Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə17/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
jahon-tarixi

Plantatsiya — maxsus qishloq xo‘jalik ekinlari yetish- tiriladigan katta xo‘jalik.
Diktatura — hech qanday cheklovlarsiz, hukmron sinfning kuchiga tayanib ish yurituvchi hokimiyat.
Ekspansiya — bir davlatning o‘zga mamlakatlar hududi va bo- zorini egallab olish maqsadida o‘z siyosiy va iqtisodiy ta’sirini yoyishga qaratilgan siyosati.


14-MAVZU: IKKINCHI JAHON URUSHI VA
UNING YAKUNLARI

Germaniyada fashistlarning hokimiyatga kelishi va xalqaro munosabatlar. 1933-yil yanvarda Germaniyada A. Gitler boshchiligidagi natsional-sotsialistik ishchi partiyasi hokimiyatga keldi. U Ger- maniyaning Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyati uchun o‘ch olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan urush partiyasi edi.
1938-yilgi Myunxen kelishuvi. Avstriya anshlyus qilingandan
so‘ng Germaniya Chexoslovakiyani bosib olishga tayyorlana boshladi. Chexoslovakiyaning Sudet viloyati aholisining ko‘pchiligini nemis millati tashkil etardi.
Myunxen kelishuvidan keyin ikkita frontda urush olib borishni istamagan SSSR bilan Germaniya manfaatlari vaqtincha mos tushdi. Bu 1939-yil 23-avgustda 10 yil muddatga o‘zaro urush qilmaslik to‘g‘risida Sovet-German paktining (Molotov—Ribbentrop pakti) imzolanishiga olib keldi.



Nemis bombardimonidan yashiringan sovet bolalari. 1941-yil, iyul.
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. 1939-yil 1-sentabr kuni Germaniyaning Polshaga bostirib kirishi bilan Ikkinchi jahon urushi boshlandi va 1945-yil 2-sentabrgacha davom etdi. Polshaga yordam berishni va’da qilgan Buyuk Britaniya va Fransiya 3-sentabr kuni Germaniyaga urush e'lon qildi.
Sovet rahbarlari paytdan foydalanib qoldi. 1939-yil 17-sentabr kuni Pol­shaga sovet qo‘shinlari kiritildi. Ger- maniya bilan SSSR o‘rtasida do‘stlik shartnomasi imzolanib, unda Polsha davlati siyosiy xaritadan butunlay o‘chirib tashlandi.
1940-yillarda sovet — fin urushi bo‘lib o‘tdi. Sovetlar juda katta yo‘qotishlar evaziga Kareliyani Viborg shahri bilan birga SSSR tarkibiga qo‘shib oldi. Ammo tezkor g‘alaba qi- lish va Finlandiyani qaram davlatga aylantirish rejasi amalga oshmadi. SSSR tajovuzkor davlat sifatida Millatlar Ligasi tarkibidan chiqarildi.
1940 yil martda SSSR Finlandiya bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi. 1940 yil sentabrda Germaniya, Yaponiya va Italiya o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv — Uchlar pakti imzolandi. Tez orada bu paktga Vengriya, Ruminiya, Slovakiya va Bolgariya ham qo‘shildi.


Antigitler koalitsiya. Urush
davri plakati.
Germaniyaning SSSRga bostirib kirishi. Germaniya bilan SSSR o‘rtasidagi urush muqarrar bo‘lib, G‘arbiy Yevropaning egallanishini Gitler o‘zining asosiy rejasi — Sharqqa yurish uchun tayyorgarlik sifatida qarayotgan edi. Gitler SSSRni shiddat bilan tor-mor qilishni ko‘zda tutgan «Barbarossa» rejasini tasdiqladi.
1941 yili 22-iyunda Germaniya SSSRga bostirib kirdi. Germaniyaning hujumi SSSR uchun kutilmaganda yuz berganligi I. Stalinning eng yirik xato- laridan biri bo‘ldi.
Urushning to‘satdan b oshlan ishi shunga olib keldiki, sovet aviatsiyasining katta qismi havoga ko‘tarilishga ulgurmasdan aerodromlarda yo‘q qilindi, qo‘shinni boshqarish va ta’minlash tizimi izdan chiqdi.
Antigitler koalitsiyaning tuzilishi. Germaniya SSSRga hujum boshlashi bilan Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cherchill va AQSH prezidenti F.D. Ruzvelt sovetlar bilan birdamligini e’lon qildi.
1941 yil avgustda AQSH va Buyuk Britaniya urush payti va undan keyingi hamkorlik tamoyillari to‘g‘risida deklaratsiyani — Atlan- tik xartiyani imzoladi. Bu hujjatni imzolagan tomonlar hududiy va boshqa boyliklarni egallab olishga intilmaslik, xalqlarning o‘z bosh- qaruv shaklini erkin tanlash huquqini hurmat qilish, zo‘ravonlik yo‘li bilan suverenitetidan mahrum qilingan xalqlarning o‘z huquqlarini tiklashga intilishini qo‘llab-quvvatlash majburiyatini o‘z zimmasiga oldilar. 1941-yil sentabrda SSSR Atlantik xartiyaning asosiy tamoyillarini qabul qildi.
Tinch okeanida Yaponiya boshlagan jangovar harakatlar AQSH- ning urushga qo‘shilishini va antigitler koalitsiyaning batamom shakl- lanishini tezlashtirdi.
1941-yil dekabrda AQSHning urushga qo‘shilishi bilan antifashistik koalitsiya tashkiliy jihatdan rasmiylashtirildi. Koalitsiya a’zolari va Uch- lar ittifoqiga qarshi urushayotgan boshqa davlatlar hukumatlari Dekla- ratsiya imzoladilar. Unda dushman ustidan g‘alabaga erishish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilish, separat sulh tuzmaslik majburiyatlari yuklandi, urushdan keyin dunyo tar- tibi Atlantik xartiya tamoyillari asosida o‘rnatilishi belgilab qo‘yildi.
Urushning borishi. AQSH urushga qo‘shilishi bilan antigitler koalitsiya davlatlari moddiy va insoniy resurslarda so‘zsiz ustunlikka erishdi. Biroq, Rossiya. urushning borishida burilish birdaniga yuz bermadi. 1941-yil dekabrda nemis qo‘shinlari Moskva ostonalarida jangni boy berdi va urushdagi dastlabki jiddiy mag‘lubiyatga uchradi- lar. Ammo ularning hujumkorlik ruhi hali sindirilmagan edi. 1942-yil bahor-kuzida nemis qo‘shinlari Volga daryosiga va Shimoliy Kavkazga chiqdilar. Afrikada German — Italyan qo‘shinlari hamon Misrga xavf solib turardi, Yaponiya Malayziya, Birma, Filippin, Indoneziyani bosib oldi, yapon qo‘shinlari Hindiston va Avstraliya bo‘sag‘asida turardi.
1943 yil noyabrda sovet qo‘shinlari Stalingrad ostonalarida qarshi hujumga o‘tib, Volgaga chiqqan German qo‘shinlarining katta guruhi —22 ta diviziyasini qurshab oldi va tor-mor qildi. 1943-yil fevralda qurshovdagi nemis qo‘shinlari taslim bo‘ldi.

U. Cherchill, F. Ruzvelt, I. Stalin. Qrim (Yalta) konferensiyasida.
1945-yil, fevral (chapdan).

Stalingrad ostonalaridagi mag‘lubiyat Uchlar ittifoqi davlatlari uchun halokatli bo‘ldi. Germaniya o‘z armiyasining jangovar qobiliyatini tik- lash uchun yalpi safarbarlik e’lon qildi. Germaniyaning zaxiradagi barcha qo‘shinlari Sharqiy frontga jalb qilindi, natijada ittifoqchilar 1944-yil may oyida Italyan — German qo‘shinlarini Afrikadan to‘liq quvib chiqishga erishdilar.


1944 yili Sovet Ittifoqi o‘z hududini to‘liq ozod qildi, sovet qo‘shinlari Sharqiy Yevropaga kirib keldi. 1944-yili ittifoqchilar Fran- siyaning shimoli-g‘arbiga qo‘shin tushirib, Fransiya va Belgiyani ozod qildi. Urush Germaniyaning o‘z hududlariga yetib keldi.
Fashizmga qarshi kurashda Italyan — German qo‘shinlari tomonidan zabt etilgan hududlardagi milliy-vatanparvar kuchlari — general de Goll boshchiligidagi «Ozod Fransiya» Qarshilik harakati, I.B.Tito bosh- chiligidagi Yugoslaviyaning ozodlik harakati katta rol o‘ynadi.
Urush yillari gitlerchilarga qarshi koalitsiya davlatlarining o‘zaro munosabatlariga oid asosiy masalalar SSSR, AQSH va Buyuk Bri- taniya liderlarining uchrashuvlarida hal qilindi. Urush davomida shun- day uchrashuvlar uchta—Tehronda (1943), Qrim (Yalta)da (1945-yil, fevral), Potsdamda (1945-yil, iyul-avgust) bo‘lib o‘tdi.
Germaniyaning taslim bo‘lishi. 1945-yil 16-apreldan 2-may- gacha Berlin operatsiyasi amalga oshirilib, shu vaqt ichida Uchinchi reyxning poytaxti o‘rab olindi va shturm bilan zabt etildi. Reyxstag ustida sovetlarning qizil bayrog‘i o‘rnatildi.
1945- yil 8-may kuni Oliy bosh qo‘mondon o‘rinbosari G.K. Jukov Sovet Ittifoqi nomidan Germaniyaning so‘zsiz taslim bo‘lganligi to‘g‘risidagi aktni imzoladi. 9-may SSSRda «G‘alaba kuni» deb e’lon qilindi.
Urush yillari SSSR tarkibida bo‘lgan O‘zbekiston ham fashizmga qarshi kurashda faol ishtirok etdi. Harbiy xizmatga chaqirilganlarning bir qismi halok bo‘ldi, o‘n minglab kishilar bedarak yo‘qoldi, nogiron bo‘lib qaytdi. Frontda qahramonlik ko‘rsatgan yuzlab o‘zbekistonliklar Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga, orden va medallarga sazovor bo‘ldilar. Urush yillari front oldi hududlaridan 1 mln. dan oshiq kishi O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi, shundan 200 mingdan oshig‘i bolalar edi. Ular o‘zbek oilalarida boshpana va mehr topdi. Bundan tashqari, SSSRning frontga yaqin hududlaridan bir qancha sanoat korxonalari O‘zbekistonga ko‘chirib keltirildi. Ular front uchun har­biy mahsulotlar yetkazib berdi. Urush yillari o‘zbek xalqi juda katta matonat namunasini ko‘rsatdi.
Yaponiyaning tor-mor qilinishi. 1945-yil 6 avgust kuni AQSH Yaponiyaning Xirosima va 9 avgust kuni Nagasaki shaharlariga atom bombalarini tashladi. Atom bombalari portlashi natijasida, asosan, tinch aholi halok bo‘ldi.
1945-yil Sovet Ittifoqi Yaponiyaga qarshi urushga kirdi. 1945-yil 2-sentabr kuni Yaponiya so‘zsiz taslim bo‘lish to‘g‘risidagi paktni imzoladi. Ikkinchi jahon urushi tugadi. Asosini fashistik Germa- niya, Italiya va militaristik Yaponiya tashkil qilgan tajovuzkor dav- latlar bloki tor-mor qilindi.
Ikkinchi jahon urushining oqibatlari. Ikkinchi jahon urushi qa- riyb olti yil davom etdi va insoniyatga juda katta kulfatlar keltirdi. 110 mln. kishi urushga safarbar qilindi. 60 — 65 mln. kishi halok bo‘ldi, ular orasida harbiy xizmatchilar bilan birga millionlab tinch aholi ham bor edi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishi. Antifashist koa- litsiya davlatlari urushdan keyingi dunyo tuzilishi tamoyillari to‘g‘risidagi o‘z qarashlarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Ustavida bayon qildilar. BMT Ustavi ko‘plab xalqlar kurashining mazmuniga aylangan va Yer yuzidagi barcha xalqlarning tinchlik va tenglikda yashash tamoyillari bo‘lgan umuminsoniy qadriyatlarni e’lon qildi.
Nyurnberg va Tokio sud jarayonlari. Germaniyaning Nyurnberg shahrida 1945-yil noyabrdan 1946-yil oktabrgacha fashist rahbarlari ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniyaning asosiy siyosiy va harbiy rahbarlari jazoga hukm qilindi. Tribunal natsistlar partiya- sining rahbariyatini, SS, SD kabi hujumkor otryadlarni va gestaponi (siyosiy politsiya) jinoyatchi tashkilotlar deb e’lon qildi.


Fashist jinoyatchilari Nyurnberg sud jarayonida.
1946-yil maydan 1948-yil noyabrgacha Yaponiya poytaxti Tokio shahrida yapon agressiyasidan aziyat chekkan davlatlar vakillaridan tashkil topgan Xalqaro harbiy tribunal urushda aybdor deb topilgan yapon harbiy jinoyatchilari ustidan hukm chiqardi.
Nyurnberg va Tokio sud jarayonlari tajovuzkorlik, urushlar hamda tinchlik va insoniylikka qarshi boshqa jinoyatlarda aybdor bo‘lgan bosh harbiy jinoyatchilar ustidan o‘tkazilgan tarixda birinchi sud ja­rayoni bo‘ldi. Tajovuzni, harbiy jinoyatlarni, tinch aholiga nisbatan terrorni qoralagan sud qarorlari faqat bosh harbiy jinoyatchilarni jazolab qolmasdan, xalqaro huquqning ham muhim manbayiga aylandi. Tarixda birinchi marta davlat, hukumat yoki armiya boshlig‘i maqomi kishilarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilmasligi xalqaro miqyosda tan olindi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin