarni klassifikatsiyalash va ularni yechish metodikasi reja: kirish I bob. Fizikadan masalalar yеchish algoritmlari mеtodikasi


II BOB. 10-11 SINFLAR UCHUN FIZIKADAN MASALALARNI KLASSIFIKATSIYALASH VA ULARNI YECHISH METODIKASI



Yüklə 84,68 Kb.
səhifə5/9
tarix07.01.2024
ölçüsü84,68 Kb.
#201917
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fizikadan masalalar yеchish algoritmlari mеtodikasi-fayllar.org

II BOB. 10-11 SINFLAR UCHUN FIZIKADAN MASALALARNI KLASSIFIKATSIYALASH VA ULARNI YECHISH METODIKASI

2.1. 10-11 sinflar uchun fizikadan masalalarni klassifikatsiyalash va ularni yechish metodikasi

Har bir sinf yakunida o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar ta'lim predmetlari bo'yicha ishlab chiqilgan o'quv dasturlarida o'z aksini topgan. Shuning uchun o'quvchilar fizika asoslariga oid quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashi ko'rsatib o'tilgan, ya'ni fizikadan masalalarni mustaqil ishlash, fizik hodisalarni kuzatish va ularni tushuntirabilish, ko'nikmalarni shakllantirish kerak.


O'quvchilarni fizikadan masalalar yechishga yo'naltirishni biz fizika fanining 6-sinf 1-soatidan boshlashimiz kerak. Har bir mavzuni o'rganishda masalalar yechishni ham to'g'ri rejalashtirsh lozim. Masalalar tanlangan metodikaga mos keladigan aniq sistemani tashkil etish va o'qitishning ma'lum maqsadga javob berishi kerak.
Masalalar tanlashga ko'rsatilgan didaktik talabdan tashqari har bir masalani tanlashda o'qituvchi mo'ljallagan maqsadni amalga oshirish ahamiyatga ega. Masalalar yechishni analitik va sintetik metodlari mavjud.
Masalalar yechishning analitik metodi murakkab masalani bir qator oddiy (analiz) masalalarga ajratishdan iborat bo'lib, shu bilan birga masalani yechish masalada qo'yilgan savolga bevosita javob beradigan qonuniyatni tanishdan boshlanadi. Natijaviy hisoblash formulasi xususiy qonuniyatlarni sintez qilish orqali hosil qilanadi. Bu metodga quyidagi masalanai misol keltiramiz.
Massasi 280 kg bo'lgan lift shaxtaga tekis tezlanuvchan harakatlanib tushadi. U birinchi 10 s ichida 35 m yo'lni bosib o'tadi. Kabina osilgan qanot (ip) ning tarangligini toping?
Masalada gap ketayotgan hodisani taxlil qilamiz.
Kabina qandaydir a tezlanish bilan pastga tushadi.
Kabinaga qanotning cho'zilish kuchi, ya'ni F el.kuchi (F el) va og'irlik kuchi (F og')ta'sir qiladi. Shu kuchlar kabinaga tezlanish beradi.
> Fel+Fog'q ma, bunda >F elqma-Fog' (1) da vektor ko'rishida skalyar shaklga o'tish uchun sanoq sistemasini tanlaymiz. U holda
Felq-ma-(-Fog')qFog'-ma (2)
Endi kabina tezlashishini aniqlash masalasi paydo bo'ladi. Uni ko'chishini bilgan holda aniqlaymiz.
Sqat2/2 yoki aq2s/t2 yoki Fog'qmg
Natijalarni topilgan qiymatlarini (2) ga qo'yiladi (sintez qilinadi:)
Felqmg-m·2s/t2 yoki Felqm(g-2s/t2)q280 kg(9,8 m/c2-2·40 F 100)q
≈2520 N
Sintetik metodda masalani yechish topilishi kerak bo'lgan kattalikdan boshlanmasdan, masala shartidan bevosita topilishi mumkin bo'lgan kattaliklardan boshlanadi. Oxirgi formulaga izlanayotgan kattalik kirmaguncha, masalani yechish asta sekin tarmoqlanib boradi.
Yuqoridagi masalani shu usulda yechish uchun lift tezlanishini hisoblashdan boshlanadi, shundan keyin esa unga tezlanish beradigan kuchlar hisoblanadi. Bu kuchlar kanatning taranglik kuchidan va liftning og'irlik kuchidan iborat bo'ladi. Shundan keyin kanatning taranglik kuchi uchun ifoda hosil qilanida va unga hamma oraliqda topilgan kattaliklar qo'yiladi.
Didaktik maqsadlarga ko'ra masalalarni turli sinflarga ajratish mumkin.
  1. Sodda masalalar


  2. Qiyinroq masalalar


  3. Masala shartida, darslikda va darsda ko'rib chiqilgan masalaldarda tavsiflanganga nisbatan kamroq tanish bo'lgan holat tavsiflangan masalalar


Masalan: Agar darsda yoki darslikda gorizontal yo'nalish bo'yicha jismlar sitemasini harakati ko'rib chiqilgan bo'lsa, u holda shunga o'xshash, ammo vertikal yo'nalish bo'yicha jismlar sistemasining harakatiga tegishla masala taklif qilinishi mumkin.


4.O'quvchilar yangi bilimlar olishi uchun foydalanishi mumkin bo'lgan masalalar. Bunda o'quvchilar muammoli vaziyat sharoitida bo'lib qoladilar.

Yüklə 84,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin