Tashqi siyosat. Yaponiyada shakllangan militaristik totalitar rejim uning tajovuzkor tashqi siyosatini belgilab berdi. Bu siyosat 1931-yili Xitoyning Manchjuriya provinsiya- sining bosib olinishiga va bu yerda yaponlar tomonidan Manchjou - Go qo‘g‘irchoq davlatining tuzilishiga olib keldi. Millatlar Ligasi bu qo‘pol bosqinchilikka keskin qarshi chiqqanligi uchun Yaponiya 1933-yili bu tashkilotdan chiqdi. 1936-yil noyabrda Yaponiya va Germaniya antikomintern pakti deb ataluvchi hujjatni imzoladi va 1937-yili unga Italiya ham qo‘shildi. Shu tariqa «Berlin - Rim - Tokio» uchburchagi deb ataluvchi tajovuzkor davlatlar ittifoqi vujudga keldi. 1937-yil yozida yaponlar Xitoyga qarshi keng miqyosdagi urush harakatla- rini boshlab yubordi. 1938-yili general Fumimaro Konoe hukumati mamlakatning vazifasi Sharqiy Osiyoda yangi tartib o‘rnatish ekan- ligini e’lon qildi.
1938-yil iyul-avgust oylarida SSSRning Uzoq Sharqdagi Hasan ko‘li atrofida sovet-yapon chegara mojarosi keng ko‘lamli urush ha- rakatlariga aylanib ketdi. Shiddatli janglardan so‘ng yaponlar SSSR hududidan quvib chiqarildi. 1939-yil mayda yaponlar Xalxin-Gol daryosi yonida Mo‘g‘uliston hududiga bostirib kirdi. Sovet qo‘shinlari qo‘shni mo‘g‘ullarga yordamga keldi. 1939-yil sentabrgacha davom et- gan urush miqyosi bo‘yicha Hasan ko‘li atrofidagi janglardan ancha yirik edi. Bu urush ham yaponlarning mag‘lubiyati bilan tugadi. Shundan so‘ng, 1941-yil 5-aprelda Yaponiya SSSR bilan neytralitet haqida paktni imzoladi.
Militarizatsiya— jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotini harbiy maqsadlarga bo‘ysundirish. Byurokratiya — xalqdan ajralib qolgan, hukmron guruh manfaatlarini himoya qiluvchi ma’muriyatchilik tizimi. alqaro kelishuv, xalqaro shartnoma turi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Birinchi jahon urushi Yaponiya uchun qanday natijalar bilan yakunlandi?
Yaponiyadagi «Yosh ofitserlar» isyoni siyosiy rejim va tashqi siyosatda qanday o‘zgarishlarga olib keldi?
Yaponiyadagi totalitar rejimning o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat edi?