Mavzu №12: institutsionalizm


Iqtisodiy o’sish bosqichlari



Yüklə 67,33 Kb.
səhifə8/8
tarix31.03.2023
ölçüsü67,33 Kb.
#91839
1   2   3   4   5   6   7   8
12-ma\'ruza. Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi fanidan

3.Iqtisodiy o’sish bosqichlari
Amerikalik olim Uolter Rostou (1916) o’zining ‘Iqtisodiy o„sish bosqichlari’ (1960) kitobida jamiyatning xo’jalik rivojlanishi bosqichlarini ko’rsatib berishga harakat qildi. Unda ijtimoiy omillar ikkinchi o’ringa suriladi va ular texnologik sharoitlarni ta‘minlash uchun qancha zarur bo’lsa, faqat shuncha darajada tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o’sish qonuniyatlari iqtisodiy tizim xususiyatlariga bog’liq emas, ular bozor va shuningdek, buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotda bir xil hisoblanadi.
U. Rostou iqtisodiy taraqqiyotning beshta bosqichini ko’rsatib beradi:
An’anaviy jamiyat: ‘Nyutongacha bo’lgan fan va texnika’ bilan hamda qishloq xo’jaligining ustunligi bilan ifodalanadi.
O„tkinchi jamiyat. Bu yerda iqtisodiy o’sish uchun shartsharoitlar yaratilgan bo’ladi: fan yutuqlari ishlab chiqarishga tatbiq etiladi, banklar paydo bo’ladi, ishlab chiqarishni investitsiyalash kuchayadi.
Yuksalish davri (sanoat inqilobi): eski an‘anaviy uklad asosan tugatiladi, iqtisodiy o’sish me‘yorli holat hisoblanadi, ishlab chiqaruvchi sanoatning asosiy tarmoqlarining jadal rivojlanishi amalga oshiriladi, davlat eksportni rag’batlantiradi.
Yetuklik bosqichi: aholining o’sishiga qaraganda mahsulot ishlab chiqarishning doimo ortiq bo’lishi ta‘minlanadi, milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi kuchayadi, an‘anaviy jamiyat batamom tugatiladi.
Ommaviy iste’mol bosqichi: uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol buyumlari va xizmat ko’rsatish asosiy ahamiyat kasb etadi.
U.Rostou AQSh iqtisodiy tizimini ijtimoiy evolyutsiyaning yuqori bosqichi, ommaviy iste‘molning yuqori darajasi bosqichi, barcha boshqa mamlakatlarning kelajakdagi rivoji uchun model, deb tasvirlaydi. Uningcha, kommunizm – bu industrlashtirishni jadallashtirish zarurati tug’ilgan hollarda ‘o’tkinchi davrning kasali’, ‘yagona industrial jamiyat’ga o’tishning mumkin bo’lgan yo’llaridan biridir. Sotsializm yuksalish bosqichiga yaqinlashganda va yuksalish bosqichining o’zida jamiyatni jadallashtirishga qodir. ‘Ammo kommunizm o’z mohiyatiga ko’ra yuqori ommaviy iste‘mol davrida barham topishi kerak’. Hozir hammaga ayonki, bu bashorat amalga oshdi.
Yüklə 67,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin