Foydalanilgan adabiyotlar
1.http://daf-uz.simplesite.com/439284582
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Metod
Mavzu: № 12 Ta’lim jarayonining gnoseologik asoslari
Reja:
Ta’lim jarayoni mazmun - mohiyati.
Bilish - ta’lim jarayoninig metodologik asosidir.
Ta’limning gnoseologik asoslari.
Ta’lim jarayonining mazmun mohiyati. Ta’lim berish g’oyatda murakkab va mas’uliyatli ish, buning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, pedagogik ta’lim jarayonidagi rahbarlik rolini ta’minlashga urinish va harakatlarini saqlashga intilish o’rtasidagi ta’limga xos dialektik ziddiyat aslida yuksalishning manbaidir.
Ta’lim maqsad, mazmun, o’qituvchining shaxsi, talabalardagi dastlabki bilimlarning xarakteri, o’qitishning moddiy – texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Bunda o’qituvchi talabala ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o’zining ko’rsatmalari, yo’naltiruvchi savollar, tegishli tushuntirishlari va hakozalar bilan ularning o’quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. Shunga ko’ra ta’lim birinchidan, o’qitish, ikkinchidan, o’qitishni, ya’ni o’qishni va shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o’z ichiga oladi.
Ta’lim ma’lum qonuniyatlarga bo’ysinadi va umumfalsafiy metodologiyaga muvofiq bu qonunlar ta’lim jarayoni bilan ancha kengroq ijtimoiy jarayonlar o’rtasidagi umumiy, muhim zarur, barqaror aloqalardan, shuningdek, ta’limning alohida komponentalari, ya’ni uning maqsadi, mazmuni, shakli, usullari va uslublari o’rtasidagi ichki bog’lanishlardan iborat. Aniqlangan didaktik qonuniyatlardan qator asosiy talablar kelib chiqadi, ularga rioya qilish o’qituvchining sifatli va samarali amalga oshiruvchini ta’minlaydi.
Ta’lim natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayoni ma’lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va u shaxsning qarashlari, e’tiqodi hatti-harakatlari, umumiy kamolotiga, pirovardida esa uning xulqiga ta’sir etadigan bilimlar, ko’nikmalar va malakalar majmuasining shakllanishiga bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Bilish jarayoni kabi ta’lim jarayonida ham o’quvchi bilmaslikdan bilishga, noto’g’ri va noaniq bilishdan toboro to’liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tadi.Bu jarayonda hissiy idrok etish ham abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko’rish ham bo’ladi. Muayyan fan va hodisalar obyektiv dunyoni bilish jarayonidan o’rganiladi va ularning tashqi, ichki mohiyatini o’zlashtirish jarayonida omillar aniqlanadi. Mushohada, tasavvur va abstrakt tafakkurga asoslanib faktlar umumlashtiriladi va ilmiy xulosalar chiqarish natijasida nazariyalar, qonunlar va kategoriyalar yaratiladi.
Bilish ikki pallaga- nazariya va amaliyotga bulinadi. Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya xar hil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik, raqam va boshqalar. Nazariyada g’oya shakllanadi. Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko’rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba o’zgartirish, yaratish – bular amaliyot shakllariga kiradi. Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo’lib xizmat qiladi. Ilmiy bilishning vazifasi xodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochishdan iborat emas, balki biror bir qonunning qay tariqa namoyon bo’lish sabablarini ko’rsatib berishdan iborat. Ilmiy omil ilmiy bilishning elementi bo’lib kuzatish, tajriba asosida qo’lga kiritiladi, omilga asoslanmagan bilimning ilmiy qiymati, amaliy faoliyat uchun axamiyati ham bo’lmaydi. Shuning uchun ilmiy bilimning, fanning asosiy maqsadida omllar asosida yotgan umumiy bog’lanishlarni, qonuniyatlarni topish, ularning mohiyatini bilishdadir.
Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak – atrofdagi voqyelik, narsa va hodisalarni sezgi organlarimizga ta’sir etuvchi ayrim sifatlarning ongimizda aks etishidir. Sezgilar – odam xaqidagi barcha bilimlarimizning manbaidir. Ammo ilmiy asosda bilishda, masalan olimning bilishi bilan o’quvchining bilish faoliyati o’rtasida umumiylik bo’lsa ham lekin, ular bir-biridan farq qiladi. Bilim olish darajalarini biz quyidagi bosqichlarda ko’rsatib o’tamiz.
Gnoseologiya (yunoncha – «gnosis» («gnoseos») - bilim, ong, o’rganish, logiya –fan, ta’limot) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot. Ijtimoiy taraqqiyot tarixida insonning atrof-muhitni bilishi umumiy tuzilishiga va bosqichlariga turlicha yondoshishlar ma’lum. Ana shu yondoshishlar o’quv jarayonini qurish va ta’lim mazmunini tushunish mantiqini belgilab beradi.
Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qo’shgan. U birinchi bo’lib koinot ob’ektlarining harakatlari hamda yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko’rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli kontseptsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va ob’ekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi. Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir, - deb hisoblaydi Kindiy.
Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g’oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o’rganadi, o’zlashtirganlarini o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlarga yo’naltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. YAxshi nazariyotchi bo’lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:
fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;
ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiharishi, ya’ni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;
xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg’ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur.
Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to’xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo’lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida o’rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo’li bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o’zining tabiblik amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari bo’yicha va dorilar ta’sirini kuzatish asosida aniqlagan.
Chex pedagogi YA.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma tomonidan ilgari surilgan ta’limning tabiiyligi g’oyasi ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari tabiat qonunlariga muvofiq belgilanishini ta’kidlaydi.
YA.A.Komenskiyninng tabiatga bog’liqligi haqidagi g’oyasi – g’arb olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ochib berish, moddiy dunyo qonunlarining o’quv jarayoniga ta’sirini ko’rsatib berishga urinishlaridan biridir.
XVIII asrda frantsuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o’rni haqidagi falsafiy dunyoharashlar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga urinib ko’rgan. Olimning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishi tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qo’ynida, qishloq joylarda rivojlanishi kerak.
Bolaning atrof-muhit mohiyatini tez anglashini xususiyatini hisobga olib ekzistentsiolizm (yunoncha «existetia» - mavjudlik) vakillari ta’lim mohiyatini quyidagicha ifoda etadilar: maktabning asosiy maqsadi intellektini rivojlantirish emas, balki bolani emotsional tarbiyalashdir.
Dostları ilə paylaş: |