Kapitulatsiya — urushayotgan tomonlardan birining urush harakatlarini, qurolli qarshilik ko‘rsatishni da- vom ettirishdan voz kechishi.
Koalitsiya — umumiy maqsadga erishish uchun ayrim shaxslar, siyosiy partiyalar, davlatlar o‘rtasida tuziladigan ittifoq.
Xartiya — majburiy kuchga ega bo‘lmagan xalqaro aktning umumiy qoidalari va maqsadlarini ifodalaydigan hujjat.
Deklaratsiya — qandaydir muhim ma’lumotlar bayon qilingan ayrim rasmiy hujjatlarning nomlanishi.
Diviziya — yirik harbiy qism.
Evakuatsiya — urush harakatlari bo‘layotgan hududdan odamlar, muassasalar, korxonalar va boshqalarning urush bo‘lmayotgan xavfsiz hududlarga ko‘chirilishi.
Gestapo — davlat maxfiy politsiyasi; fashistlar Germaniyasida o‘zgacha fikrlovchilarga qarshi kurashish uchun tuzilgan kuch ishlatuvchi tashkilot.
Tribunal — favqulodda, ko‘pchilik hollarda harbiy sud.
Anshlyus — qo‘shib olish, ittifoq. Avstriyaning Germaniya tarkibiga qo‘shib olinishiga nisbatan qo‘llaniladi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Fashistlar Germaniyasining tor-mor qilinishida dunyo davlat- larining o‘rni qanday?
SSSRning Yaponiyaga qarshi urushga qo‘shilishi Ikkinchi jahon urushining yakunlanishida qanday rol o‘ynadi? Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan atom bombalari urushning yakuniga hal qi- luvchi ta’sir ko‘rsatdimi?
3. Ikkinchi jahon urushining asosiy natijalari haqida gapirib bering.
4.Urush natijalari undan keyingi o‘n yillar jahon taraqqiyotining qanday yo‘nalishini belgilab berdi?
5. BMTning tuzilishi urushdan key in dunyoda tinchlikni saqlashda qanday rol o‘ynadi?
Nyurnberg va Tokio xalqaro sudlarining qarorlari qanday siyosiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi?
15-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI XALQARO MUNOSABATLAR: «SOVUQ URUSH»NING BOSHLANISHI
Antigitler koalitsiya a’zolari urushda g‘alaba qozonib, insoniyat sivilizatsiyasi tarixida yangi sahifani ochganlarida, bu sahifaga ni- malar yoziladi-yu, uning mazmuni qanday bo‘lishini hali hech kim ayta olmasdi. Ammo bor-yo‘g‘i 30 yil ichida insoniyat tarixidagi eng dahshatli ikkita urushga bevosita guvoh bo‘lgan dunyo xalqlarini tinch-totuv yashash istagi, tinch rivojlanish orzusi birlashtirib turardi.
«Sovuq urush»ning boshlanishi. Dunyoni hududiy qayta bo‘lish uchun olib borilgan ikkita jahon urushlaridan so‘ng dunyodagi kuchlar nisbatida katta o‘zgarishlar yuz berdi. G‘arbning liberal-de- mokratik davlatlari bilan SSSR o‘rtasida ziddiyatlar kuchayib bordi. Urushdan so‘ng AQSH sovet — Amerika munosabatlari tarixida birin- chi marta SSSRga qarshi yadro qurolini qo‘llashi mumkinligi bilan tahdid qildi. Iste’foda bo‘lsa-da, urush yillari katta obro‘ orttirgan U Cherchill 1946-yil martda AQSHning Fulton shahrida Vestmins- ter kolleji tinglovchilari oldida so‘zga chiqib, AQSHga «tinchliksevar xalqlarning sovet tajovuziga» qarshi kurashiga boshchilik qilishni taklif qildi. U. Cherchill ushbu nutqida qo‘llagan «temir parda» iborasi uzoq vaqt G‘arb bilan Sharq o‘rtasidagi ramziy chegara bo‘lib qoldi.
1947-yil iyun oyida AQSH davlat kotibi J. Marshall Yevropa mamlakatlariga urush oqibatlarini bartaraf qilishda yordam ko‘rsa- tish g‘oyasini ilgari surdi. Sovet diplomatiyasi «Marshall rejasi»ni rad etdi. Sovetlar «Marshall rejasi»ni SSSRning Sharqiy Yevropada- gi ta’siriga navbatdagi xavf, Amerika kapitalining Yevropani egallash uchun urinishi, deb baholadi. Voqealarning keyingi rivoji bu baho uncha to‘g‘ri emasligini ko‘rsatdi. Yevropaning ikki guruhga, bir tomondan, «Marshall rejasi»ni qabul qilgan va AQSH bilan yaqinlashuv yo‘lini tanlagan davlatlar, ikkinchi tomondan, taraqqiyot- ning sotsialistik yo‘lini va SSSR bilan hamkorlikni tanlagan davlat- larga bo‘linishi ancha uzoq davom etgan qarama-qarshilikni boshlab berdi. Yevropa qit’asida, keyin esa butun dunyo miqyosida bir-biriga qarama-qarshi turgan harbiy-siyosiy va iqtisodiy ittifoqlar tizimi shakllandi. Dunyoning eng katta davlatlari - AQSH va SSSR bu ittifoqlarning markazlariga aylandi.
1949-yil yanvarda SSSR va Sharqiy Yevropaning ko‘pchilik dav- latlari iqtisodiy ittifoq - O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O‘IYK) tuzilganligini e’lon qildilar. O‘z navbatida G‘arb davlatlari 1949-yil aprelda Shimoliy Atlantika Shartnomasi tashkiloti (NATO) deb ata- luvchi harbiy-siyosiy tashkilotni tuzdilar. NATOga javob tariqasida 1955-yili SSSR va Sharqiy Yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy it- tifoqi — Varshava Shartnomasi Tashkiloti tuzildi.
AQSH va SSSR: dunyoni bo‘lish uchun kurash. Karikatura.
Mustamlaka tizimining qulashi. Mustamlaka tizimining qulashi va yangi, mustaqil davlatlarning tashkil topishi jahon taraqqiyotidagi ikki qutbli tizimga berilgan kuchli zarba bo‘ldi. 1950-yillardayoq bu mam- lakatlar o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlash uchun xalqaro maydonga chiqdilar va keyinchalik «uchinchi dunyo mamlakatlari» nomini oldi. Bu hol qo‘shilmaslik harakati paydo bo‘lishi uchun zamin yaratdi.
Yangi davlatlarning ko‘pchiligi o‘z taraqqiyot yo‘lini na SSSR va na AQSH bilan qattiq bog‘lashni istamadilar. Keyin bu tendensiya yanada rivojlandi: Iosif Broz Tito, Javoharlal Neru, Jamol Abdul No- sir tashabbusiga ko‘ra mustamlakachilikdan ozod bo‘lgan mamlakatlar 1961-yili Qo‘shilmaslik harakatini tashkil qildilar.
1970—1980-yillardagi xalqaro munosabatlar. 1970-yillari xalqaro munosabatlardagi keskinlik biroz yumshadi. 1972-yili SSSR bilan AQSH o‘rtasida strategik qurollarni cheklash bo‘yicha birinchi shartnoma (SQCH-1) va 1975-yili Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik kengashi- ning Yakunlovchi akti imzolandi. Bu hujjat shartnoma emasdi, ammo katta axloqiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi, zotan u xalqaro munosa- batlarda yangi taraqqiyparvar normalarni o‘rnatdi. Shunday holatda
1979-yili SSSR va AQSH o‘rtasida SQCH-2 shartnomasi imzolandi.1979-yil dekabrda Afg‘onistonga sovet qo‘shinlari kiritildi va xal- qaro munosabatlarda yana keskinlik boshlandi. Bu keskinlikni yum- shatish, ikki tomonni ham qanoatlantiradigan munosabatlar shaklini topish uchun ilk harakatlar SSSR va AQSH liderlari M.S. Gorbachev va R. Reyganning 1980-yillari Jeneva va Reykyavikdagi uchrashuvla- rida boshlandi. Bu uchrashuvlar biron-bir shartnoma imzolanishi bilan yakunlanmagan bo‘lsa-da, ikkala tomonning ham insoniyatni yadro urushi xavfidan xalos qilishga bo‘lgan intilishini namoyon qildi.
Dunyoning kapitalistik va sotsialistik mamlakatlarga bo‘linishi.
XX asrning 80-yillari.1980-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab 1990-yillarning bosh- larigacha xalqaro munosabatlarda faollik va iliqlik davri bo‘ldi.
Jahon tarixi eng yangi davrining uchinchi bosqichi 1991-yildan
boshlanib, hozirgi kungacha bo‘lgan voqealarni o‘rganadi. Bu davrda
sotsialistik tizimning barbod bo‘lishi, SSSRning tarqalib ketishi jahon
miqyosida kuchlar nisbatiga, qudratli davlatlar o‘rtasidashakllangan muvozanatga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Bu davrda iqtisodiy va madaniy hayotning globallashuvi, ekologiya muammolarining keskinlashuvi, jahonning juda katta qismida moder- nizatsiya jarayonlarining tugallanmaganligi bilan bog‘liq ziddiyatlarning kuchayishi xalqaro barqarorlikka jiddiy xavf sola boshladi, ko‘plab mamlakatlardagi murakkab muammolarning manbayiga aylandi.
XX asrning 90-yillari oxirida xalqaro munosabatlar. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng jahondagi kuchlar nisbatini belgilab kelgan kapitalistik va sotsialistik harbiy-siyosiy bloklar o‘rtasidagi qarama- qarshilik 1990-yillarda barham topdi. Ammo, ayni paytda, mintaqa- viy mojarolar va «kichik urushlar» xavfi kuchayib, shaxs hamda xalqlarning huquq va xavfsizligini himoya qilish, gumanitar-huquqiy, madaniy aloqalarni ta’minlash, obyektiv axborot tarqatish masalalari jahon siyosatining dolzarb muammolariga aylandi.
1990-yillar boshlarida xalqaro munosabatlar tizimida tub buri- lish yuz berdi. Avval Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotsializmning barbod bo‘lishi, keyin esa SSSRning tarqalib ketishi va «ikki qutbli dunyo» modelining barham topishi natijasida dunyoda bitta qutb, ya’ni AQSH boshchiligida G‘arb davlatlarining hukmron- ligi o‘rnatildi. Sobiq sotsialistik lager mamlakatlaridagi qiyinchiliklar, Germaniyaning birlashishi va G‘arb davlatlaridagi integratsiyalashuv jarayonlari XX asr oxiri — XXI asr boshlaridagi xalqaro munosabat- larning muhim omiliga aylandi.
Ayni paytda ikki qutbli dunyo tizimining o‘zgarishi bir qator dav- latlar siyosiy rivojlanishida keskin burilishga, totalitar mafkuraning barham topishiga olib keldi. Vujudga kelgan mafkuraviy bo‘shliqqa mil-latchilik, diniy mutaassiblik, tajovuzkorlik g‘oyalari kirib kela boshladi. BMTning tinchliksevarlik harakatlari har doim ham samarali bo‘lmadi. Ikki qutbli dunyo barham topgandan so‘ng global to‘qnashuv xavfi o‘rnini lokal urushlar xavfi egalladi.
Sobiq SSSR va Yugoslaviya hududlaridagi muammolardan tashqari Yaqin Sharqdagi holat ham tangligicha qoldi. Shuningdek, Hindiston va Pokistonning yadro quroliga ega bo‘lish uchun qilgan intilishlari shu mintaqadagi ziddiyatlarni kuchaytirdi.
Dunyoning turli mintaqalaridagi siyosiy beqarorlik yangidan yangi mojarolarni keltirib chiqardi. 1990-yillar oxirida Tropik va Janubiy Afrikaning bir qator mamlakatlari qonli urushlar, davlat to‘ntarishlari, partizanlik harakatlari maydoniga aylandi.
XXI asr boshlaridagi xalqaro munosabatlar. XXI asr boshlariga kelib jahonda yangi qudratli davlatlarning pay do bo‘lishi va ularning muqobil markazlarga aylanish jarayoni ko‘zga tashlanib qoldi. Bu davlatlar ta’sirining oshishida ularning iqtisodiy imkoniyatlarini o‘sishi asosiy omil bo‘ldi. Hindiston, Pokiston va Shimoliy Koreyaning yadro quroliga ega bo‘lishi bu davlatlarning xalqaro munosabatlarda musta- qilligini oshirdi. Eron ham o‘z rolini oshirishga intilib, boshlagan yadroviy dasturi jahon jamoatchiligini qattiq tashvishga soldi.
Dostları ilə paylaş: |