Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə3/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
jahon-tarixi

Suverenitet — davlatning ichki ishlar va tashqi siyosatdagi to‘liq mustaqilligi.
Provinsiya — ba’zi davlatlarda ma’muriy birlik, viloyat.
Konservatizm — an’anaviy qadriyatlar, urf-odatlar, ijtimoiy va diniy tartiblar tarafdori bo‘lgan siyosiy oqim.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Birinchi jahon urushidan so‘ng Xitoyda boshlangan talabalar ha- rakatining sabablari nimada edi va u qanday natijalarga olib keldi?

  2. 1920-yillardagi «Buyuk milliy inqilob»ning xarakteri va o‘ziga xos jihatlarini ta’riflab bering.

  3. Xitoyda fuqarolar urushining sabablari nimada edi? Nima uchun XX asrning birinchi yarmidagi Xitoy tarixi to‘xtovsiz urushlar davri deb ataladi?



3-Mavzu. 1918 - 1939-yillarda Hindiston

  1. Birinchi jahon urushining oqibatlari.

  2. Inqilobiy harakatlarning boshlanishi.

  3. M.K.Gandi harakatini Hindistonda yoyilishi.



Maxatma Gandi.
Inglizlarning mustamlaka hukumati Birinchi jahon urushi yillarida Hindistonga o‘zini o‘zi boshqarish huquqini va’da qilgan edi. Ammo hind xalqining umidi ro‘yobga chiqmadi, Hindistonningmaqomio‘zgarmadi. Bu hol mustamlakachilikka qarshi kurash- ning yangi davrini boshlab berdi.Shaharlarda zamonaviy madaniyat va sanoat jadal rivojlanayotgan bo‘lsa-da, hind qishlog‘ida kasta tizimi, qabilachilik va taba- qalarga bo‘lish hukmron edi. Shunga qaramasdan, jahon urushlari oralig‘ida Hindiston mil­liy ozodlik harakatining asosiy kuchini hind dehqonlari tashkil qildi. 1920 - 1940-yillarda hindlarning zo‘ravonliklarsiz ommaviy chiqish- larini tashkil qilishda hind xalqining buyuk farzandi Maxatma Gandining roli beqiyos bo‘ldi. Jahon urushlari oralig‘ida Gandi Hindiston Milliy kongressi (HMK) partiya- sining g‘oyaviy rahbari, xalq harakatining yetakchisiga aylandi. U ishlab chiqqan zo‘ravonliklarsiz qarshilik ko‘rsatish taktikasi qurolli to‘qnashuvlardan, millionlab kishilarni o‘limdan saqlab qoldi.Milliy ozodlik kurashining, zo‘ravonliklarsiz qarshilik ko‘rsatishning «Gandizm» deb nomlangan bu usuli Hindiston an’analarini va dehqonlar psixologiyasini chuqur bilishga asoslangan. Bu usulda sabr-toqat va norozilik, konservatizm va inqilobchilik ajoyib bir tarzda uyg‘unlashib ketgan edi. Gandizm dehqonlarni, hunarmandlarni, milliyburjuaziyani birlashtirdi va qon to‘kiladigan qurolli kurashlarsiz mustamlakachilarning Hindistonni tark etishini talab qildi. 1939 yili Ikkinchi jahon urushi boshlanishi va Buyuk Britaniya Germaniyaga urush e’lon qilishi bilan Hindiston vitse-qiroli mamlakatni urush holatida deb e’lon qildi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin