Mavzu: № 11 Jamoa bilan ishlash metodikasi.
Reja:
1.Jamoa tushunchasi
2.Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Metodika tushunchasi
Jamoa so‘zi lotincha ― “kollektivus” so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma‘nolarini anglatadi, aniqroq aytiladigan bo‘lsak jamoa bu kishilardan iborat guruh demakdir. Zamonaviy talqinda ―jamoa tushunchasi ikki xil ma‘noda ishlatiladi.
Birinchidan, jamoa deganda kishilarning istalgan tashkiliy guruhi tushiniladi masalan ishlab chiqarsh jamoasi, zavod jamoasi, xo‘jalik jamoasi.
Ikkinchidan jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi.
Chunonchi, o‘quvchi tarbiyalanuvchilarning birlashmasi o‘ziga xos muhim belgilarga egadir. Quyidagi jamoa va uning xususiyatlari borasida so‘z yuritamiz. Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida muhim axamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning еtakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanishi davridayoq bildirilgan. Jamoada uning a‘zolari o‘rtasidagi munosabatining alohida shakli yuzasiga keladi.Bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta‘minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning еtarli darajada uyushgan har qanday guruhlar ajratib turadi. Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me‘yorlari o‘z ifodasini topadi.
Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlari tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat mana shu bois jamoa hayotining bir yagona maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy g‘oyaviy yo‘nalganligi uning еtakchi belgisi hisoblanadi. Har bir jamoa boshqa bir jamoalar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Uning har bir a‘zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. qsadi, intilishida o‘zaro birlik uzviy maqsadga muvofiq tashkil etadi. Jamoani tushinish, uni xis etish hamda shaxsni shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay olish umumiy va xususiy maqsadning qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatining birligini namoyon etadi hamda bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaydi.Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan jamoa navbatdagi muhim xususiyatdir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishini ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir. Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya‘ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim xisoblanadi. Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida jamoa a‘zolari o‘rtasidagi ishchanlik, bir-biri uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun javobgarligi xissi qaror topadi. Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma‘suliyat xissini uyg‘ota borib, jamoa a‘zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoaga mansublik xissini paydo bo‘lishini uyg‘otadi, jamoa munosabatida bo‘lishi ehtiyojini oshiradi.
Metodika keng doirada mana shu dars jarayonlarida qo’llaniladigan sanoqsiz metodlar jamlanmasi sifatida tushuniladi. Tor doirada esa chet tili darsiga oid barcha metodlar majmuini ilmiy nazardan o’rganadigan, rivojlantiradigan fan sifatida tushunish lozim. Chet tillarni o’qitish va o’rganishda metodika ilmiy fan sifatida ham o’quv darsturlariga kiritilgan. Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, metodika bu dars jarayonidagi turli maqsadlarga eltuvchi yo’llar, uslublar majmuasi bo’lib, uning o’qituvchi oldiga qo’yadigan savoli o’quvchi o’rganayotgan materialni QANDAY usulda muvaffaqiyatli o’zlashtira oladi va rivojlantiradi demakdir.Asosiy maqsadning kichik qismlari ham borki, yuqoridagi misolda ko’rishimiz mumkin.
T- sxema metodi.
T- sxema metodida bahs davomida javoblarni (ha yoki yo’q , tarafdor yoki qarshi kabi) yozib borishda universal grafik vosita bo’lib xizmat qiladi.
Muammoning mavzu doirasi aniqlangandan so’ng, quyidagi ko’rinishdagi T- sxemani tuzish kerak:
Besh minutdan so’ng sxemaning chap tomonini to’ldirish lozim. Unda besh minut davomida o’quvchilar mavzuga oid nechta kategoriya o’ylab topishgan bo’lsa, shuncha kategoriya ko’rsatiladi. Keyingi besh minutda o’quvchilar sxemaning o’ng tomonini to’ldiradilar. Va nihoyat, yana besh minut mobaynida o’quvchilar o’zlarining T- sxemalarini boshqa juftlik yoki kichik guruhning T- sxemasi bilan taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar.
Besh minutdan so’ng sxemaning chap tomonini to’ldirish lozim. Unda besh minut davomida o’quvchilar mavzuga oid nechta kategoriya o’ylab topishgan bo’lsa, shuncha kategoriya ko’rsatiladi. Keyingi besh minutda o’quvchilar sxemaning o’ng tomonini to’ldiradilar. Va nihoyat, yana besh minut mobaynida o’quvchilar o’zlarining T- sxemalarini boshqa juftlik yoki kichik guruhning T- sxemasi bilan taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar.
Endi quyida biz jamoa bilan ishlashni afzalliklari va kamchiliklarini ko’rib chiqamiz
Demak boshladik dastavval T sxemani shaklantirib olamiz va uni to’ldiramiz .
Afazalliklari
Jamoa bilan ishlash
Kamchilklari
Guruhda birdamlikni oshiradi
O’zgalarni fikrlarini etiborga olish kabi hislatlarni shakllantiradi
Ko’pchilik orasida o’zfikrini erkin ifodalay olish qobilyatini o’stiradi .
Jamoada bir biriga yordam berish tushunchalarini shakllantiradi .
Jamoa orasida hamma teng emasligi yani jamoa a’zolarining bilim darajasi turlicha bo’lishi .
Jamoa a’zolaring bir birga qaram bo’lib qolishi ya’ni har bir individual shaxsga berilgan vazifani bajarishga yordam berish natijasida ma’ suliyat xissini yo’qolib borish .
Xulosa
Men ushbu mustqail ishni bajarish mobaynida T sxemasi bilan batafsil tanishinib chiqdim va bu usulini ta’lim jarayonida qo’llash ancha samara berishishini tushundim masalan o’quvchilar masalaning ijobiy va salbiy taraflarini bir vaqtda o’rganib qarama – qarshi fikrlashni o’rganadilar va jamoa bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantiradilar. Bundan tashqari ushbu metodni qo’llash kognitiv fikrlashni yaxshilaydi hozirgi kunda bu usul ko’plab pedagoglar tomonidan ancha samarali deb topilmoqda unga asosiy sabab shuki bu metod o’quvchilari darsaga bo’lgan qizishlarini oshirishga yordam beradi ayniqasa jamoa bilan ishlashada uning a’zosi sifatida masulyatini his qilishga undaydi .
Dostları ilə paylaş: |