Mavzu: №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 360,12 Kb.
səhifə2/54
tarix07.01.2024
ölçüsü360,12 Kb.
#207907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Komiljon Hoshimov, Sanobar Nishonova “Pedagogika tarixi” II qism Toshkent “Alisher Navoiy” – 2005.
2. Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarlar 15 tomlik T.: 1996, 13-tom


Mavzu: №2 G'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlari
Axloq muayyan jamiyat va davrda o'zgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, so'nishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning o'ziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq me'yorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali ta' sir ko'rsatadi.

Axloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb bo'lgan yo'li bu - namunaviylik tamoyili.Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota-ona bolaga axloqiy namuna bo'lishi kerak.


Maktabda va oliy o'quv yurtida muallimlarining ta'lim berish usullaridan tortib ularning ko'z ilg'amas xatti-harakatlarigacha o'z shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna sifatida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim.
Qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida Konfutsiyning qarashlari ham alohida o'rin tutadi.u qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarning rivojiga katta hissa qo'shgan. Mutafakkirning "Aforizmlar" asari teran falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar markaziy o'rin tutadi.Qadimgi ajdodlarning urf-odatlari, meroslari, tariqatiga tayangan Konfutsiy o'tganlarning shuhrati ularning avlodlarini yuksaltiradi, deb jamiyatning haqiqiy negizi, poydevorini yanada mustahkamlash uchun qadimgi urf-odat an'ana milliy marosim va bayramlarimizning, ajdodlarimizning tarixiy xotiralarining tiklanishi borasidagi ma'naviy-ma'rifiy islohotlarimizda ko'rishimiz mumkin.
Suqrot (eramizdan oldingi 469-399-yillar)- qadimgi Yunon faylasufi. Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shug'ullangan, hurfikrli inson, bo'lgan Suqrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog'i lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, faravon hayoti axloq va odobning ahvoliga bog'liq. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o'rin tutganligi bois xalqimiz, buyuk allomalarimi z Suqrot nomini hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-nasihatlariga amal qilishgan.
G'arb falsafasining ijtimoiy muammolari orasida axloq mavzusi yetakchilik qiladi.O'sha davrda yaratilgan hikmatli so'z, iboralar bugungi kunda ham insonni mulohaza yuritishga majbur qiladi.Sharqda nafaqat din sifatida, balki yaxlit madaniyat, ma'naviyatning shakllanishida ham katta ahamiyatga ega bo'ldi.U madaniyatning ilm-fan, san'at, axloq, siyosat kabi sohalarining rivojiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
Bu davrda diniy ilmlar sohalarida mintaqa shuhratini olamga tanitgan imom Buxoriy, imom Termiziy, Nizomulmulk, Dunyoviy ilmlar sohasida esa Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, hamda tasavvuf ma'naviy-ma'rifiy ta'limoti sohasida Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va boshqa buyuk alloma va mutafakkirlarning jamiyat taraqqiyoti rivojida ma'naviyat hodisasining beqiyos o'rni haqidagi qarashlari butun jahon ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga hayotbaxsh hissa qo'shdi.
Abu Nasr Forobiy(873-950) jahon ijtimoiy-falsafiy fikrlari tarixida "Sharq Aristoteli" ("Ikkinchi muallim") degan unvonga sazovor bo'lgan mashhur qomusiy olimdir. Forobiy o'zining ijtimoiy-falsafiy qarashlarida jamiyatning vujudga kelish sabablarini, axloqning shakllanishi, insoniylik, adolatparvarlik, taraqqiyot, buyuk jamiyat, komil inson kabi mavzularni ilmiy-nazariy jihatdan asoslashga harakat qilgan.
Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonlik, donolik, va mulohazali bo'lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko'pchilik manfaatini yuqori qo'yish, haqiqat, ma'naviy yuksaklikka intilish, adolatliylik kabi xislatlarni tushunadi. Ammo bu xislatlarning eng muhimi har bir insonning bilimli, ma'rifatli bo'lishidir.Shuning uchun ham Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog'liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni xulq me'yorlari ifodasi sifatidagina emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etilganligini ko'ramiz Shu kabi fikrlarni biz Abu Rayhon Beruniy (973-1048 y.) asarlarida ham uchratishimiz mumkin. Beruniyning ma'naviy-qxloqiy qarashlari bilan bog'liq ta'limotida mehnat, odob-axloq, ta'lim-tarbiya, kasb-hunar, ilm-ma'rifat uzviy mushtaraklikda, bir butunlikda tahlil etilgan.
G'arb mutafakkirlari ham axloqiy tarbiya borasida o'zlarini fiklarining keltirb o'tganlar. Jumladan, Ushinskiy "Tarbiyaning asosiy vazifasi axloqiy jihatdan ta'sir etishdan iboratdir. Bu aqlni umuman o'stirish, uni bilimlar bilan to'ldirishdan ko'ra muhimdir" deb izohlagan. Axloqiy tarbiya maqsadlari va vositalarini, K.D. Ushinskiy kishi kamolga yetgan bo'lishi, uning jismoniy, aqliy hamda axloqiy jihatdan o'sishi bir-biriga mos bo'lishi kerak, deb hisoblaydi. Shuning uchun u tarbiyani garmonik (har tomondan bir-biriga moslab) o'sgan shaxsning tarkib topishida ma'lum maqsadga qaratilgan ongli jarayon deb ta'riflaydi.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish joizki, o'z davrida Sharq va G'arb allomalarining axloqiy tarbiya borasidagi fikrlari ma'rifatparvarlarning asarlarida o'z aksini topgan. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy hamda Abu Rayhon Beruniylar o'qituvchining ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo'lishlariga alohida ahamiyat qaratadilar.Ularning fikrlaricha, yaxshi o'qituvchi boshqalardan bir jihati bilan farq qiladi, ya'ni, u o'zi ega bo'lgan bilimlarni yoshlarga beminnat o'rgatadi, har bir ishda ularga namuna bo'la oladi.
G'arb allomalaridan Ushinskiy, Makarenko, Komensiy, Platon, Suqrot, Aristotel kabi g'arb allomalari o'zlarining pedagogik qarashlari bilan o'z ancha ilgarilab ketganlar. Ularning bu qarashlari bir necha asrlardan beri ajdodlarimiz tafakkurini boyitib kelmoq va hozirgi kunda ham ular o'z qiymatini yo'q. Shunga ko'ra, Sharq va G'arb mutaffakkirlarning o'lmas merosi oilada bolalarning ma'naviy- axloqiy tarbyalashning muhim omili bo'lib qoladi. Shunday ekan biz pedagoglar ta'lim jarayonida tarbiyaning ham uzviyligini ta'minlagan holda talaba yoshlarga ma'naviy-axloqiy tarbiya berib borishimiz va ularga to'g'ri yo'lni ko'rsatadi.

Yüklə 360,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin