Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar


Sotsialistik tuzumning parchalanishi



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə21/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
jahon-tarixi

Sotsialistik tuzumning parchalanishi. Sharqiy Yevropa mamlakatla- rida sotsialistik tuzumning ag‘darilishi turlicha ko‘rinishda amalga oshirildi. Qayta qurish davrida faol islohotlar olib borgan, mafkuraviy plyuralizmni o‘rnata olgan va rahbarlari o‘zgarishlarning muqarrarligini his qilgan mamlakatlarda sotsializmning qulashi ancha silliq kechdi.
Polshada aholining mamlakatdagi sotsialistik tuzumdan norozilik namoyishlari 1988-yildan boshlab kuchayib bordi va ular siyosiy islo- hotlarni, Lex Valensa boshchiligidagi «Birdamlik» kasaba uyushma- sining erkin faoliyat yuritish huquqini talab qildi.



Lex Valensa
yili bo‘lib o‘tgan saylovlar hukm- ron Polsha birlashgan ishchi partiyasi- ning (PBIP) obro‘yi tushib ketganligi, ayni paytda, muxolifatdagi «Birdamlik» kasaba uyushmasining ommalashib bo- rayotganini ko‘rsatdi. Yangi tarkibdagi parlament konstitutsiyaga o‘zgarish kiri- tib, Polshani demokratik huquqiy dav- lat deb e’lon qildi. PBIP o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 1990-yili navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Lex Valensa g‘alaba qozondi.Ruminiyada kommunistik rejimning qulashi jiddiy harbiy to‘qnashuv oqibatida yuz berdi. 1989-yil de- kabrda Timishoara shahrida aholining N. Chaushesku rejimiga qarshi tinch namoyishi Ruminiya maxfiy xiz- mati xodimlari tomonidan o‘qqa tutilishi mamlakat bo‘ylab qo‘zg‘olonning boshlanishiga olib keldi. Armiya qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tdi. Bir necha ming kishi- lik olomon tank qismlari yordamida Davlat kengashi- ni qamal qildi. Qo‘zg‘olon N. Chaushesku va uning rafiqasini sud qilish, sudning hukmiga ko‘ra otib tashy lash jarayoni bilan tugadi. Qo‘zg‘olonda mingdan ortiq
kishi halok bo‘ldi. Hokimiyat qo‘zg‘olon kunlari tashkil qilingan Milliy qutqarish fronti qo‘liga o‘tdi. Qo‘mita raisi bo‘lgan Ion Iliyesku 1990-yil- gi saylovlarda mamlakat prezidenti etib saylandi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng muhim voqealardan biri Germaniyaning birlashishi bo‘ldi. 1980-yillar oxirida Germaniya De- mokratik Respublikasida ijtimoy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz avj olib, 1989-yil noyabrda ikki nemis davlatini ajratib turgan Berlin de- vorining qulashiga olib keldi. Bu amalda ikki Germaniya o‘rtasidagi chegaraning ochilishi edi. 1990-yil sentabr oyida Moskvada ikki ne­mis davlatini bitta — Germaniya Federativ Respublikasiga birlashtirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlari XX asr oxiri — XXI asr boshla-
rida. Asosan tinch yo‘l bilan amalga oshirilgan demokratik inqilob- lar natijasida Sharqiy Yevropa davlatlari rivojlanishning iqtisodiy va siyosiy yo‘nalishi qilib Yevropa Ittifoqini tanladi. Sharqiy Yevropaning ko‘pchilik davlatlari NATOga a’zo bo‘ldi.
Bozor iqtisodiga jadal o‘tish bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Inflatsiya darajasi va ishsizlikning oshishi, turmush da- raj asining pasayishi, jamiyatning boylar va ko‘p sonli o‘ta kam- bag‘allarga ajralishi kuzatildi. Natijada, islohotlar uchun javobgar bo‘lgan hukumatlarni aholi qo‘llamay qo‘ydi. Polshada ijtimoiy muhit- ning o‘zgarishi natijasida 1990-yillarning eng mashhur siyosatchilaridan biri Lex Valensa prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchradi. Kuchli mafkuraviy bosimga qaramasdan, so‘llar Litvada, keyinchalik Albaniyada hokimiyatga keldi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari O‘zgarishlar boshqa Yevropa mamlakatlaridagiga nisbatan Yugo- slaviyada biroz murakkab kechdi. Oltita respublikadan tashkil topgan Yugoslaviya Federativ Respublikasida sotsialistik tuzumning qu- lashi millatchi va ayirmachi kuchlarning faollashuvi uchun imkoniyat yaratdi. Oqibatda 1991 — 1992-yillari Yugoslaviya davlati tarqalib ketdi. Faqat Serbiya va Chernogoriya federatsiyada qoldi. Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina hamda Makedoniya mustaqil davlat- larga aylandi. Biroq, mustaqil davlatlarga ajralish etnik ziddiyatlarni kes kinlashtirib yubordi.
yildan keyin Serbiyada musulmon-albanlar o‘zlarining «Kosovo Respublikasi»ni e’lon qildi. Bu Serbiya bilan qurolli mojaroga olib kel- di va unga NATO aralashdi. 1999-yili NATO qo‘shinlari Yugoslaviyani bombardimon qildi. Mojaro Yevropa miqyosidagi inqirozga aylandi.

Yana bir og‘ir vaziyat Bosniya va Gersegovinada vujudga keldi. Bu yerda serblar, xorvatlar va musulmonlar tarixan qo‘shni yashash- gan. Shu sababli etnik farqqa diniy ziddiyat ham qo‘shildi. Bosniya va Gersegovinada milliy ziddiyatlar alohida keskin tus oldi. Aholining yarmini tashkil qilgan serblar Yugoslaviya tarkibidan chiqishni istamadi va o‘zlarining Bosniya serb respublikasini e’lon qildi. 1992 — 1994-yil- lari serblar, musulmonlar va xorvatlar o‘rtasida harbiy mojaro bosh- lanib ketdi va bu tinch aholi orasida ham ko‘plab qurbonlarga olib keldi. Bosniyadagi etnik mojarolarni bartaraf qilish uchun bu yerga BMT tinchliksevar kuchlari kiritildi va urush harakatlari to‘xtatildi. 2006-yili o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra, Chernogoriya Serbi- yadan ajralib chiqdi. Yugoslaviya Respublikasi barham topdi.
Chexoslovakiya milliy muammolarni hal qilishning tinch yo‘lini tanladi. 1992-yili o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra, mamlakat aholisi bo‘linishga qaror qildi. Bo‘linish jarayoni jiddiy muhokama qilinib, puxta tayyorlandi. 1993-yil 1-yanvardan jahon xaritasida ik- kita mustaqil davlat — Chexiya Respublikasi va Slovakiya Respublikasi paydo bo‘ldi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida yuz bergan voqealar sezilarli xalqaro siyosiy o‘zgarishlarga olib keldi. Bu mamlakatlarni endi
G‘arbiy Yevropa davlatlarining iqtisodiy va harbiy-siyosiy tashkilot-
lari — avvalo YI va NATO o‘ziga jalb qildi. Vengriya, Latviya, Lit- va, Estoniya, Polsha, Sloveniya, Slovakiya va Chexiya, Ruminiya va Bolgariya Ylga a’zo bo‘ldi. Bu mamlakatlarda demokratik an’analar mavjud bo‘lganligi va G‘arbiy Yevropa bilan umumiy sivilizatsiyaga mansubligi ularning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Marka- ziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida aholi yashash darajasining
o‘sganligi jamiyatda demokratik islohotlarga ishonchni kuchaytirdi.
Ammo bu mamlakatlarning ko‘pchiligida ishsizlik ancha yuqori,
bir qism aholi G‘arbiy Yevropaning rivojlangan davlatlariga chiqib, ish izlashga majbur bo‘lmoqda. Shunga qaramasdan, Markaziy va Sharqiy Yevropa G‘arbiy Yevropa bilan iqtisodiy va madaniy tenglik sari dadil qadam tashlamoqda. Bu davlatlarning eng katta muammo- laridan biri jamiyatda korrupsiya darajasining yuqoriligi bo‘lib qol- moqda.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin