Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari


Mavzu 8. Ikkilamchi hujjat oqimi (IXO) axborot manbai sifatida



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə12/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
сохавий

Mavzu 8. Ikkilamchi hujjat oqimi (IXO) axborot manbai sifatida
Ikkilamchi hujjatli oqim kо‘plab ikkilamchi manbalar sifatida tashkil etilgan. Umumiy va о‘ziga xos funksiyalar, ularning nisbati. Umumiy va о‘ziga xos xususiyatlar jihatidan ikkinchi darajali hujjat oqimi. Ikkilamchi hujjat oqimining xususiyatlari( yaratishda markazlashtirish va markazsizlashtirishning kombinatsiyasi, parallel qatorlar mavjudligi, dinamizm va boshqalar). Tarkibi. Tuzilishi. Jamoat amaliyotida ikkinchi darajali hujjat oqimidan foydalanish.
Bibliogrfiyaning turlari bibliografiyashunoslikda hali ham о‘z yechimiga ega bо‘lmagan masaladir. Bu masala bо‘yicha mutaxassislar о‘rtasida juda kо‘p tortishuv bо‘lgan.
Bibliografiyaning turlarga tasniflanishi masalasi “bibliografiya” atamasining alohida bibliografik qо‘llanmani yoki ularning yig‘indisini belgilash sifatida tan olingan vaqtda paydo bо‘lgan. Masalaning о‘zi bibliografik mahsulotni turli belgilari bо‘yicha tasniflash masalasi sifatida qaralgan.
Oktabr tо‘ntarishidan ilgarigi Rossiyada esa bu universal о‘nli tasnif jadvalidan foydalanish munosabati bilan shu kо‘rinishda paydo bо‘ldi. Bu jadval indekslaridan bibliografik materiallarni tasniflashda foydalangan B.S.Bodnarskiy uning birinchi targ‘ibotchisi va tarjimoni.
Bibliografiyaning turlarga tasnifi hozirda ham muhim ilmiy va amaliy vazifa bо‘lib qolmoqda. Keyingi yillarda bibliografiyaning turlarga tasniflashda asos qilib olingan belgilar, talablar turli mutaxassislar tomonidan turlicha tushunilib, masala yanada murakkablashmoqda. Masalan, bо‘lish asoslarining birligi (masalan, bir tasnif qatorida faqat bir belgisiga kо‘ra bir turining ajratilishi); bо‘linmalarning о‘zaro kesishib о‘tmasligi; bо‘linmalarning о‘zaro mosligi; bо‘linmalarning uzlyuksizligi kabi muhim talablarga mutaxassislarning e'tiborsizligi shunday sabablardan biridir.
Va nihoyat, bibliografiyaning turlicha bо‘linishi sohasida kо‘p ishlar qilingan. Bu borada SIBID standartlari tizimiga kirgan 4 ta Davlat standarti (GOST 16448 - 70, GOST 7.0 -77, GOST 7.0 - 84, GOST 7.0-1999) ishlab chiqildi. GOST 7.0-84 standartini ishlashda “bibliografiyaning turlari” unga kiritilmadi, bu terminni standartlashtirishga hali vaqt ertaligi mutaxassislar tomonidan tan olindi. Uni ilmiy ishlash muammosi hamon qolmoqda.
Keyingi yillarda bizning respublikamizda ham bu borada ma'lum ishlar qilindi. 2008 yilda “Axborot-kutubxonachilik faoliyati, bibliografiY. Atamalar va ta'riflar” О‘z DSt 1214 ishlanib, 2009 yil 14 aprelda tasdiqlandi va 2009 yil 20 apreldan amalda joriy qilina boshlandi (kuchga kirdi). Unda axborot texnologiyalari, bibliografik mahsulot, axborot tizimlari va resurslarini tashkil qilish, Axborot-kutubxona markazlari (AKM), axborot-resurs markazlari (ARM) va kutubxonalar bо‘yicha, hamda ularning faoliyati bо‘yicha atamalar, tushunchalar va ularning ta'riflari izohlab berilgan.
Bu standartda ham bibliografiyaning turlari emas, bibliografik mahsulotning turlari izohlangan. Demak, bibliografiyaning turlari masalasini hal etish kelajak ishi, ya'ni hozirgi talabalar – bо‘lajak mutaxassislarning vazifasi hisoblanadi.
b) Bibliografiyani turlarga tasnifi ishlab chiqarilgan mahsulotning bir xillik (о‘xshashlik) belgisi bо‘yicha 1 - dan, bibliografiyani tashkiliy mahkamalik qarashliligi asosida, 2 - dan, tuzilgan va tarqatilayotgan bibliografik mahsulotning bir xillilik (о‘xshashlik) belgisi bо‘yicha bо‘lish qabul qilindi.
Tashkiliy mahkamali bо‘ysunishi bо‘yicha bibliografiya har bir ijtimoiy institut ichida bо‘ladi. Chunki har bir institut birlamchi hujjatlar harakatini ta'minlovchi sohalarda - kutubxonachilik ishi, nashriyotchilik ishi, kitob savdosi, kitob palatalari faoliyati, ilmiy axborot faoliyati, arxiv ishida bibliografiya о‘zining yordamchilik, vositachilik rolini bajarib keladi. Shu asosda bibliografiyaning tashkiliy - rasmiy turi ajratiladi.
Ular: 1. Kutubxonachilik bibliografiyasi.
2. Nashriyotchilik bibliografiyasi.
3. Kitob savdosi bibliografiyasi.
4. Kitob palatasi bibliografiyasi (davlat bibliografiyasi).
5. Ilmiy axborot bibliografiyasi (ilmiy - texnika axboroti organlari faoliyatining bibliografik sohasi).
6. Arxiv bibliografiyasi.
Bibliografiya bu bо‘linmalari (turlari) ning о‘ziga xos xususiyati shundaki, bu turlarning ajratilishi bibliografiyaga emas, balki bibliografik xizmat qiladigan ijtimoiy institutga xosdir.


Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin