Radikal (tubdan) — keskin choralar va harakatlarga intilish tarafdorlari. Intervensiya — bir yoki bir necha davlatning boshqa davlat ichki ishlariga zo‘ravonlik bilan aralashuvi, uning suverenitetini buzishi. «Harbiy kommunizm»— Sovet davlatining fuqarolar urushi sharoitidagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosati. Unda tijorat taqiqlanadi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ortiqchasini davlatga topshirish majburiy qilib qo‘yiladi. Natsionalizatsiya— xususiy mulkning, yirik korxonalar, yer, xalq xo‘jaligi sohalarining davlat mulkiga aylantirilishi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1917-yiliRossiyadabolsheviklarhokimiyatiningo‘rnatilishigamam- lakatdavujudgakelganqandayiqtisodiyvasiyosiyholatlarsababbo‘ldi?
SSSRdagi industrlashtirish va kollektivlashtirish siyosatlarining maqsadi nimadan iborat edi? Ular qanday oqibatlarga olib keldi?
Madaniy inqilob nima maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ydi va qanday natijalarga erishildi?
1930-yillari sovetlar olib borgan tashqi siyosatning tajovuzkor jihatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
8-MAVZU. 1918 - 1939-YILLARDA BUYUK BRITANIYA Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy harakatlar. Birinchi jahon urushi Buyuk Britaniyaning hukmron doiralariga katta siyosiy g‘alaba va obro‘ olib keldi, mustamlaka imperiyasi yanada kengaydi, katta reparatsiya olindi. Ammo bu g‘alaba Buyuk Britaniya uchun juda qimmatga tush- di. Urushdan oldin kreditor (qarz beruvchi) bo‘lgan Buyuk Britaniya AQSHdan va o‘z dominionlaridan qarzdor bo‘lib qoldi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘lib, inqiroz va turg‘unlik odatiy holga aylandi. Ish tashlash harakati jiddiy tus oldi. Ishchilar ish haqining oshirilishi va ish kunining qisqartirilishini talab qildilar. Shunday sharoitda shaxtyor- lar ish haqining kamaytirilishi Bu- yuk Britaniya tarixidagi eng katta ijtimoiy mojarolardan biri — 1926-yil mayda ishchilarning umumiy ish tashlashini keltirib chiqardi. Jahon iqtisodiy inqirozi Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga juda katta ta’sir qilmadi. 1934-yildan boshlab mamlakat inqirozdan chiqa bosh- ladi. 1937-yili Buyuk Britaniya sanoatning asosiy sohalari bo‘yicha jahon iqtisodiy inqirozidan oldingi ko‘rsatkichlarga yetib oldi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqa- rishning o‘sishi, asosan, uy-joy quri- lishining keskin oshishi va sanoat- ning avtomobilsozlik, samolyotsozlik, dvigatellar va radioapparaturalar ishlab chiqarish kabi yangi sohalari o‘sishi hisobiga yuz berdi. Buyuk Britaniya iqtisodining tiklanishida harbiy sanoatning jadal rivojlanishi ham katta rol o‘ynadi. Siyosiy hayot. Buyuk Britaniyada uzoq yillar konservatorlar va liberallar davlatni boshqarib, parlament saylovlari natijasida bir-birini almashtirib keldilar. Bu ikki partiyali siyosiy tizim jamiyatda barqa- rorlikni saqlab turdi.
Uinston Cherchill.
Mamlakatdagi murakkab siyosiy va iqtisodiy holatda, keng mehnatkash omma ongida yuz bergan o‘zgarishlar natijasida 1918 - 1924-yillari an’anaviy ikki partiyali tizim jiddiy inqirozni boshidan kechirdi. Shu sababli 1920-yillar boshida leyborist- lar Buyuk Britaniya siyosiy tizimida ik- kinchi partiya sifatida o‘rnashib oldi. Ular 1924-yil yanvarda Buyuk Britaniya tari- xida birinchi marta hukumatni boshqardi.Jamoa palatasida ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lmagan bu partiya ham bir yildan kamroq hokimiyatda turdi, ammo ishsizlar va pensionerlar ahvolini yaxshilash borasida bir qator tadbirlarni amalga oshirdi.
1937 — 1940-yillari hukumatni konservatorlar yetakchisi Nevill Chemberlen boshqardi. 1938-yili Myunxen kelishuvining imzolanishi natijasida Nevill Chemberlen 1940-yili hukumat boshlig‘i lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Hukumatni XX asr Buyuk Brita- niya tarixida juda katta rol o‘ynagan siyosatchi Uinston Cherchill boshqardi. Mustamlaka va dominionlar bilan munosabat. Buyuk Britaniya- ning hukmron doiralari mustamlakalardagi milliy-ozodlik harakatlarini qurol kuchi bilan shafqatsiz bostirdi. 1919-yili Hindistonning Armit- sar shahrida ingliz qo‘shinlari tinch namoyishchilarni o‘qqa tutdi. Misrda inglizlarga qarshi qo‘zg‘olonni bostirish maqsadida jazo ope- ratsiyasi o‘tkazildi. Shunga qaramasdan, 1922-yili inglizlar Misrning mustaqilligini tan olishga, Buyuk Britaniya Afg‘oniston va Eronning tashqi va ichki siyosatini nazorat qilishdan ham voz kechishga majbur bo‘ldi. Nihoyat, irlandlarning ozodlik uchun olib borgan yuz yillik kurashi muvaffaqiyatli yakunlandi. 1921-yil dekabrda Buyuk Britaniya dominion huquqiga ega bo‘lgan «Ozod Irlandiya davlatini» tan oldi.
N. Chemberlen, E. Dalad’e, А. Gitler va B. Mussolini Myunxen kelishuvini imzolagandan so‘ng (chapdan).
Bu davrda Buyuk Britaniya bilan uning dominionlari — Kanada, Avstraliya, Janubiy Afrika Ittifoqi, Yangi Zelandiya o‘rtasidagi munosa- batlarni 1931-yili qabul qilingan Vestminster statuti deb nomlan- gan hujjat belgilab berdi. Statutga ko‘ra o‘z ichki mustaqilligiga ega bo‘lgan dominionlar bilan metropoliya birgalikda Britaniya Millatlar Hamdo‘stligi nomli ittifoqni tashkil qildi. Tashqi siyosat. 1930-yillarda o‘zining iqtisodiy, harbiy va ijtimoiy yutuqlarini namoyish qilayotgan Germaniyadan qo‘rqish hissi Buyuk Britaniya siyosatini belgilab berdi. Buyuk Britaniyada, umuman Yev- ropaning boshqa davlatlarida ham fashizmdan qo‘rqish hissi bo‘lajak urushda fashistlarning kuchlari Sovet Ittifoqiga qarshi qaratiladi, degan umid bilan qo‘shilib ketgan edi. Shu umid tufayli ular fashistlaming tajovuzkor siyosatiga faol qar- shilik ko‘rsatmadi. Bu siyosat tarixda «tajovuzkorga yon berish» siyosati nomini oldi. Buyuk Britaniyada bu siyosat
yili hokimiyatga kelgan bosh vazir Nevill Chemberlen nomi bilan bog‘liq. Boshlanishi muqarrar bo‘lib qolgan urushni sharqqa qarab yo‘naltirish maqsadida Nevill Chem- berlen Adolf Gitler, Benito Mussolini va Eduard Dalade bilan birgalikda
yili Myunxen kelishuvini imzo- ladi. Kelishuv natijasida Chexoslovakiyaning, asosan, nemis millatiga mansub aholi yashaydigan Sudet viloyati Germaniyaga berildi. Ammo Germaniya bu bilan cheklanmadi. U 1939-yil 1-sentabrda Polshaga bostirib kirdi va Ikkinchi jahon urushini boshlab berdi. 3-sentabr kuni Polshaning ittifoqchisi bo‘lgan Buyuk Britaniya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi va shu tariqa boshlanib ketgan Ikkinchi jahon urushiga qo‘shildi.