Mavzu: № 38 Informatsion psixologik xurujlar
Hozirda axborot tarqatish jarayoni butun insoniyatni qamrab olmoqda. XX asrning so'ngi yillariga kelib xalqaro miqyosda kompyutaer tarmog'i - internet tizimining vujudga kelishi va shu bilan birga butun dunyoni qamrab olishi, axborot almashinuvi jarayonlarining tezlashib borishi bir tarafdan biz uchun katta qulayliklar tug'dirsa ikkinchi tarafdan esa misli ko'rilmagan g'oyaviy ta'sir o'tkazish ko'lamining kengayib borishi bo'lib qolmoqda.
Internet insoniyatning muhim bir yutuqlaridan bo'lib, axborot va kommunikatsiya jarayonlarini ham misli ko'rilmagan darajada tezlashtirdi. Isnsonlar uchun qulayliklar yaratdi. Misol tariqasida, AQSH va Yevropada internet tarmog'i orqali amalga oshiriladigan bozor munosabatlari, amalga oshirilayotgan savdo-sotiq aylanmasining umumiy hajmi 5 trilliondan dollordan oshib ketgani buning yaqqol isbotidir. Bunga ko'ra esa 2002 yilda ishlatilgan dollorning yarmi internet tarmog'i orqali ishlatilgan.
IDS taxlilchilarining ma'lumotiga ko'ra, hozirda yer yuzining to'rtdan bir qismidan iborat 1.4 milliard kishi internet tarmog'idan muntazam ravishda foydalanadi. Hamda yaqin 8 yillikda bu ko'rsatkich 2 milliarddan oshib ketishi kutilmoqda. Hozirgi kunga kelib internet tarmog'idan foydalanuvchi insonlarning 90 foizi rivojlangan davlatlarga to'g'ri keladi. Dunyoning qolgan aholisi esa shu kichik doiraning mafkuraviy tasirida hayot kechirishadi.
Hozirda eng qulay va tez kuchli mafkuraviy ta'sir ko'rsatish vositasi bo'lgan internet tizimi ota jiddiy muommolarni keltirib chiqarmoqda. Bu tizim bo'yicha qo'poruvchilik, g'oyalarini "eksport" qilish, odamlar ongini zaxarlash maqsadida foydalanish esa mafkuraviy kurashni yanada keskinlashtirib kelmoqda. Odamlarni elektron xurujlar kiberterrorizm qarshisida chorasiz qilib qo'yadi.
Yirik terrorchi guruhlarning internet tizimida olib borayotgan qo'poruvchilik harakatlari insoniyatni juda ko'p tashvishlarga solib qo'ymoqda. Chunki cheksiz, bepayon internetning olamida ularning bu harakatlarini toppish va ularning ildizini toppish o'ta mushkul ishdir. Shu tariqa axborot yovuz kuchlar - uyushgan jinoyatchilik, jahon terrorizmi qo'lida havfli bo'lgan qurollarga aylanmoqda. Malumotlarga qaraganda axborot taxdidini uyushtirish ustida 120 ga yaqin davlat "hamjihatlilik" bilan ish olib bormoqdalar. Bundan kelib chiqadiki yagona axborot makonini yaratish va undan axborot taxdidi yo'lida foydalanish shu darajaga yetdiki, axborot maydonidagi yuz berayotgan xurujlar yadro poligonlaridan ko'ra, xavfliroq bo'lib qolmoqda. Hozirgi kunga kelib 20 dan ziyod davlatlarda yadro qurolini ishlab chiqarish borasida sa'y-xarakatlar davom etayotgan pallada, axborot taxdidi bilan 120 dan ziyod davlatlarning jiddiy shug'ullanishi dunyoni yadro urushidan ko'ra axborot xuruji talvasaga solayotganidan dalolat beradi.
Ayni vaqtda "G'arb madaniyati" ga xos ayrim unsurlarni xalqimiz turmush tarziga kirib kelishi mafkuraviv tarbiyaviy ishlarimizga salbiy tasir qilishi ehtimoli ham juda kattadir. Ayniqsa, giyohvandlik, zo'ravonlik, jangarilik, tajovuz va boshqa gayri ahloqiy unsurlarning ommaviy axborot vositalari., kitoblar, rok-musiqa, internet orqali zimdan targ'ib etilishi milliy qadryatlarga putur yetkazishi mumkin. Bundan xulosa shuki, globallshuv hodisalarini chuqur o'rganish, undan foydalanish yo'l-yo'riqlari va texnologiyasini ishlab chiqarish bugungi kunda muhim vazifa ekanligini korsatmoqda. Huruj deyilganida, biror tizimga nisbatan disfunksional yoki uning tartibini buzishga intiluvchi turli kuchlar va omillar mavjud bo'lgan holat tushuniladi. Hurujlarning asosiy maqsadi tizimning faoliyatini tartibsizlik holatini keltirish orqali buzishdan iborat. Ular kelib chiqish manbasiga, amalga oshiruvchi kuchlariga va qaysi ob'ektlarga ta'sir ko'rsatishiga, shuningdek, ta'sir xavfi hamda rivojlanish darajasiga ko'ra farqlanadi3. Aniqroq qilib aytganda, vaqt omili hisobidan hurujning xavfi va tizimga nisbatan ta'siridan kelib chiqib uni buzish ehtimoli nazarda tutiladi.
"Axborot huruji" deyilganida muayyan kuchlarning o'z siyosiy maqsad va muddaolarini amalga oshirish yo'lida eng avvalo mafkuraviy omillar, shuningdek, moddiy va ma'naviy ta'sir o'tkazish orqali kishilar ongi, qalbiga yot g'oyalarni singdirishni, ularning hissiyotlari, e'tiqodi, tuyg'ulariga ta'sir etishni, turmush tarzi, mentalitetidagi o'zgarishlarni amalga oshirishni ko'zlovchi xatti-harakatlar majmuasi tushuniladi. Davlatning o'z jamiyati xavfsizligini ta'minlashi vazifasi nuqtai nazaridan olganda, axborot hurujlari axborot xavfsizligini buzish xavfini solgan sharoit va ijtimoiy omillar yig'indisidir.
Bugun yoshlarimizni mafkuraviy immunitetini kuchaytirish va bizga yot tushunchalar shu kabi qarashlarga nisbatan faol qarshi munosabatlarni shakillantirish tobora dolzarb ahamyat kasb etib qolmoqda. Yosh avlodni milliy mafkuramiz yo'lida tarbiya qilish, ularni sof insoniy munosabatlar va xis-tuyg'ular asosida ulg'aytirish, har bir o'smirlarning eng nozik ichki kechinmalariga tasir etish yo'li orqali va xissiyotlariga ta'sir etadigan g'oya darajasiga kotarib bunday buzg'unchi g'oyalar ta'siriga qarshi tura oladigan kelajak avlodni tarbiya etamiz. Shu orqali johil aqidaoarastlikning da'vati ham, axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g'oyalar ham oz ta'sirini otkaza olmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida. Toshkent.: "O'zbekiston", 1998, -
2. Р. Энтони. А. Эллиот. Эпоха пропаганды: Механизмы убеждения, повседневное использование и злоупотребление. М.: Эврика, 2001 й.
3. Islom Karimov. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch", Toshkent: "Manaviyat" 2013-yil.
4. http:// net.compulenta.ra
5. M. Quronov. - yovvoyilik falsafasi // "Xalq so'zi" - T.: 2006-yil.
6. "Islom va Aqidaparast oqimlar" Aydarbek Tolipov "Sharq".
7. http//: net.compulenta.ru
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |