Mavzu: №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari


Mavzu: № 6 Ekologik va iqtisodiy tarbiya



Yüklə 360,12 Kb.
səhifə5/54
tarix07.01.2024
ölçüsü360,12 Kb.
#207907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org

Mavzu: № 6 Ekologik va iqtisodiy tarbiya
Reja:

1. Insonni shakllantirishda iqtisodiy tarbiyaning pedagogik ahamiyati.

2. Iqtisodiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.

3. O'quvchilarga iqtisodiy tarbiyani olib borishning shakllari.


Tayanchiboralar:iqtisodiyta'lim-tarbiya, hisob-kitob, iqtisodiy tafakkur, mablag'ni to'g'ri sarflash, barcha narsalarni qadrlash, atrof-muhit, milliy va mintaqaviy, umumbashariy, ekologiya, ekologik ong, madaniyat va hokazo.
Iqtisodiy tarbiya o'quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni vaqtda shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan asosli boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Suso Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o'rin tutishini alohida ta'kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o'z ishiga pishiq bo'lishi kerak. Shunda u o'z mehnatining natijalarini o'lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.

Iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog'liqdir. Bas, shunday ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta'lim-tarbiya berish kerak. Bu ishni o'quvchi bevosita maktab ta'limi davrida oladi. Shuning uchun o'quvchida ilk iqtisodiy tushuncha asoslari va ko'nikmalarni tarkib toptirishga alohida e'tibor berilishi shu kunning muhim muammolaridan biridir.


Donolar debdurlarki: «Harakat qiling to obodon bo'lg'aysizlar va ozga qanoat qiling, toki mollaringiz ko'p bo'lg'ay, yumshoq tabiatli va shirin so'zli bo'ling, do'stiniz ko'p bo'lg'ay». Demak, ko'p ranj bila topilg'on ganjni (boylik) g'aflat va qohillik bila qo'ldan bermoq aqlli kishining ishi emasdur. Qashshoq bo'lg'andin so'ng har qancha pushaymon bo'lsa, sud (foyda) qilmaydur. Demak, moling barqaror bo'lguncha mashaqqat ustiga mashaqqat chekg'il, sen bundan bahramand bo'lg'aysan.
Biroq mol har qancha aziz bo'lsa ham, uni do'stlardin darig' tutmag'il. Har holda molingni go'ringga olib bormagungdur. Ammo daromad na chog'liq bo'lsa, xarjing ham ul miqdor bo'lsun. Shunda senga qashshoqlik mashaqqati yuzlanmag'ay. Har kishiki xarjini daxlidin oz qilsa, hech vaq qashshoq bo'lmag'ay.
Donishmandlar debdurlarkim, hech bir ishda isrof qilmag'il, isrof qiluvchi barcha vaqt ziyonkordur. Ammo tirikchilikni talx qilgudek qattiqliq qilmag'il. Ro'zgoringning zaruriy ishlarida tahsir nuqson ko'rguzmag'il. Joningga jabr qilmag'il: mol har nechakim azizdur, ammo jonigdan aziz emasdur. Alqissa, jahd etib yig'ilgan molingni bahllarning qo'liga topshirmag'il va sharobxo'r, qimorbozlarga e'timod qilmag'il. Mol jam etmakda xato qilmag'il, har odam o'z ishida xato qilsa, saodatdin mahrum bo'lg'ay va muddaolarda bebahra qolg'ay, nedinkim, roham mehnatdadur. Shundoqki, bugunning rohati kechagi mehnatning natijasidur.
O'quvchilarga iqtisodiy tarbiya avvalo dars jarayonida singdiriladi. O'qituvchi qaysi sinfda qaysi predmetdan dars berishidan qat'iy nazar o'rganilayotgan materialning mazmunidan, uning xususiyatlaridan kelib chiqib, o'quvchilarga iqtisodiy ta'lim, tarbiya elementlarini singdirib, kerakli ko'nikma, odatlar haqida ma'lumot beradi. Masalan, adabiyot, tarix, geografiya darslarida biror yozuvchining asaridagi mazmunni bayon qilishda mazkur mahsulotni yoki boylikni ishlab chiqaruvchilar mehnati evaziga bunyod bo'layotganligini, ular mehnatini qadrlash, mehnat ahllarini hurmatlash har bir odamning o'z mehnatini qadrlashligini badiiy obrazlar vositasida o'quvchilar ongiga singdiriladi. Geografiya kursini o'qitish asosida tabiiy boyliklar, ularning turlari, ularning davlat rivojidgi hissasini uqtirish orqali mazkur boyliklar har bir kishiga kerak ekanligini, ularsiz inson hayoti farovon bo'lishi mumkin emasligini tushuntiradi. O'quvchi mazkur fanlardan olgan bilimlarini qiyoslab, taqqoslashtirish aasosida birinchi navbatda o'z mehnatini, so'ng o'zgalar mehnatini qadrlashga o'rganadi. Shu asosda o'quvchilarda iqtisodiy ma'lumot, ko'nikma va odatlar tarkib topadi. O'quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar samarali ta'sir ko'rsatadi.
Masalan, «Mohir qo'llar» to'garagi ishtirokchilari o'qituvchi-usta rahbarligida turli xil buyumlar, kiyim-kechaklar, o'yinchoqlarni tayyorlash bilan bog'liq ko'nikmalarni o'rganadilar, ya'ni biror bir mahsulot ishlab chiqarishni o'rganadilar. Ana shu mahsulotlar ishlab chiqarilmasa odamlar ularni bozordan xarid qilishlari zarur bo'ladi. Demak, ishlab chiqargan buyumlar kishilarning shu sohaga bo'lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi, ya'ni ta'minlaydi. Xullas, bu mahsulotlar mablag', ya'ni pul hosil bo'lishiga asos soladi. Pul esa o'z navbatida o'quvchilarni iqtisodiy fikrlashga va shu haqda to'g'ri xulosa chiqarishga undaydi.
Yoki maktabdan tashqari biror zavod yo fabrika yo korxonada ishlab chiqarish jarayoni bilan o'quvchilarni tanishtirish orqali ularning mazkur sohalar bo'yicha tasavvur, bilim, ma'lumotlarini takomillashtiradi. Qaysi soha bo'lmasin u davlatning, kishilarning kundalik turmushi, hayoti bilan bog'liqligini anglaydi. Mazkur sohaning iqtisodiy imkoniyatlari va o'z navbatida odamlarning shu sohaga bo'lgan ehtiyojini o'quvchilar o'rganish, ko'rish, kuzatish jarayonida o'zlarining iqtisodiy ma'lumotlarini oshirib borishadi. Bularning barchasi o'quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashda ijtimoiy ahamiyatga ega. O'quvchilarni iqtisodiy tarbiyalash ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, sayohatlarni, ko'rgazmalarni tashkil qilish singari manbalari mavjudki, ularsiz fuqarolarning iqtisodiy madaniyatini, tafakkurini, ongini va ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasini hal etish mushkul.

Oilada tejamkorlik tarbiyasi. Pul ham tarbiyalaydi. Bungga befarq qaramaslik darkor. Pul muomalasiga mensimay qarash, ko'pincha ikki tomonlama muammoga olib keladi. Tekinxo'rlik va oilaning iqtisodiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati tarbiyalanadi. Ikkinchidan, pul ochko'zlik, pul jamg'arishga intilishni tarbiyalashi mumkin. Ilk yoshlikdanoq bolani oilaning xo'jalik ishlari bilan tanishtirib borish zarur. Bola oila mablag'ini bilishi, oila hayotining bir oylik, bir kunlik «taxminiy smetasini» bilishi lozim. U asosiy oziq-ovqatlarning – non, yog', sut, go'sht, baliq, sabzavot va boshqalarning narxini bilishi kerak. Bola kamolga etib borgan sari uni buyumlar (kiyim, poyafzal, televizor va hokazolarning) qimmati bilan tanishib bormog'i lozim. Agar ota-ona qo'shimcha ish olib ishlayotgan bo'lsa, bola shuni tushunishi kerakki, onasi va otasi oilada hamma yaxshi yashashi uchun mehnat qilayopti. U shunday mantiqni tushunmog'i lozim: Har kim oila hayotini yaxshilashga o'zining qo'lidan kelgan hissasini qo'shishi kerak. Bola sizga qancha ertaroq yordam bera boshlasa, shuncha yaxshi bo'ladi.
Ma'lumki, barcha yoshdagi kishilarda tabiatni muhofaza qilish haqida qimmatli hayotiy g'oyalar xalq donishmandligida asoslangan. Masalan, «Soyasidan xalq foydalanib turgan daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do'zaxga mahkum etur», «Dehqonchilik bilan shug'ullaninglar, dehqonchilik muborak kasbdir. Unga qo'riqchilarni ko'paytiringlar», «Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o'tqazsa, so'ng uning mevasidan qush yoki hayvon esa, uning ekinidan eyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi» va hokazo.

Yüklə 360,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin