Mavzu-11. Makroiqtisodiy prognozlash modellari reja



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix04.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#107501
1   2   3   4   5   6
Mavzu-11. Makroiqtisodiy prognozlash modellari reja

 
11.3. Makroiqtisodiy modellar 
Tarmoqlararo modellar majmuasi yiriklashgan dinamik va kengaytirilgan tabiiy-
qiymatli modellarni о‘zi ichiga oladi. Tizimning hamjihatligi milliy daromad, uni 


taqsimlash tuzilmasi hamda moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining sarmoya qо‘yilmalarga 
bо‘lgan ehtiyojlarini tavsiflovchi kо‘rsatkichlar va boshqalar kabi yiriklashgan dinamik 
modelining asosiy kо‘rsatkichlarning tabiiy-qiymatli tarmoqlararo balansini tuzish uchun 
qо‘llanilishi bilan ta’minlanadi.
Zamonaviy dinamik tarmoqlararo modellar iqtisodiy rivojlanishning sur’atlari va 
nisbatlarini aniqlovchi uchta asosiy omillar guruhi bо‘yicha iqtisodiyotning rivojlanish 
istiqbolini bashoratlashga imkon beradi. Xususan ular quyidagilar: rejali davr boshiga 
yig‘ilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarnimiqyosi va tarkibi bilan tavsiflanadigan iqtisodiy 
salohiyatning boshlang‘ich darajasi; mehnat resurslaridan unumli foydalanish kо‘rsatkichlar 
о‘zgarishining istibolli tendensiyalar; jamiyatning yakuniy ehtiyojlarining istiqbolli tarkibi. 
11.4. Iqtisodiyotni rivojlantirish modellari. 
Iqtisodiy-matematik modeli masalan quyidagicha ifodalanilishi mumkin 
𝑍 = 𝑎𝑋. Bu 
model misol tariqasida u yoki bu buyumni tayyorlash uchun talab qilinadigan materiallarga 
bо‘lgan prognoz talablarini aniqlashda qо‘llanilishi mumkin. Bu holatda X – buyumlar soni, 
a– bitta buyum uchun material sarflanish meyori, Z–materiallarga bо‘lgan umumiy ehtiyoji. 
Iqtisodiy-matematik modeli, agar bir nechta tur buyumlarni tayyorlash uchun 
materiallarga bо‘lgan ehtiyojni aniqlash kerak bо‘lsa, murakkab kо‘rinishga ega bо‘ladi: 
𝑍 = 𝑎
1
𝑋
1
+ 𝑎
2
𝑋
2
+ 𝑎
3
𝑋
3
+ ⋯ + 𝑎
𝑛
𝑋
𝑛
yoki 
𝑍 = ∑
𝑎
𝑛
𝑖=1 𝑖
𝑋
𝑖
, bu yerda n = 1, 2, 3,...n. 
Ushbu model materiallarga bо‘lgan ehtiyojning ikki guruh omillarga bog‘liq ekanligini 
kо‘rsatib turibdi: tayyorlanayotgan buyumlar soni va buyum uchun materiallar sarflanish 
meyori. Bunday model deskriptiv (lotincha “desckribo”)deb ataladi. 
Bir mahsulotli model nafaqat bir mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 
sohalarda, balki bir qator holatlarda agar ishlab chiqariladigan mahsulotlar iste’mol 
qilinishda bir-birini о‘rnini bosadigan bо‘lsa yoki ularni mutlaq kо‘rsatkichlar qо‘llanilishi 
mumkin. Kо‘p mahsulotli modellarda butun tarmoq ishlab chiqarayotgan mahsulotga va 
xomashyo yoki boshqa qandaydir resurslarni iste’mol qilishga bо‘lgan talab bо‘yicha ikkita 
yoki undan ham kо‘p chegaralar kо‘rib chiqiladi. Ushbu modellarda turli mahsulotlarni 
iste’molida о‘rnini bosadigan xususiyatini hisobga olgan holda turdosh mahsulotga keltirish 
imkoniyatidan unumli foydalanilishi mumkin.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin