Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə19/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
jahon-tarixi

Rang-barang dunyo
Xitoy va Braziliyaning jadal rivojlanishi ularni «uchinchi dunyo» mamlakatlari qatoridan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning kuch- li o‘nligiga va jahon siyosatining yetakchilari qatoriga olib chiqdi. Shunday jadal rivojlanayotgan boshqa mamlakatlar — Turkiya, Saudiya Arabistoni, Meksika, Fors ko‘rfazi mintaqasidagi arab davlatlari va boshqa davlatlar xalqaro va mintaqaviy munosabatlarga kuchli ta’sir ko‘rsata boshladi. Ayni paytda AQSHning xalqaro munosabatlarda bu davlatlarga ta’siri kamayib bordi. Shu tariqa ko‘pqutbli dunyo modeli­ning shakllanish jarayoni boshlandi. Bu jarayonda har bir davlat o‘z o‘rniga ega bo‘lishga intilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017-yil
19-sentabrda BMTning 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi ko‘pqutbli dunyo shakllanishi va globallashuv jarayonida O‘zbekistonning o‘rnini bel- gilab berishga qaratildi. Uning Markaziy Osiyoni tinch va gullab- yashnayotgan hududga aylantirish, Orol muammosini hal qilishda umumjahon ishtiroki, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va butun dunyo yoshlarini terrorchilik xavfidan asrab qolish zarurligi haqidagi taklif- lari jahon jamoatchiligi tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.
Dunyo shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. Jahonda yangi paydo bo‘lgan qudratli mamlakatlar 2008 — 2009-yillardagi jahon moliyaviy inqirozi YI va AQSHga jiddiy ta’sir ko‘rsatganidan foydalanib, ja- hon iqtisodiyotida kuchlar nisbatini o‘zgartirishga intilmoqdalar. Ayni paytda jahon iqtisodiyotining boshqaruvchanligini oshirish maqsadida G‘arb davlatlarining rivojlanayotgan mamlakatlar bilan yaqinlashuvi yuz bermoqda. Shu maqsadda jahonning 20 ta iqtisodiy eng yirik mamlakatlari vakillarini birlashtirgan «Katta yigirmalik» — G-20 klubi tashkil qilindi. G-20 mamlakatlari jahon iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Zero, jahon YIMining 80%i shu mam­lakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi, Yer yuzi aholisining 2/3 qismi shu mamlakatlarda istiqomat qiladi.
Iqtisodiy hamkorlik va integratsiyaning kuchayishiga qaramas-
dan, jahon hamjamiyati oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qa- tor muammolar turibdi. Ular, avvalo, Yaqin Sharq (Iroq, Falastin, Suriya), Shimoliy Koreya, Ukraina va Afrikadagi mojarolar bilanbog‘liq. Bu muammolarni hal qilishga G‘arb mamlakatlari, Rossiya va Xitoyning turlicha yondashuvi ular o‘rtasidagi munosabatlarni mu- rakkablashtirmoqda.
Ikki yetakchi yadroviy davlat — AQSH va Rossiya o‘rtasidagi murak- kab munosabat jahon jamoatchiligi oldida turgan bir qator dolzarb muammolarni hal qilishga xalaqit bermoqda. Shunday muammolar ichida eng xavflisi xalqaro terrorizmdir. U hozir global jahon sivilizatsiyasining shakllanish jarayoni o‘z yakuniy pallasiga o‘tayotgan davr- da yangi sifat kasb etdi va jahon siyosatida katta muammoga aylandi.
Xalqaro munosabatlardagi o‘zgarishlar XXI asrda xalqaro xavfsizlik va hamkorlikka asoslangan yangi dunyo tartibini o‘rnatish g‘oyasining ilgari surilishiga olib keldi. Ammo bu vazifani amalga oshirish ja­hon mamlakatlari, birinchi o‘rinda, yetakchi davlatlar o‘rtasida ham- korlikni talab qiladi.
«Sovuq urush» yakunlangandan so‘ng xalqaro munosabatlarda, av- valo AQSH va Rossiya o‘rtasida vujudga kelgan hamkorlik holati 2014-yilgacha davom etdi. Shu yili Ukrainada boshlangan siyosiy inqiroz Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi jiddiy qarama-qarshi- likning yangi bosqichiga olib keldi.
XXI asrga kirib kelgan insoniyat nafaqat global da’vatlarga, bal- ki geosiyosiy holatning o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarga ham duch kelmoqda. Yagona buyuk davlat bo‘lib qolgan AQSH o‘zining yetakchilik rolini jahon hamjamiyatining xohish-irodasi sifatida taqdim etib keldi. Iroq va sobiq Yugoslaviya, Afg‘oniston va Suriyada harbiy kuchning qo‘llanilishi, Shimoliy Atlantika ittifoqining kengayishi, sayyoramizning boshqa mintaqalarida ham kuchdan keng foydalanish AQSHning jahonda mutlaq gegemonligini namoyish qildi. Ammo bugun xalqaro munosabatlarda tobora katta rol o‘ynayotgan Xitoy, Rossiya, Hindiston kabi davlatlarning bunga rozi bo‘lishi qiyin. Vu­judga kelgan sharoitda insoniyatning haqiqiy xavfsizligi mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikning chuqurlashuvi bilan emas, sivilizatsiyani saqlab qolish va uning gullab-yashnashini ta’minlashga qodir bo‘lgan o‘zaro hamkorlik bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin