Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə4/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
jahon-tarixi

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Birinchi jahon urushidan so‘ng Hindistonda mustamlakachilikka qarshi kurashning yangi davri boshlanishiga nima sabab bo‘ldi?

  2. Zo‘ravonliklarsiz mustaqillik uchun kurash va mustamlaka hukumati bilan hamkorlik qilmaslik harakati natijasida qanday natijalarga erishildi?

  3. HMK Hindiston mustaqilligi uchun kurashda qanday yo‘nalishni egalladi.



4-Mavzu. 1918 - 1939-yillarda Yaponiya
Reja:

  1. Birinchi jahon urushining oqibatlari.

  2. Yaponiya ichki siyosatidagi o‘zgarishlar.

  3. Tashqi siyosat.

Iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi. XX asr boshlarida Yaponiya jahonning yetakchi davlatlariga qaram bo‘lib qolmagan, nisbatan yuqori darajadagi iqtisodiy va harbiy rivojlanishga erishgan Osiyo mintaqasidagi yagona davlat edi.


Birinchi jahon urushining yakunlanishi Yaponiyada qator iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolar, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashuvi, oddiy kishilarning hayotiga katta ta’- sir ko‘rsatdi. Natijada norozilik kuchayib bordi.
1920-yillar o‘rtalariga kelib mamlakatda sanoat to‘ntarishi yuz berdi. 1925-yili sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi 1919-yilgi darajasidan oshib ketdi. Ishlab chiqarishni konsentratsiyalash jarayoni davom etdi. Monopolistik kapital xalq xo‘jaligining muhim sohalarini egallab ola boshladi. Og‘ir sanoatda «Mitsubisi» va «Sumitomo» kon- sernlari o‘z pozitsiyasini mustahkamlab oldi.
1929 — 1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi yapon iqtisodiy otiga katta zarar keltirdi: u tinchlik sharoitida rivojlanishga moslashmagan, hali juda kuchsiz edi. Ish haqining pastligi tufayli ichki bozor juda sust, tashqi bozorda esa yapon mahsulotlari sifatining pastligi tufayli ular raqobatbardosh emasdi.
Yaponiya hukumati inqirozdan chiqishning yo‘li sifatida iqtisodni militarizatsiyalash va tajovuzkorlikni tanladi. Yaponiya Xitoyni, Uzoq Sharqni, keyin esa butun Osiyoni bosib olishni, Tinch okeani havzasida o‘z hukmronligini o‘rnatishni rejalashtirayotgan edi.
Ichki siyosiy munosabatlar 1920-yillarda yangi siyosiy partiyalarning paydo bo‘lishi hamda say- lovchilar sonini asta-sekin oshirib borgan qa-tor islohotlar bilan xarakterlanadi. 1925-yildan sovet-yapon munosabatlari yo‘lga qo‘yilib, bu iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishida va yapon qo‘shinlarining Shimoliy Saxalindan olib chiqib ketilishida aks etdi. 1920-yillar oxiriga kelib hukumatda harbiylarning roli kuchaydi va so‘l kuchlar quvg‘in ostiga olindi. Mamlakatda harbiylar, Giiti Tanaka. ayniqsa, «Yosh ofitserlar» deb ataluvchi radikalkayfiyatdagi guruhlar ta’siri keskin kuchaydi. Ular ko‘ppartiyali parlament tizimidan voz kechishni, mamlakatda diktatura o‘rnatishni, tashqi siyosiy ekspansiyani kuchaytirishni talab qildilar. Hukumat boshlig‘i general Giiti Tanaka ham ular tomonida bo‘ldi va bu 1920-yillar oxiri 1930-yillar boshlarida «Yosh ofitserlar» tomonidan bir qator siyosiy terrorlar amalga oshirilishiga va, hatto, 1932-yil mayda isyon ko‘tarilishiga olib keldi. Isyon muvaffaqiyat qozonmadi, ammo Yaponiya «Yosh ofitserlar» ta’siri ostida bosqinchilik yo‘lidan jadal ketdi.
Yaponiyada shakllangan totalitar tizim o‘ziga xos avtoritar-mo- narxistik shaklga ega edi. Osiyoda hukmronlik qilish uchun keng miqyosli urush sharoitida bu avtoritar-monarxistik rejim yangi jihatlar kasb etdi. Mamlakatning hukmron doiralari yangi siyosiy va iqtisodiy tizim yaratish siyosatini e’lon qildilar. «Yangi siyosiy tizim» deganda, jamiyat ustidan harbiy-davlat byurokratiyasining qattiq siyosiy nazorati tushunilar edi.
Shu tariqa, Yaponiyadagi hukmron rejim asta-sekin totalitar xarakter kasb etib bordi: parlament demokratiyasi belgilari bekor qilindi, iqtisod to‘liq davlat nazorati ostiga o‘tdi, yapon millatining buyuk- ligi to‘g‘risidagi g‘oyalar rejimning mafkuraviy tayanchi bo‘lib xizmat qildi, aholining qo‘llab-quvvatlashini ta’minladi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin