Mavzu №12: institutsionalizm



Yüklə 67,33 Kb.
səhifə2/8
tarix31.03.2023
ölçüsü67,33 Kb.
#91839
1   2   3   4   5   6   7   8
12-ma\'ruza. Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi fanidan

Yangi tarixiy maktab
Gustav fon Shmoller (1838-1917) ikkinchi avlod nemis tarixiy maktabining atoqli yetakchilaridan biri edi. O’zining birinchi yozuvlarida Shmoller ikkala usullarning ham iqtisodiy izlanishlardagi o’rnini bajonudil tan oldi. Lekin u abstrakt nazariy modelni taklif qilmadi. 1883-yilda Mengerning metodologiyaga doir ―Ijtimoiy bilimlar metodlari va asosan siyosiy iqtisodiyotga savollar‖ nomli kitobi nashr qilindi. U uzun, zerikarli va mohiyatan foydasiz munozara bilan boshlangan va yigirmanchi asrga zo’rlik bilan kirib olgan. Bu eng jiddiy metodologik munozaralardan biri bo’lganligi sababli qachonlardir iqtisodiy nazariyada rivojlanish sodir bo’ldi. U faqatgina Qo’shma Shtatlar ortodoksal nazariyachilari va institutsionistlar o’rtasidagi munozaralarga taalluqli edi. Mengerning kitobi iqtisodiy va ijtimoiy fanlardagi metodologik muammolarni umumiy tekshirishni o’z ichiga olardi, lekin u shuningdek, tarixiy yo’nalish xatolariga qarshi munozarani boshlab berdi. Shmoller bunga javoban kurashga kirishdi. Menger Shmollerning javobiga raddiya nashr qildi, qolganlar bu bahsga qo’shilishdi. Ikkala taraf ham munozaraga kirishdi va o’zlarining metodologik yo’llaridan haqiqiy va o’ziga xos tarzda foydalanishlari haqida bahslashdilar. Shumpeter ta‘kidlaganidek, ikkala taraf ham o’zlarining metodologiyalarida diqqatga sazovor atamalardan foydalanishdi: amaliy, haqiqiy, zamonaviy, aniq, taxminiy, samarasiz va ikkinchi darajali.
Torsteyn Veblen
Torsteyn Bunde Veblen (1857-1929) Amerika ortodoksal ta‘limotining otasi edi va ba‘zan ta‘sischisi, deb atalardi. Uning noortodoksal nazariyaga qarama-qarshi ilmiy va axloqiy qarashlari Qo’shma Shtatlardagi ortodoksal fikrlar rivojiga katta ta‘sir ko’rsatdi. Veblenning turmush tarzi uning qarashlariga ta‘sir ko’rsatgan. Chunki u norvegiyalik immigrantning o’g’li bo’lib, Viskonsin va Minesotta qishloqlarida katta bo’lgan edi. U Korleton kollejiga o’qishga kirdi va u hech qachon amerika asosiy oqimiga to’liq qo’shila olmadi, u ijtimoiy va iqtisodiy bema‘niliklarni xuddi Marsni tekshirgan kabi kulgili baholardi. Veblen Klarkning ruhlantirishi bilan maktabni bitirish uchun Sharqqa ketdi. U Yaledan o’zining falsafadagi doktorlik darajasini qabul qildi. Lekin o’qituvchilik kasbini egallashga layoqatsiz edi, ma‘lum bo’lishicha bunga uning ateizm ruhidagi qarashlari sababchi bo’lgan. Shunday qilib Veblen fermaga qaytdi, kollejda yaxshi ko’rgan qizi bilan oila qurdi va yetti yilini o’qish va fikrlashga sarfladi. 35 yoshida Kornelda doktorlik ishi ilmiy darajasini himoya qildi. Hali ham akademik vazifa topishga layoqatsiz edi, u Chikago universitetidagi ilmiy darajani qabul qildi va nihoyat, iqtisodiyot instruktorligini tanladi. Unga siyosiy iqtisodiyot jurnali muharrirligi toprshirildi. U hech qachon universitet boshqaruvchisi sifatida tanilmadi va hech qachon to’liq professorlik darajasiga yetib bormadi, hayotining qolgan qismini kollejdan kollejga ko’chish bilan o’tkazdi. Uning ziyrakligi natijasida Amerika kapitalizmi tanqidi ta‘minlandi. U deyarli hammasini e‘tiborsiz qoldirdi, lekin uning eng yaxshi talabalari yoki shaxsiy hayoti turmush bilan bog’liq qiyinchiliklar va voqealar bilan chigallashgan edi.

Yüklə 67,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin