Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari


Kasbiy va ishlab chiqarishga oid bibliografik qo‘llanmalar



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə41/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
сохавий

Kasbiy va ishlab chiqarishga oid bibliografik qo‘llanmalar. Bular turli sohadagi amaliyotchilar uchun mo‘ljallangan maxsus bibliografik qo‘llanmalardir. Ular ishlab chiqarish va kasbiy faoliyat davomida duch kelinadigan turli xil muammolarni hal etishda, bibliografik axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda yordam beradi. Bunday bibliografiyaning talabgorlari oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli ishlab-chiqarish va boshqa sohadagi mutaxassislardir. Bunday ko‘rsatkichlar xarakteriga ko‘ra ham ilmiy-yordamchi, ham tavsiya ko‘rsatkichlariga o‘xshab ketadi, ya’ni ular oraliq o‘rinda turadi.
Ishlab chiqarishga va kasbiy malakaga oid adabiyotlarning ko‘plab nashr etilishi mutaxassislar uchun bu turda bibliografik qo‘llanmalar tayyorlashni taqozo qiladi. Ular doimo amaliy ahamiyatga, mutaxassis uchun zarur bo‘lgan sohada tanlangan axborot olish imkoniyatini beruvchi tavsiyaga ega bo‘ladi. Bunday qo‘llanmalarning talabgorlari- sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasidagi mutaxassislar, fermer xo‘jaligidagi rahbarlar, loyihachilar, konstruktorlar, zootexnik, veterinarlar va boshqalar, shuningdek ishlab chiqarish sohasidan tashqarida maorif, madaniyat va san’at, tibbiyot xodimlari ham shu soha adabiyotlariga murojaat qiladilar.
Keyingi yillarda savdo, biznes, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi bilan bibliografik qo‘llanmalar xarakteri va yo‘nalishida o‘zgarishlar yuz bermoqda. Endilikda, yuqoridagi faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchilar uchun alohida ko‘rsatkichlar tuzish talab etilmoqda. Axborot-kutubxona markazlari qoshida tashkil etilgan “Huquqiy axborot markazlari”( tadbirkorlar, savdo xodimlari uchun) da ushbu foydalanuvchilar guruxi uchun bibliografiyaning turli tuman kichik shakllarida axborot varaqalari, byulletenlari, sharxlar tayyorlab tarqatilmoqda.
Bibliografik qo‘llanmalarning turlari, uning mavzusi kabi mutaxassisning ishlab chiqarish va amaliy faoliyatining xususiyatiga mos keladi. Bular- bibliografik sharxlar va ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular ilmiy-amaliy jurnallar saxifalarida beriladi va asarlarning sarlavhasi va mavzusi ko‘rsatkichlaridan iborat. Mutaxassislar uchun tuzilgan bibliografik qo‘llanmalarning o‘ziga hos uslubiy xususiyati maqsadga qaratilgan bibliografik tanlash va ma’lumot-bibliografiya apparatiga egaligidir.
Tanlangan hujjatlar amaliy xarakterga ega bo‘ladi, so‘nggi yillarda nashr etilgan; zamonaviy texnika va texnologiya, asboblarni modernizatsiya qilish, ishni tashkil etishning zamonaviy shakllariga oid bo‘ladi. Maorif va ma’naviyatga oid bibliografik qo‘llanmalar muhim ahamiyatga ega, ular professor va o‘qituvchilarga hamda kutubxona xodimlariga mo‘ljallanadi. Adabiyotlar ularga ma’ruzalarga, mashg‘ulotlarga, suhbatga tayyorlanishda yordam beradi. Bu yo‘nalishda muhim va unutilmas voqea va sanalar tavqimi, bibliografik sharxlar, ma’lumotnomalar, metodik tavsiyalar keng tarqalgan.

Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin