Mavzu №10 Bolalar virusli gеpatit va oiv-infеktsiyasi kasalliklarida hamshiralik parvarishiю4soat. 4soat



Yüklə 24 Kb.
tarix22.05.2020
ölçüsü24 Kb.
#31420
15.05.2020y..

O;qituvchi : Yuldasheva Z.I.



Mavzu № 10 Bolalar virusli gеpatit va OIV-infеktsiyasi kasalliklarida

hamshiralik parvarishiю4soat. 4soat.

O’quvchi bilishi kеrak:

virusli gеpatitlarda bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishini.

OITS kasalligini sabablarini,bеlgilari, inkubatsion davrlarini;

OITS kasalligining tashqisot usullari va oldini olishni.



O’quv axborot mazmuni

Virusli gеpatit: ta'rifi, etiologiyasi, turlari, bеlgilari, diagnostika, davosi, hamshiralik parvarishi, dispansеr nazorati, profilaktikasi.

O’z.R. SSV ning 2006yil 26.06. dagi 684-sonli buyrug’i “Aholi o’rtasida virusli gеpatit kasalligini kamaytirish chora tadbirlari to’g’risida”gi va O’z.SSV 05.01.2012yil №5 “Rеspublikada virusli gеpatitga harshi kurash choralarini amalga oshirish”lar bilan tanishish.

OIV-infеktsiyasi kasalligi haqida tushuncha, kеlib chiqish sababi, qo’zg’atuvchisi, yuqish yo’llari, statistika ma'lumotlari. Klinik bеlgilari va turlari. Kasallikka moyillik guruhiga kiruvchi shaxslarni aniqlash. Tashxis qo’yish uchun labarotor tеkshiruv usullari.Davolash tamoyillari. Bеmor parvarishida tibbiyot xodimining etika va dеontologiyasi.

O’z.R SSV ning 2008 yil.04.01.dagi 4-sonli harori “O’zbekuston Rеspublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi tizimidagi davolash profilaktika muassasalariga OIV –infеktsiyasining postkontakt profilaktika chora tadbirlarini kiritish”

Tayanch iboralar.

Virusli gepatit A yoki Botkin kasalligi – infeksion gepatit

Virusli gepatit B – zardobli gepatit

Inkubasiya – kasallikning yashirindavri gepatit A da 15 kundan 50 kungacha, gepatit B – 40 -180 kungacha

Prodramal – kasallikning boshlanish davri 3 - 7 kun

Sariqlik davri – 10 – 15 kun

Sog’ayishdan keyingi davri 2 3 hafta

Rekonvalestsensiya –sog’ayish (tuzalish )davari – bir necha haftadan bir necha oygacha

Atipik turi (sariqsiz)

Gepatoprotektor – jigar hujayralarinihimoya qiluvchi dorilar

OIV – odam immunitet virusi

Orttirilgan – immunitet tanqisligi sindromi

Etiologiya - kasallik sababi

Patogenez – kasallik rivojlanish mexanizmi

Inkubasiya – kasallikning yashirindavri

Prodramal – kasallikning boshlanish davri

Rekonvalestsensiya –sog’ayish (tuzalish )davari

Adabiyotlar ro’yxati

Asosiy adabiyotlar

1. M.F.Ziyaеva. Z.O.Rizaеva. “Bolalarda xamshiralik parvarishi”. Toshkеnt, “Fan va tеxnologiya” 2012 yil. 259 – 263 bet,361 – 385 bet.

2.X.N Fayziеv. «Sеstrinskiy uxod za dеtmi» Toshkеnt, «Ilm ziyo» nashriyoti, 2008 yil

3.K.S Inomov. «Pеdiatriyada xamshiralik ishi» Toshkеnt, 2007 yil

4.J.E Eshqobulov. «Bolalar kasalliklari», Toshkеnt, Ibn Sino nashriyoti, 1993 yil.331 – 336 bet.

Qo’shimcha adabiyotlar

“Bеmor bolalarni parvarish qilish va onalarga maslahat bеrish” Uslubiy qo’llanma. Toshkеnt, 2010 y.

“5 yoshgacha bo’lgan bolalarning o’sishi va rivojlanishi” O’quv kursi. Toshkеnt, 2009 y.

“Onalarga bolani ovqatlantirish bo’yicha tavsiyalar” O’quv kursi. Toshkеnt, 2009 y.

“qiz bolalarni o’sishini baholash va kuzatish hamda ko’rsatgichlarni bolaning rivojlanish tarixiga kiritish” O’quv kursi. Toshkеnt, 2009 y.

“O’g’il bolalarni o’sishini baholash va kuzatish hamda ko’rsatgichlarni bolaning rivojlanish tarixiga kiritish” O’quv kursi. Toshkеnt, 2009

Birlamchi tibbiy sanitariya tizimidagi hamshiralar ishining asosiy ko’nikmalari. O’quv qo’llanma. USAID ZdravPlyus loyihasi. Toshkеnt 2008.

Effеktivnost patronajno`x vizitov mеdsеstеr ADB USAID proеkt ZdravPlyus. Tashkеnt 2007 dеkabr.

“Ko’krak suti bilan boqish bo’yicha maslahat olib borish O’quv kursi” o’qituvchilar uchun qo’llanma. Toshkеnt, 2007y

N.V. Еjova «Pеdiatriya» Minsk, 2007 god.

“Shaxslararo muloqot va katta yoshdagilar auditoriyasini o’qitish ” Mastеr trеnеrlar uchun qo’llanma. Toshkеnt, 2006y

Е.M. Rusakova. «Pеdiatriya doklinichеskaya praktika» Minsk,2004 god.

V.D. Tulchinskaya «Sеstrinskoе dеlo v pеdiatrii» Rostov-na Donu, «Fеniks», 2003 yil.

«Sеstrinskoе dеlo». Moskva, izdatеlstvo «Mеditsina», еjеmеsyachno`y jurnal.

Bolalar kasalliklarini intеgrirlashgan usulda olib borish. O’quv qo’llanma UNICEF Toshkеnt-2003.
Yirusliu gepatit

Yuqumli gepatitning qo'zg'atuvchisi viruslar bo'lib, ular tashqi muhitga ancha chidamli. Bu viruslar 56°C da 30 daqiqa va umdan ham ko'proq vaqtgacha o'z kuchini yo'qotmaydi, quruq sharoitga, past haroratga va ultrabinafsha nurlar ta'siriga ham chidamli bo'lib, bemorlardan olingan qonda va qon zardobida ba'zan uzoq muddat saqlanadi.

Yuqumli gepatit A (infeksion gepatit) va virusli gepatiti V zardob gepatiti klinik jihatdan bir-biriga o'xshaydi. Keyingi paytlarda C, D va G turlari aniqlangan. Eng ko'p uchraydigan turi A va B turi hisoblanadi. Birinchi bo'lib, 1888 yili S. P. Botkin ta'riflagani uchun u Botkin kasalligi deb ham ataladi.

Epidemiologiyasi. Kasallikning tarqalish manbai bemor odam va virus tashuvchi kishilar hisoblanadi. A gepatitga yo'liqqan bemorlar kasallikni inkubatsion (yashirin) davrining oxiri, sariqlik davrida va sariqlik davrining dastlabki 10 kunida atrofdagi odamlar uchun yuqumli hisoblanadi. Shuning uchun ham bemorlar o'rtacha bir oy mobaynida (kasallik boshlangandan boshlab) yoki sariqlik paydo bo'lgan kundan boshlab, uch hafta davomida alohida ajratilishi shart. Zardobli gepatitning yuqumli davri ancha uzoq bo'lib bemor sarg'aygandan so'ng ham virus tashuvchi bo'lib qolishi mumkin. Virusning yuqishi va tarqalishi bemordan ajralib chiqadigan har xil moddalar va suyuqliklar (so'lak, qon, siydik axlat, ko'krak suti, vaginal va seroz suyuqliklar) orqali yuz beradi. Kasallik ifloslangan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, o'yinchoqlar, har xil uy-ro'zg'or buyumlari, qon, qon zardoblari, eritrositar massa quyish va jarrohlik muolajalari jarayonida yuqishi mumkin. Havo-tomchi yo'li bilan - aksirganda, yo'talganda gaplashganda yuqishi ham ehtimoldan holi emas. Bundan tashqari virusli gepatit ba'zan onadan yo'ldosh orqali homilaga ham yuqadi. Virusli gepatit bilan kasallanish ko'proq kuz va qish oylarida kuzatiladi.

Kasallikning rivojlanish jarayoni davriy kechadi, chunki kasallik qo'zg'atuvchi organizmda o'z joyini hamma vaqt o'zgartirib turadi: virusning organizmga kirishi va organizmning unga moslashuvi, mahalliy limfa tugunlarida virusning birdan ommaviy ko'payishi, retikulo-endotelial sistemada birlamchi morfologik o'zgarishlarning paydo bo'lishi, dastlabki tarqalish (virusemiya), organizmdagi retikoendotelial hujayralarni (ayniqsa, jigar, taloq, bosh miya) umumiy zararlanishi, ta'siri oqibatida jigar hujayralari (gepatositlar)ning shikastlanishi, ikkilamchi virusemiya va rezidual davr - bu vaqtga kelib organizm sog'ayadi yoki kasallikning asoratlari qaytalanishi kuzatiladi.



Klinik manzarasi. Yuqumli gepatitning yashirin (inkubatsion) davri 15 kundan 50 kungacha, o'rtacha 15-30 kun davom etishi mumkin. Zardobli gepatitning yashirin davri esa 60-180 kun davom etadi.

Virusli gepatitning sariqlik va sariqliksiz (atipik) kechgan turlari mavjud. Kasallikning uzoq davom etishini hisobga olgan holda o'tkir (2-3 oygacha), uzoq cho'zilgan (3-6 oygacha) surunkali (olti oydan ortiq) turlari ajratiladi.

Virusli gepatitning sariqlik bilan kechadigan turida qo'zg'atuv- chisida (A yoki B) qat'iy nazar, to'rt davr farqlanadi: sariqlik oldi (prodromal davr, 3-7 kungacha), sariqlik (10-15 sargayishdan keyingi va rekonvalessensiya (tuzalish davri).

Sariqlik oldi davri 2-3 kun davom etib, bemorlarni darmonsizlik, bosh og'rig'i, taxikardiya, tana haroratining ko'tarilishi bezovta qiladi.

Ayrim hollarda bemor kuchli qorin og'rig'idan ham shikoyat qilishi mumkin. Kasallikning bu davri o'tkir boshlanishiga qaramasdan, 2-3 kunda bemor o'zini yaxshi his qiladi.

Kasallikning ikkilamchi toksikoz davri ko'pincha tana harorati mo''tadil bo'lgani holda, to'satdan boshlanadi. Bemorlarda uyquchanlik, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ishtahaning yo'qolishi, yog'li ovqatlarni ko'ngil tusamasligi, ko'ngil aynishi, tez-tez qayt qilish kuzatiladi. Ko'pincha bu holatlar ustiga dispeptik va astenovegetativ belgilar ham qo'shiladi, bemor qorin sohasida paydo bo'luvchi og'riqqa shikoyat qiladi. Bu davr uchun xos va hamma vaqt uchraydigan kasallik belgisi - jigarning, ayniqsa, uning o'ng bo'lagining kattalashishidir. Bunda jigar birmuncha shishadi, qattiqlashadi va paypaslab ko'rilganda, og'riq beradi. Bu davrning oxirgi kunlariga kelib, siydik to'yingan rangga kiradi, axlat esa rangsizlanadi. Laboratoriya tekshiruvida alanin transaminaza (AlAT), asparakin transaminaza (AsLT) va al'dolazaning faolligi oshishi va keyinchalik siydikda o't pigmentlarining paydo bo'lishi kuzatiladi.

Sariqlik davri o'rtacha 10-15 kun davom etib, kasallikning sariqlik oldi davrida ko'rsatiladigan umumiy zaharlanish belgilarining kuchayishi bilan bir qatorda ko'z oq pardasining, teri va shilliq pardalarning sariq rangga kirishi bilan ajralib turadi. Jigar kattalashib qattiqlashadi, taloqning kattalashuvi kuzatiladi.

Sarg'ayishdan keyingi davr 23 hafta, ba'zan esa bir necha oygacha davom etishi mumkin. Bu davrga kelib, bemor o'zini yaxshi his eta boshlaydi, kasallik belgilari tobora yo'qola boradi va shu davrning oxiriga kelib, fermentlar faolligi va pigmentlar almashinuvi mo''tadil- lashadi, jigar va taloq kichrayib, o'z holiga qaytadi.

Rekonvalessensiya davri bir necha haftadan bir necha kungacha cho'zilishi mumkin va u bemorning butunlay sog'ayishi bilan tugaydi. Lekin ba'zida bemorni parvarish qilish va ovqatlantirish tartibi buzilganda kasallik surunkali tusga o'tib ketadi.

Virusli gepatit A va B turlarining o'ziga xos xususiyatlarini alohida ko'rib chiqadigan bo'lsak: A turining yashirin davri 11- 15 kun, B turiniki esa 40 kundan 180 kungacha davom etadi.

Virusli A gepatitda kasallik to'satdan boshlanadi, bolaning tana harorati ko'tariladi, ko'ngli ayniydi, qusadi, qorin sohasida og'riq paydo bo'ladi. Bu kasallik alomatlari 3-6 kun davomida o'tib ketadi. Virusli B gepatitda esa kasallik asta-sekinlik bilan boshlanadi. Bemorda holsizlanish, tez charchash, bosh aylanishi, uyquchanlik, ishtahaning yo'qolishi kabi alomatlari kuzatiladi. Kasallikning A turida sariqlik boshlanishi bilan organizmning umumiy zaharlanish belgilari yo'qoladi.

B turida buning aksi bo'lib, ko'p bemorlarda zaharlanish belgilari kuchayadi. Virusli B gepatit ko'p hollarda kasallikning og'ir kechishi surunkali gepatit rivojlanishiga moyilligi bilan ajralib turadi. O'zgarishlarga uchragan biokimyoviy ko'rsatkichlar fermentlar faolligi, bilirubin miqdori B turida sekinroq qaytadi.

Virusli gepatit belgilari rivojlanishining darajasiga qarab yengil, o'rtacha og'ir va og'ir turlari tafovut qilinadi. Kasallikni yengil turida umumiy zaharlanish belgilari bo'lmaydi, bo'lgan taqdirda ham kuchsiz rivojlangan bo'ladi. Bemorning ishtahasi yaxshi, uyqusi maromida bo'lib, umumiy ahvoli kam o'zgaradi.

Kasallikning o'rtacha og'ir turida umumiy zaharlanish alomat- larining kuchliroq ko'rinishdagi belgilari paydo bo'ladi bemorni umumiy ahvoli birmuncha og'irlashadi, darmonsizlik, ishtahani pasayishi, ko'ngil aynish, qusish, bosh og'rig'i kuchayadi. Yurak tovushlari susyayib, ayrim hollarda aritmiya kuzatiladi. Bemorni jigari kattalashadi, paypaslab ko'rilganda, og'riq beradi. Kasallikning biokimyoviy ko'rsatkichlari ancha yuqori bo'ladi.

Kasallikning og'ir turida bemorning ahvoli ko'pincha to'satdan og'irlashadi. U ko'p uxlaydi, darmonsizlik, bezovtalanish avjga chiqadi. Ishtaha butunlay yo'qoladi, bemorning qusishi kuchayadi. Bemor ko'ngil aynishdan, boshi og'rishidan va qovurga sohasida og'riq paydo bo'lishidan shikoyat qiladi. Sarg'aish avjiga chiqadi. Jigar va taloq kattalashadi, qattiqlashadi. Bilirubin miqdori va fermentlar faolligi ortishi kuchayadi. Virusli gepatitning og'ir turida jigar faoliyatiga aloqador koma oldi va koma holatlari ham kuzatilishi mumkin.

Tashxis. Tashxis qo'yishga quyidagi belgilar asos bo'ladi kasallikning o'tkir boshlanishi, jigarning kattalashuvi, siydikning to'uyingan rangi, axlatning oqarishi, keyinchalik esa sariqlikni paydo bo'lishi va qondagi biokimyoviy o'zgarishlar. Kasallikka uzil-kesil tashxis laboratoriya tekshiruvlariga asosan qo'yiladi. Bunda siydikda o't pigmentlari, qonda fermentlar aldolaza, AlAT, AsAT faolligini va bilirubin miqdorini oshishi hisobga olinadi.

Davolash. Davolashda infuzion davo va medikamentoz davo vitaminlar bilan olib boriladi. Parhez taomlar 5 stol buyuriladi. Gepatoprotektor, ya'ni jigar hujayralarini himoya qiluvchi dorilar sifatida eseensiale, karsil, legalon kabi preparatlar tavsiya etiladi.

Hamshiralik parvarishi. Yotoq rejimi jigarda qon aylanishi kuchayadi jigar hujayralarining tiklanishi tezlashadi. Bemorni izolyatsiya qilish yani boshqalardan ajratish. Qo'lini doyimiy yuvishga majburlash. Tozalikka rioya qilish. Bemor oilasini qo'llab quvatlash. Bemor bilan muloqotdagilarni 35 kun davomida tibbiy nazoratga olish. 0bservatsiya varaqasini yuritish. Shoshilinch xabarnoma varaqasini to'ldirib SES ga yuborish. O'chog'da dezinfeksiya o'tkazish. Kasalxonadan chiqqan bemorlar bilan dispanserizatsiya ishlarini olib borish.

Profilaktikasi. Kasallikni oldini olish maqsadida virusli gepatit B ga qarshi qon bilan ishlaganda infeksiya manbai sifatida munosabatda bo'lish. Igna bilan muolaja qilganda va qon tahlillarida qo'lqop bilan ishlash shart. Tibbiy jihozlar ishlatilgandan so'ng dezinfeksiya qilinadi.

O'z.R.SSVning 2006 yil 26 iyundagi 684-sonli Aholi o'rtasida virusli gepatit kasalligini kamaytirish chora tadbirlari to'g'risida buyrug'iga asosan ish olib boriladi.

O'zbekiston Respublikasida infeksion kasalliklarning immunoprofilakti- kasi SanPin I0239-07.2007 yil fevral. Buyrig'iga asosan virusli gepatit B ga qarshi emlash ishlari olib boriladi.

Orttirilgan immun tanqisligi sindromi kasalligida hamshiralik

Parvarishi

OITS infeksiyalari ta'rif, etiologiya, simptomlari, tashxisi, davosi, hamshiralik parvarishi.

Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi, yani OITS kasalligi o'ta nafli yuqumli kasallik bo'lib, viruslar tasirida yuzaga keladi va inson organizmida immunitet sistemasini, yani himoya funktsiyasini bajaruv- chi sistemani shikastlab yuqumli va yuqumsiz kasalliklarga chidamsiz qilib, hozirgi kunda davosiz hisoblanadi.



OIV - hujayra ichi paraziti bo'lib hujayralar ichiga kirgandan so'ng o'z faoliyatini boshlaydi. Organizmga tushgan viruslar bilan inson hujayralarining birikishi bir necha bosqichdan iborat.

  1. Virusning hujayraga birikishi.

  2. Virusning tashqi qobig'dan holis bolib, hujayra ichiga kirishi.

  3. Virusning ko'payishi, yangi qismlarning (praviruslarni) hosil bo'lishi.

  4. Virus genining xo'jayin hujayrasi genomiga integratsiyasi.

Bolalarda viruslar asosan onadan o'tadi, virus yuqish yo'li

  • homilador ayoldan yo'ldosh orqali

  • tug'ish jarayonida

  • bola tug'ilgandan so'ng ona suti orqali yuqishi mumkin.

Virus hujayra ichiga kirishi uchun unga birikishi zarur, virus SD4+ retseptorlari mavjud hujayralarga birikadi. SD4+ retseptorlari mavjud hujayralar OIV virusiga sezuluvchan bo'lib limfa tugunlarda, talog'da terida, o'pkada, jigarda, ichakda, jinsiy a'zolarda asosan limfotsitlarda, yani T- xelperlarda, makrofaglarda uchraydi. Virus organizmga tuchgandan so'ng qon orqali butun organizmga tarqaladi.

Simptomlari. 1. Otkir infeksiya davri: bemorlar kasallangandan bir ikki hafta o'tgach isitma paydo bo'ladi Toshmalar, limfa tugunlarning kattalashishi va boshqa belgilar.

    1. Asimptomatik davr: bemor immuniteti virusga qarshi kurashadi, lekin virus miqdori zardobda aniq bir nuqtaga yetgach, simptomsiz davr 10 yilgacha cho'zilishi mumkin, lekin virus kurasha boradi va CD4+ limfositlar miqdori asta sekin pasayib boradi.

    2. Avj olish davri (OITSni paydo bo'lishi): Agar limfositlar miqdori 200mkl dan pasayib ketsa u holda shartli patogen infeksiya va o'smalar paydo bo'ladi. Agar davo o'tkazilmasa bemor 2 yil mobaynida OITS dan keyin o'lishi mumkin. Agar kasallik boladan onaga o'tgan bo'lsa, unda kasallik 2 tur boyicha: 1-tur erta og'ir shakli bo'lib (bola tug'ilgandan keyin 12 oylikkacha shartli patogen infeksiya va o'smalar hosil bo'ladi, bola 18 oylikkacha nobud bo'ladi), 2-tur sekin progressirlanuvchi (asimptom yoki kam simptomli) davr bolib bunda bemor 2-10 yil yasnaydi, keyin shartli patogen infeksiyalar kopayib kasallik rivojlanadi.

Tashxis

      1. Infeksiylangandan keyin 2 hafta mobaynida antitelolarni aniqlashni iloji yo'q (negativ antitelolar davri). Agar shu vaqtda zanjirli polimeraza reaksiyasini o'tkazsa, bu reaksiya 1 hafta mobaynida hech qanday aniq natija bermaydi.

a) Antitelolarga test: skrining uchun immunoferment analizi (EISA-inzyme immunoassay), mikroagglyutinatsiya (pa - partisli agglyutinatsion) va tekshirib ko'rish uchun VESTTERN - blot (western blot) o'tkaziladi. Bu yo'l bilan IgG antitelolari aniqlanadi, Lekin bu usul bilan pozitiv OITS infeksiyali onalardan tug'ilgan chaqaloqlarda qondagi miqdori aniqlanadi.

      1. Zararlangan onadan tug'ilgan chaqaloqlarda o'tkaziladigan tahlillar.

Bola tug'ilgandan keyin 48 soat ichida birinchi analiz olinadi, ikkinchisi 1-2 oylikda, uchinchi analiz 3-6 oylikda albatta DNK PTSR qayta transkriptaza (RT) ribonuklein kislota (RNK) reaksiyalari va OITS ifeksiyasini kultivatsiya usuli bilan aniqlanadi. Agar bola 18 oylik bo'lganda IgG antitelolari negativ (manfiy) bo'lsa, va gipogam- magloulinemiya kuzatilmasa, OITS infeksiya belgilari bo'lmasa, virusologik tahlil negativ bo'lsa unda VICH infeksiyasini inkor qilsa bo'ladi.

      1. Bolalarda OIV infeksiyasini monitoringi

Tashxis qo'yilgandan keyin darhol SD4 limfotsitlar miqdori o'lchanadi va har 3 oyda tekshirib turiladi. SD4 limfotsitlarning normadagi miqdori bolalik yoshiga bog'liq.

Shuningdek OIV infeksiyasini ribonuklein kislotatasini ko'payish miqdorini ham o'lchasa bo'ladi. Bolalarda kattalarga nisbatan virus miqdori ko'proq bo'ladi. Agar infeksiyalanish perenatal davrda bo'lsa tug'ilgandan keyin viruslar miqdori past bo'ladi. Bola 2 oylikkacha tezda ko'payadi va 1 yoshga yetganda ko'payish tempi kuchayib boradi Shuningdek bola 12 oylik bo'lguncha OIV virus ini RNK si 299,000 nusxa mkl.dan oshib ketsa kasallik tez rivojlanuvchi hisoblanadi.



Davosi. Hammaga ma'lumki bola perenatal davrda infeksylansa viruslar miqdori ko'p bo'ladi, shuning uchun immun tizimini buzilishini oldini olish maqsadida OIV ga qarshi darhol davoni boshlash kerak.

Agar davolash yaxshi natija bersa, virus miqdorini nazorat qilib turish kerak. Bundan tashqari immunologik funksiyalar va klinik simptomlari kuzatiladi. OIV ga qarshi davo o'tkazilganda dorilarni qabul qilishni nazorat qilish kerak. Davo boshlashdan oldin bemor va uni parvarish qiluvchi odam bo'lishi kerak. Bunda dorilarni qat'iy qabul qilishni va dori qabul qilgandan keyin holatini kuzatish kerakligi tayinlanadi.



Hamshiralik parvarishi.

        1. Kuzatish: o'zgarishlarni erta aniqlash.

        2. Dori moddalarni qabul qilish: bemor o'z holicha dori qabul qilishini to'xtatish kerak.

        3. Ikkilamchi infeksiyalanishni oldini olish. Immun faoliyatini pasayib ketishi natijasida - og'iz bo'shlig'i va nafas yo'llarini yallig'lanishini oldini olish kerak.

        4. Kontaktda bo'lgan narsalarga ishlov berish va boshqalarga infeksiya yuqishini oldini olish.

        5. Sharoitni ta'minlash: ifloslangan kiyimlarni tozasiga almashtirish.

        6. Ovqatlanish.

        7. Kasallikka taalluqli ma'lumotlarni bemor va uning oilasiga xabar berish.

        8. Bemor va uning qarindoshlarini ruhiyatini ko'tarishga yordam berish.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin