Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari


c) Bibliografiyaning ijtimoiy vazifasiga kо‘ra turlarga tasnifi



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə13/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
сохавий

c) Bibliografiyaning ijtimoiy vazifasiga kо‘ra turlarga tasnifi

Bibliografiyani turlarga ajratishda bibliografik mahsulotning biron belgisiga kо‘ra tasniflash asosida bibliografiyani turlarini shakllantirish mumkin. Bunda bibliografik mahsulotning ijtimoiy vazifasi va maqsadi bosh belgi bо‘lishi mumkin. Bibliografik faoliyatning ijtimoiy vazifasi va maqsadi mazmun jihatdan bir - biriga о‘xshash.


Bibliografiyani bibliografik axborotning asosiy ijtimoiy vazifalarini amalga oshirilishi bо‘yicha ikki turga - umumiy bibliografiya (qidirish va xabar berish vazifasining amalga oshuvi natijasida) va maxsus bibliografiya (baholash vazifasining amalga oshuvi natijasida) turlariga ajratish mumkin.
Umumiy bibliografiY. Bibliografik axborotning qidirish va xabar berish vazifalari tabiatan rasmiydir. Umumiy bibliografiya doirasida tuziladigan bibliografik axborot manbalari aniq maqsadga va kitobxonlik doirasiga, ma'lum xizmat kо‘rsatish doirasi bilan bevosita aloqaga ega emas.
Umumiy bibliografiya - bu bibliografik faoliyatning aniq bir kitobxonlik doirasini kо‘zlab emas, balki umuman jamiyatda keng kitobxonlar doirasini hujjatlar resurslari tо‘g‘risidagi bibliografik axborot bilan ta'minlash, hujjatlarni qidirish va bibliografik ma'lumotlarni tayyorlashni ta'minlaydigan sohasidir.
Demak, bu bibliografiya - hamma uchun tuzilgan bibliografiyadir.
Tasnifning keyingi pog‘onasida umumiy bibliografiya qidirish va xabar berish vazifasini amalga oshuvi nuqtai - nazaridan turlarga ajrtiladi. Ular:
a) davlat bibliografiyasi
b) repertuar bibliografiya
c) ommaviy axborot bibliografiyasi.
Davlat bibliografiyasi bilan kitob palatalari, masalan, О‘zbekistonda О‘zbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi shug‘ullanadi. Kitob palatasi davlat hududida nashr qilingan barcha bosma mahsulot turlarini alohida tо‘liq davlat hisobini olib boradi va bu hisob asosida davlat bibliografik qо‘llanmalari tizimini yaratadi (masalan, kitoblar va kichik risolalar - “О‘zbekiston Respublikasi matbuoti solnomasi”ga kirgan “Kitob solnomasi” da; gazeta va jurnallar maqolalari - yuqoridagi kо‘rsatkichga kirgan “Jurnal maqolalari solnomasi” hamda “Gazeta maqolalari solnomasi”da rо‘yxatga olinadi va hokazo).
Umumiy bibliografiya doirasida mamlakatning butun tarixi davomida nashr etilgan bosma mahsulotini tо‘liq hisobga olib boruvchi umumiy retrospektiv bibliografik nashrlar manbai ham tuziladi. Ular repertuar bibliografik manbalar deb ataladi. Bu bibliografiyaga 1917 - 1975 yillarda О‘zbekistonda nashr eilgan hamma kitob va kichik risolalarni tо‘liq rо‘yxatini о‘z ichiga olgan “Sovet О‘zbekistoni kitobi” nomli kо‘rsatkichni misol keltirish mumkin.
Umumiy bibliografiya doirasida yana ommaviy axborot bibliografiyasi turi ham ajratilib, u keng kitobxonlar ommasini yangi chiqqan adabiyotlar ichidan eng muhim ahamiyatga ega nashrlar bilan tanishtirib boradi. Bu bibliografiyani tarqatish kanallari asosan vaqtli matbuot nashrlaridir. Unga “Knijnoye obozreniye” gazetasida bosiladigan “Signal nusxalar” ruknida beriladigan yangi kitoblarning sistemali rо‘yxatini, О‘zbekistonda esa “Kitob dunyosi” gazetasida beriladigan yangi nashrlar rо‘yxatini misol olish mumkin.
Maxsus bibliografiY. Umumiy bibliografiyadan farq qilgani holda maxsus bibliografiya ma'lum xizmat sohasi bilan uzviy bog‘liq bо‘ladi, shu sababli bu bibliografiyada tuzilayotgan va iste'molchiga yetkazilayotgan bibliografik axborot о‘zining aniq maqsadi va kitobxonlik doirasiga ega.
Bu bibliografiyaning ichki tabaqalanishi xizmatning asosiy 6 ta doirasi bilan bog‘liq: fan, ijtimoiy taraqiyotni boshqarish, ishlab chiqarish, maorif - ta'lim (о‘rta va oliy, umumiy va maxsus), mustaqil bilim olish (umumiy va ixtisosli), g‘oyaviy - trbiyaviy (g‘oyaviy) ish.
Xizmat kо‘rsatishning har bir doirasi spetsifikasi bibliografiya ishining aniq maqsadi, mazmunini, uslubiyatini, tashkil etishni belgilab beradi.
Demak, umumiy bibliografiya va maxsus bibliografiyaning asosiy farqi shundaki, birinchisi hujjatga qaratilgan bо‘lib, unga maqsad va kitobxonlik doirasining aniqligi xos emas; ikkinchisi aniq iste'molchiga qaratilgan va har doim aniq maqsad va kitobxonlik doirasi unga xosdir.
Umumiy bibliografiya manbalari maxsus bibliografiyaga bog‘liq bо‘lmagan holda tuziladi.
Maxsus bibliografiya doirasida esa yana xizmat kо‘rsatish sohalarini hisobga olgan holda ilmiy - yordamchi va tavsiya bibliografiyasi turlari ajratiladi.
Ilmiy - yordamchi bibliografiya ixtisosli ishlab - chiqarish faoliyatiga, ya'ni fan, boshqaruv va ishlab chiqarish sohalarini bibliografik ta'minlashga qaratilgan bibliografiyadir. Bu bibliografiyada bibliografik axborotning asosan qidirish va xabar berish vazifasi amalga oshiriladi. “Qarshi chо‘li” (“Karshinskaya step”), “Mirzachо‘l” (“Golodnaya step”) kо‘rsatkichlarini bu turga misol olish mumkin.
Tavsiya bibliografiyasi esa maorif, mustaqil bilim olish, tarbiya masalalari va bilimlar targ‘ibotiga bibliografik yordam berishga qaratilgan bibliografiyadir. Tavsiya bibliografiyasida bibliografik axborotning baholash vazifasi yaqqol shaklda amalga oshiriladi. Bu albatta qidirish va xabar berish vazifalariga asoslangan holda keladi. Bu turga “Samarqand haqida nimalarni о‘qish kerak” yoki “Sibir na poroge XX1 veka” nomli kо‘rsatkichlarni olish mumkin.
Umumiy bibliografiya manbalaridan maxsus bibliografiya manbalarini yaratishda keng foydalaniladi (shu sababli ham umumiy bibliografiya ba'zan “asosli bibliografiya” deb ataladi).
Shunday qilib, umumiy bibliografiya - bu aniq maqsadsiz hujjatlarni qidirish va ular tо‘g‘risida xabar berish, keyinchalik ulardan maxsus foydalanishni ta'minlaydigan bibliografik qо‘llanmalar tuzish bо‘yicha faoliyat sohasidir.

d) Bibliografiyaning boshqa belgilariga kо‘ra tasniflanishi
Ijtimoiy vazifasi - bibliografiyani tasniflashda muhim, lekin yagona bо‘lmagan belgisidir. Shu sababli bibliografiyaning boshqa belgilari bо‘yicha ajratilgan turlari ham mavjud.
Xronologik chegarasiga kо‘ra bibliografiya uch turga:
1) kundalik
2) retrospektiv
3) perspektiv
turlariga bо‘linadi.
Kundalik bibliografiya - yangi chiqqan hujjatlar tо‘g‘risida muntazam axborot berib borish vazifasini bajaradi va bu bilan iste'molchilarga о‘z sohasi bо‘yicha hujjatlar oqimini muntazam kuzatib borish imkonini beradi. Bu bibliografiyada belgilangan chegarada tо‘liqlik, muntazamlik va axborotning tezkorligi talablari zaruriy shartlardir. Kundalik bibliografik axborot manbasi iste'molchiga katta bо‘lmagan va bir xil vaqt oralig‘ida (kelib tushishi) yetkazilishi zarur.
Kundalik bibliografik axborot manbalari haftalik, ikki haftalik, oylik, kvartallik bо‘lishi mumkin. Bu bibliografiyada davriylik katta bо‘lmasligi, kundalik bibliografik axborot bilan ta'minlash tezkorligi talablariga mos kelishi zarur. Bunga Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Mustaqil О‘zbekistonning madaniy hayoti” nomli kvartallik axborot nashrini olish mumkin.
Retrospektiv bibliografiya - (retrospeksiya - bu “о‘tmishga qarash” degan ma'noni anglatadi) ikkita asosiy vazifani bajaradi: bu bibliografiya ma'lum о‘tgan davr uchun hujjatlar oqimining rivojlanishiga yakun yasaydi va bibliografik xizmat kо‘rsatishda yig‘ilgan hujjatlar massivida retrospektiv qidirishni ta'minlaydi.
Yakunlovchi xarakterdagi retrospektiv bibliografik asarlar hamisha aniq, asosli hisob davriga ega bо‘ladi. U davr juda katta yoki kichik bо‘lishi mumkin. Masalan, “Sovet О‘zbekistoni kitobi” 1917 - 1975 yillar uchun bir necha bir - birini xronologik davom ettiruvchi kо‘rsatkichlar yoki “О‘zbekiston haqida dissertatsiyalar” nomli 1936 - 1968 yillarda yoqlangan doktorlik va fan nomzodligi dissertatsiyalarini rо‘yxatga olgan kо‘rsatkich.
Retrospektiv bibliografik qо‘llanmalarni yaratish hujjatlarni aniqlash, tanlash va tashkiliy baholash, ilmiy tizimlashtirish bо‘yicha katta (tadqiqot xarakteridagi) mehnatni talab qiladi. Bunday asarlar vaqt о‘tishi bilan ma'naviy madaniyat yodgorligi bо‘lib qoladi.
Perspektiv bibliografiya - nashrga tayorlanayotgan, lekin hali nashr etilmagan hujjatlar haqida bibliografik axborot manbai hisoblanadi, shu bibliografik axborot iste'molchiga yetkaziladi. Bu manbalar ma'lumotlarning aniqligiga kafolat bera olmaydi, chunki nashrga tayyorlanayotgan material tahririy tayyorgarlik davomida о‘zgartirib yuborilishi yoki u yoki bu sababga kо‘ra butunlay chiqmay qolishi mumkin. Shu bilan birga perspektiv bibliografiya manbalari kelgusida chiqadigan materiallar bilan oldindan tanishish imkonini beradi va ular bu borada muhimdir. Ular kutubxonachilar va bibliograflar, ilmiy - texnika axboroti organlarining xodimlari, kitob savdosi va nashriyot xodimlari uchun qiziqarlidir.
Bu bibliografiyaga nashriyotlarning yillik tematik rejalarini misol qilib olish mumkin. Massalan, “Ibn Sino nomidagi nashriyotning 2008 yil uchun tematik rejasi”.

Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin