Mavzu: №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari


O’z-o’zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 360,12 Kb.
səhifə6/54
tarix07.01.2024
ölçüsü360,12 Kb.
#207907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar:
1. Nima uchun insonni shakllantirishda iqtisodiy tarbiya tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi?
2. Maktabda iqtisodiy tarbiyaning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
3. Iqtisodiy tarbiyani amalga oshirishning qanday shakllari mavjud?
4. Nega o'quvchilarda iqtisodiy ko'nikma va odatlar tarbiyalanadi?
5 Ekologik tarbiya nega tarbiyaning tarkibiy qismi bo'lib qoldi?
6. Ekologik tarbiyaning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
7. Ekologik tarbiyani tashkil etishning qanday shakllari mavjud?
8. Nima uchun ekologik ong, madaniyat, ko'nikma va odatlar tarbiyalanadi?

Mavzu: № 7 Tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarining o’rni.
Avvalo, mustaqillik bizga o'z taqdirimiz va hayotimizga egalik qilish huquqini berdi. Bu esa o'z kelajagimizning bunyodkori o'zimiz deganidir. Barchamizga ma'lumki, mustaqillikdek oliy ne'matga erishganimizdan so'ng, muqaddas an'ana va milliy qadriyatlarimizga tayanib yashay olish huquqiga ham erishdik. Mustaqillikdan oldin bo'lsa, o'zligimizni anglashimiz bilan bir qatorda an'ana va qadriyatlar asosida hayot kechirishimizga yo'l qo'yilmagan, vaholanki milliy urf-odat va an'analarsiz millat - millat bo'lmaydi.

O'sha davrlarda Navro'z, ramazon, qurbon hayiti va boshqa shu kabi bir qator muqaddas sanalgan milliy bayramlarimiz ta'qiqlangan edi. O'tmishimiz tarixini, shuningdek, unda o'tgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Amir Temur kabi buyuk bobokalonlarimiz, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulhamid Cho'lpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy kabi jadidchilarimizning nomlarini xalqimiz xotirasidan o'chirib tashlashga, umuman olganda "Tarixi bo'lmagan xalqning, kelajagi ham bo'lmaydi" degan fikr asosida o'zbek millati o'tmishini tarix zarvaraqlaridan butunlay o'chirib tashlashga harakat qilinar edi.


Har qanday davlat birinchi navbatda o'zining yuksak madaniyati hamda ma'naviyati bilan kuchlidir. Bunda qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimizni o'sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish, ularni milliy ruhda tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Aytib o'tish joizki, mustaqillikdan keyin bir qator bayramlarni nishonlash yurtimizda an'anaga aylanishi millatimiz tarixida yangi davrning boshlanishiga zamin yaratdi.
Bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonining oldida turgan dolzarb vazifalardan biri barkamol shaxs tarbiyasida milliy qadriyatlar va urf-odatlardan foydalanishdir. Ayni paytda, yurtimizda ma'nan yetuk hamda barkamol bo'lgan shaxsni voyaga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Bu xususda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: "O'zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida o'z an'analariga doimo sodiq bo'lib, bu yo'ldan hech qachon og'ishmasdan ilgari boradi. Biz bugun ko'p millatli xalqimizga, barchamizning umidimiz va suyanchimiz bo'lgan yoshlarimizga ishonib, marrani katta olmoqdamiz. Aziz farzandlarimiz, nabiralarimiz baxtini, kamolini o'ylab, el-yurtimizning xalqimizning yorug' kelajagini ko'zlab, oldimizga ulkan vazifalar qo'ymoqdamiz. Niyati ulug' xalqning - ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi", - degan jumlalarini keltirib o'tishimiz o'rinli deb o'ylayman. Shu o'rinda aytib o'tish joizki, ta'lim-tarbiya jarayonida milliy qadriyat va an'analarning ahamiyati katta bo'lib, ular tarbiya jarayonida eng ta'sirchan qurol vazifasini bajaradi desak noo'rin bo'lmaydi.
Bilamizki, jamiyat yoshlar ongida ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirmasdan yoxud mustahkamlamasdan turib o'z istiqboliga erisha olmaydi, shuningdek har bir davlat o'sib kelayotgan kelajak avlodni o'z milliy qadriyatlari, an'ana va urf-odatlari negizida tarbiyalashi uchun o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga ya'ni mustaqillikka erishgan bo'lishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning: "Huquqiy demokratik adolatli davlat qurishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, xalqimizning madaniy va eng nozik tuyg'ularini, chuqur falsafiy, siyosiy, huquqiy tushunchalarini o'zida mujassam etadigan ma'naviyatni yuksaltirish asosiy va ustuvor vazifalardan biriga aylandi" - degan jumlalaridan kelib chiqib, bizning maqsadimiz mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir so'z bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga yetkazish ekanligiga yana bir bor amin bo'lamiz. Mustaqillik bo'lsa ana shu maqsadimizni amalga oshirishimizning muhim sharti bo'lib xizmat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi "Ijtiomiy fikr" jamoatchilik fikrini o'rganish markazi tomonidan o'tkazilgan sotsiologik so'rov natijalariga ko'ra, milliy o'zlikni anglash bo'yicha so'ralgan 46,6 foiz yoshlar xalqning urf - odatlari va an'analariga, 28,9 foizi O'zbekistonning milliy mustaqilligiga, 28,4 foizi o'z xalqining boy tarixiga, 21,7 foizi ona tili va milliy madaniyatiga, 19,5 foizi o'z millatining ma'naviy o'ziga xosligi, 16,6 foizi o'tmish avlodlarning buyuk merosiga tayanish muhim ahamiyat ega ekanini bildirishgan. Bundan shuni anglash mumkinki, O'zbekiston yoshlari o'z xalqining tarixi va an'analari, milliy madaniyati, avlodlar o'rtasidagi aloqa, o'zlikni anglash va o'ziga xoslikni muhim omil sifatida baholaydi.
Hozirgi kunda dunyoda globallashuv jarayonining tezlashishi hisobiga dunyo xalqlari o'rtasidagi o'zaro aloqalar ham ortib bormoqda. Tabiiyki, O'zbekiston ham bundan chetda turgani yo'q va bu holat yoshlarimiz tarbiyasiga, fikrlashiga umuman hayotiga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Hammaga ayonki, biz axborot texnologiyalari davrida yashayapmiz va doimiy tarzda internetdan, axborot tizimlaridan foydalanamiz, turli xil ko'rsatuv, reklama va kinolar tomosha qilamiz. Buning natijasida ma'naviy hayotimizga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan turli qadriyatlarning hayotimizga, turmush tarzimizga kirib kelishiga o'zimiz imkon beramiz, o'zimiz sharoit yaratamiz.
Ma’naviy qadriyatlar-bu falsafiy va ijtimoiy tushunchalar bo’lib, insonni o’rab olgan atrof-muhitni amaliy jihatdan o’zlashtirish natijasida vujudga keladi. Ta’lim tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy tarixiy hodisani ifodalaydi. Umuman xulosa qilib aytganda bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy salohiyatini ko’tarishga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyani milliy shakllantirishga va rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Milliy tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, adabiyot, etika, estetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlardan foydalanadi. Milliy tarbiya hayotning moxiyati ichki aloqa va munosabatlarini aks ettiradi.Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan yoshlar emas, ijodkor, iste’dodi bilan ajralib turuvchi o’quvchilarni tarbiyalash zamon talabidir. Maktabda ta’lim olish davrida milliy tarbiya o’quvchilarni turli qobilyatlarini rivojlantiradi. Tabiatga, jamiyatga qarash tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari yanada mustahkamlanadi.
Umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy tarbiyaning mazmuni va tashkil etilishi quyidagi vazifalarda o’z aksini topadi;
1.Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi.
2. Tarbiyaning insonparvarlik qoidalari.
3. Tarbiyaning hayot bilan va mehnat bilan bog’liqligi.
4. Tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarining ustuvorligi.
5. O’quvchilarni yoshi, sinfi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini hisobga olish.
Musiqa san’atining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, insonning his- tuyg’ularini, kechinmalarini o’ziga xos badiiy tilda ifodalaydi. O’quvchilarni qiziqtiradigan, o’ziga jalb etadigan, zavqlantiradigan sharoit yaratadi. Ulardagi milliy tarbiyaga oid his-tuyg’ularni o’stirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi kuy-qo’shiqlar yordamida shakllanadi.
Mustaqilligimiz sharofati bilan qadriyatlarimizni qayta tiklash jarayonini amalga oshirayotganimizda o'zga millat urf-odatlari, an'analari va kiyinish madaniyatini qabul qilishga intilish, boy milliy ma'naviyatimizga salbiy ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi. Bu holatda albatta o'sib kelayotgan yosh avlodga qadriyatlarni bir-biridan farqlash, internet tarmoqlaridan aql bilan foydalanish kabi holatlar bo'yicha tushunchalar berilgan bo'lishi kerak. Zero, yoshlarimiz globallashuv jarayonida kechayotgan voqea hodisalarni to'g'ri talqin qila olishi, ularga to'g'ri munosabat bildira olishi muhim ahamiyatga ega.


Xulosa
Xulosa o'rnida milliy-ozodlik harakati fidoyilari safida faol harakat qilgan Abdulla Avloniy bobomizning: "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" , - degan jumlalarini keltirib o'tishni joiz deb topdim. Darhaqiqat, bola yosh nihol va qayoqqa egsa shu tomonga qarab o'saveradi. Yoshlarimizga berilgan, berilayotgan va beriladigan tarbiya yurtimiz kelajagi hamda taqdirini belgilab beradi.

Yüklə 360,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin